O’zbekiston milliy arxivi reja: Kirish. Asosiy qism


Download 81 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi81 Kb.
#1379190
  1   2   3
Bog'liq
Arxiv Nigora


O’ZBEKISTON MILLIY ARXIVI

Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi tarixi va uning asosiy jamg‘armalari.
2. O’quv xonalari ishi.
3. O’zR MDA tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va fuqarolarni qabul qilish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi tarixi va uning asosiy jamg‘armalari. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi (O’zRMDA) respublika ahamiyatidagi tashkilot hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligiga bo‘ysunadi1. Arxiv O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. O’zRMDA o‘z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi yo‘riqnomalari, qoidalari va ko‘rsatmalariga amal qiladi2.
O’zRMDA o‘z faoliyatini arxiv direksiyasi ishining va arxivni rivojlantirish rejalari asosida amalga oshiradi. Arxivning asosiy vazifalari:
- arxiv yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlar bilan jamlash;
- arxivning hisobga olish tizimi va ilmiy-ma’lumot apparatini rivojlantirish va takomillashtirish;
- arxivda saqlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi jamg‘armasi hujjatlari saqlovini ta’minlash;
- arxivning axborot bazasini kengaytirish;
- hujjatlardan har tomonlama foydalanish va ulami nashr qilishni tashkil etish;
- arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya sohalarida ilmiy tadqiqot ishlar olib borish;
- o‘z yo‘nalish bo‘yicha hujjatlar bilan ishlashda ilmiy-uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.
Arxiv 1958-yili 0‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivi hamda 0‘zSSR oktabr inqilobi va sotsialistik qurilish Markaziy davlat arxivining (1931-yilda tashkil topgan) qo‘shilishi natijasida tashkil topdi3. 1991-yildan esa O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb nomlanadi. Arxivda milliy bo‘linishga qadar Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va 0‘zbekistonning bir qismi kirgan Turkiston tarixiga oid hamda O’zbekiston tarixini aks ettiruvchi hujjatlar saqlanadi4. Harbiy gubemator va Turkiston viloyati qo‘shinlar qo'mondoni hamda markaziy viloyat mahalliy aholisini boshqaruvchisining Turkiston general-gubernatorligi shakllanishidan avvalgi davrga taalluqli bo‘lgan davrga qarashli (1865-1868 yillar) jamg‘armalarida ma’muriy tuzilma va aholini boshqarish, Turkiston viloyati haqida ma’lumotlar bor. Turkiston general-gubematori devonxonasi, Turkiston general gubematoriga qarashli diplomatik amaldori, Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi jamg‘armalarida Rossiyaning g‘arbiy Xitoy, Afg‘oniston, Buxoro, Xiva, Yeron bilan bo‘lgan diplomatik va iqtisodiy aloqalari haqidagi materiallari to‘plangan. Turkiston general-gubernatorining 0‘rta Osiyo hokimiyatlari bilan tuzilgan shartnomalari, 0‘rta Osiyoning Rossiyaga biriktirilishi tarixi to‘g‘risida, Rus qo‘shinlari G‘o‘lja tumanini egallashi (1871 yil) va uni Xitoyga (1881-yil) qaytarilishi, Pomir tumanini Rossiyaga biriktirilishi (1895-yil), Turkistonga qo‘shni bo‘lgan davlatlaming siyosiy va iqtisodiy hayotiga oid hujjatlar mavjud. Hujjatlar Turkiston o‘lkasining ma’muriy tuzilishi, uning alohida mintaqalarini ta’riflaydi, shaharlar tuzilishi va shahar nizomini kiritilishi, madrasa va masjidlaming holati va soni haqida guvohlik beradi. Turkiston general-gubematori devonxonasi, Turkiston tuman qo‘riqlash bo‘limi, viloyat boshqaruvi, uyezd boshliqlari, mahkama organlari hujjatlari va boshqa jamg‘armalarda 0‘rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik kurashlari aks ettirilgan. Hujjatlarda Farg‘onadagi qo‘zg‘olon (1885-yil), Buxorodagi g‘alayon (1910-yil), Turkiston o‘lkasidagi qo‘zg‘olonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bor5. Turkiston o‘lkasi moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy xo‘jalik muassasalari, tashkilotlari va korxonalari, Turkiston general-gubernatori devonxonasi jamg‘armalari hujjatlarida aks ettirilgan. Tog‘-kon qazib olish, paxta qayta ishlash sanoati, sanoat korxonalarini, temir yo‘llarini barpo etish, rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar, paxtani qayta ishlash, xarid qilish va sotish, savdo-sanoat va Turkiston o‘lkasi davlat mulki va dehqonchilik boshqarmasi hujjatlarida mavjud6.
Hujjatlar dehqonchilik, yerdan foydalanish masalalari, vaqf masalalarini hal etish, paxta va boshqa texnik o'simliklami yetishtirish, bog‘dorchilikni, pillachilik, uzumchilik, tamakichilikni rivojlantirish masalalarini yoritadi, ekin va turli boshoqli ekinlar hosildorligi, xalqaro va Rossiya ko‘rgazmalarida namoyish etish haqida ma’lumotlarga ega. Sug‘orish inshootlarini barpo etish va ularni o‘zgartirish, ya’ni yerlarga suv chiqarish, o‘mionzorlar yaratish va qum to‘sish ishlari haqida, zakot, mirabon va boshqa soliqlar haqida ma’lumotlar Turkiston general-gubematori devonxonasi, dehqonchilik va davlat mulki boshqaruvi jamg‘armalari hujjatlarida aks topgan. Turkistonning madaniy hayoti o‘quv va madaniy-yoritish ilmiy ekspeditsiya va tadqiqotchilar haqidagi hisobotlar va yozishmalar, Rossiya jo‘g‘rofiya jamiyatining Turkiston bo‘limi, kutubxonasi, muzeylar, arxeologik izlanish va tarixiy yodgorliklami saqlash ishlari haqida, shuningdek ilmiy jamiyatlar kengashlarida so‘zlagan ma’ruzalarning qo‘lyozmalari, olimlar xatlari saqlangan. Viloyat boshqaruvi jamg‘armalarida vabo, o‘lat, chechak kasalligi epidemiyalariga qarshi kurash haqidagi ma’lumotlar mavjud.
Xiva xonligining devonxonasi (1874-1917-yil) va Buxoro amirining Qushbegi arxivi jamg‘armalari Buxoro va Xiva xonliklarining siyosiy va iqtisodiy holatini, mahalliy aholining tarkibi va mulkchiligini, beklar va musulmon dini peshvolarini, 0‘rta Osiyo xalqining madaniyati, urf va odatlarini tariflaydi7. 1917-yil fevraldan oktabrgacha bo‘lgan davrdagi Vaqtli hukumatning siyosatini ta’riflovchi hujjatlar Turkiston qo‘mitasi, ishchi va soldat deputatlarining 0‘lka soveti jamg‘armalarida mujassamlashgan. Markaziy ijroiya Qo‘mitasi (MIQ), Xalq Komissarlari Soveti (XKS) va Turkiston ASSR xalq komissariatlari jamg‘armalaridagi hujjatlarida Sovet hukumatining o‘matilishi va uning xo‘jalik va madaniy qurilishdagi faoliyatini aks ettiruvchi hodisa va voqealar yoritib berilgan8. Shuningdek, Turkiston Respublikasi deb e’lon qilinishiga oid, ishlab chiqarish korxonalarini, mahalliy boylarning yerlarini milliylashtirish, ishlab chiqarishga ishchilar nazoratini joriy etish, frondlardagi ahvol haqida tezkor ma’lumotlar, milliy ozodlik harakatlariga qarshi qilingan operatsiyalar haqidagi hujjatlar ham bor. 1924-yilda 0‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralash ishlarini o‘tkazishga tayyorgarlik O’zbekiston va Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR, Qirg‘iziston avtonom viloyatini tashkil topish va sovet davri O’zbekiston tarixining keyingi davriga oid voqealar haqidagi hujjatlar Turkiston Markaziy ijroiya Qo‘mitasi (TurMIQ), 0‘zSSR Markaziy ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Soveti (MIQ va XKS 0‘zSSR) jamg‘armalarida mavjud. Shuningdek, O’zbekiston Markaziy ijroiya Qo‘mitasining birinchi raisi Y. Oxunboboyevning faoliyati haqidagi hujjatlar ham bor. Arxivda Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining markaziy va mahalliy tashkilotlarining hujjatlari saqlanadi ( 1920-1924-yillar).
0‘rta Osiyo, shu jumladan 0‘zbekiston xalq xo‘jaligining rivojlanishi masalalari haqidagi hujjatlar xalq xo‘jaligi; markaziy kengashi, iqtisodiy kengash, Davlat rejasi, Turkiston ASSR Xalqxo‘jaligi idoralari, 0 ‘z SSR Davlat rejasi, 0‘rta Osiyo iqtisod kengashi va 0‘rta Osiyo davlat rejasi jamg‘armalarida mujassamlangan. Og‘ir mashinasozlik, kon qazish, paxta tozalash, yengil sanoat, oziq- ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarining shakllanishi va rivojlanishi ikkinchi jahon urushi, urushdan keyingi davr haqidagi ma’lumotlar sanoat va korxonalar jamg‘armalarida mavjud. Qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish 1925-1926-yillardagi yer-suv islohotini o‘tkazilishi, Qo‘shchi birlashmasining tashkil topishi, qishloq xo‘jaligining qayta tuzilishi, paxtachilik, ipakchilik, o‘rmon xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, chorvachilik, suv inshootlarining rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar yer masalalari bo‘yicha xalq qo‘mitasi va uning boshqarma va bo‘limlari jamg‘armalari hujjatlarida aksini topgan. Qo‘riq yerni o‘zlashtirish va sug‘orish bosh rejasi ham saqlangan9. Hujjatlarda yig‘im-terim va paxta tayyorlash mavsumi, agronomlik tarmoqlarini tashkil qilish, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurash, tuproqni o‘rganish tadqiqotlari, melioratsiya va gidrotexnika ishlari, jamoa xo‘jaligi faoliyatini tashkil qilish, MTSlar haqida ma’lumotlar bor10. 0‘rta Osiyo respublikalari hududida davlat va kooperativ savdoni boshqarish haqida, qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va boshqa tovarlar bilan xalqni ta’minlash, 0‘rta Osiyo respublikalarining butun ittifoq yarmarkalarida ishtirok etishi, hunarmandchilik va iste’molchilik kooperatsiyalari haqidagi hujjatlar, savdo muassasalari, kooperativ tashkilotlar, aksionerlik jamiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bojxona jamg‘armalarida mavjud11. Madaniy qurilish, ilm-fanning shakllanishi va rivojlanishi, xalq ta’limini tashkil qilish, ilmiy muassasalar tarmog‘i, bolalar turmushini yaxshilash masalalari, sog‘liqni saqlash haqidagi ma’lumotlar Madaniyat vazirligi, maorif, sog‘liqni saqlash va ularning muassasalari jamg‘armalarida yoritilgan. Nashriyot va nashriyot ishlari, adabiyot va san’atning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar Madaniyat Vazirligi, nashriyot tahririyatlari, ijodiy uyushmalar jamg‘armalarida mavjud. 0‘rta Osiyoda huquq me’yorlarini o‘rnatish, musulmon xalq sudlarini tuzish haqidagi ma’lumotlar sud prokuratura organlari jamg‘armalari hujjatlarida aks ettirilgan. Kasaba uyushmalari va jamoa tashkilotlarining faoliyatlari, mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlami sog‘lomlashtirish va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumotlar Turkiston byuro VTSSPS, O’zbekiston kasaba uyushmasi, markaziy, respublika va mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitalari, Markaziy ixtiyoriy jamiyatlar qo‘mitalari jamg‘armalarida yoritilgan. Arxivda shaxsiy kelib chiqish jamg‘armalari ham mavjud12. Ular orasida: P.A. Kobozev (Turkiston Markaziy ijroiya qo‘mitasining raisi) va D.I. Manjura (TurMIQ raisi o‘rinbosari); fan arboblaridan: qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor A.I. Belov, 0‘z SSR fanlar akademiyasi prezidenti H.M. Abdullayev; adabiyot va sanat namoyondalaridan - yozuvchilar D.M. Abdullaxanov, S. Abduqahhorov, A. V. Almatinskaya, 0 ‘z SSR xalq rassomi L. A. Abdullayev, arxeolog Ya.G. Gulyamov, akademik-etnograf K.Sli. Shoniyozov, akademik- sharqshunos S.A. Azimjonova, tarixchi A. Karimov, rassom J. Xasanova, texnika fanlari doktori, samolyotsoz X.G. Sarimsoqov, yozuvchi-tarjimon G.A. Jahongirov, seleksioner olim S.N. Alimuhamedov va boshqalaming shaxsiy jamg‘armalari bor13.
Davlat arxivlarining “Arxiv ishini rivojlantirish rejasi” tahlilini O’zRMDA misolida ko‘rib chiqish o‘rinlidir. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi 1958 yilda 0‘zSSR Markaziy davlat Tarix arxivi hamda 0 ‘zSSR oktabr inqilobi va sosialistik qurilish markaziy davlat arxivining (1931 yilda tashkil topgan) qo‘shilishi natijasida tashkil etilgan arxiv binosi maxsus loyiha asosida 1964-yilda qurilgan bo‘lib, arxiv hujjatxonalarining maydoni 5608,1m14. O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini saqlovchi muassasa sifatida 2003-yil 22 yanvarda Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi respublikadagi eng katta arxiv bo‘lib, 2867 ta fond, 5141 ta yig‘majildlar ro‘yxati, 1 mln. 600 mingdan ortiq yig‘majild, 18 ta hujjat saqlovxonada XIII asrdan (ma’lumotlarning eng qadimiysi IX asrga tegishli) bugungi kungacha bolgan hujjatlar saqlanadi. Ulardan 167 mingdan ortiq saqlov birligi va 15 mln.dan ortiq kadrdan iborat sug‘urta nusxalari mavjud. 2010-yilgi shtatlar jadvali bo‘yicha arxivda 9 ta bo‘lim va 92 ta xodim (Pullik xizmat ko‘rsatishdan olingan foyda hisobiga hujjatlarni jamlash, idoralarga qarashli arxivlar va ish yuritish bo‘limidan tashqari) faoliyat yuritadi. Markaziy Davlat arxivida “Arxiv ishini rivojlantirish rejasi”ni ishlab chiqish “Rejalashtirish va tashkiliy-uslubiy ishlar bo‘limi” ning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Mazkur arxivning asosiy binosi 2011-yilda qayta kapital ta'mirlandi, 2012-yil arxivning yangi uch qavarli hujjatlar saqlovxonasi qurib bitkazildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5834-son farmoniga asosan O'zbekiston Markaziy davlat arxiviga O'zbekiston Milliy arxivi" maqomi berildi.
O'zbekiston Milliy arxivi arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya va ular bilan bog’liq bo'lgan bir qator fanlar sohasida respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo'yicha markaz sanaladi. Hozirgi kunda arxivda 3979 mingdan zivod fondlar saqlanib, ulardan 200 ga yaqini fuqarolarning shaxsiy fondlaridir15. Umumiy hisobda arxivda 1 min. 800 mingdan ortiq saqlov birligidagi hujjatlar saqlanadi, ulardan 457 414 saqlov birligidagi huiiatlar alohida qimmatli hisoblanadi. Mazkur huijatlarda O'zbekiston tarixining turli davrlariga oid masalalar yoritilgan bo'lib, ularning orasida o'ta qimmatli ahamiyatga ega vaqf hujjatlari ham saqlanadi. Vaqf hujjatlarida bayon etilgan ma'lumotlarning eng qadimiysi IX asrga oiddir16. O'zMAda hujjatlarning saqlanishini ta'minlash uchun 20 ta arxiv saqlovxonasi mavjud. Arxiv saqlovxonalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to'g'risidagi 101-son qarori talablariga muvofiq shakllantirilgan. Arxivda saqlanadigan hujjatlar 3 davrga bo'linadi:
1. "T"-Tarixiy davr hujjatlari (1917-yilgacha bo'lgan davr).
2. "R"-Sovet davri hujjatlari (1917-1991-yillar).
3 "M-Mustaqillik davri hujjatlari (1991-yildan hozirgi kungacha).
Bugungi kunda O'zbekiston Milliy arxivi jamlash manbaiga Respublikada faoliyat yuritayotgan vazirliklar hamda alohida ahamiyat kasb etuvchi tashkilotlarning jami 243 tasi kiritilgan. 0'zbekiston Milliy arxivining "Hujjatlarni jamlash, idoralarga qarashli arxivlar va ish yuritish" bo'limi xodimlari tomonidan tashkilotlarga me'yoriy-uslubiy yordam ko’rsatib kelinmoqda. Idoraviy arxivlar faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish ishlari har bir tashkilot bilan alohida olib borilib, tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda amaliy yordamlarini ko'rsatib kelmoqdalar. Bugungi kunda arxiv sohasiga axborot-texnologiyalarni keng joriy etish, qog'oz asosdagi hujjatlarni raqamlashtirish ishlarini olib borish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Arxivda saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob 20 568 s.b.dagi yig'ma jildlarning 1 322 479 ta hujjati raqamlashtirilgan17. Shuningdek, xodimlarning mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda qulayliklar yaratish maqsadida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish keng joriy etilmoqda. Xususan, 60 dan ziyodroq kompyuter, 42 ta skaner va 2 ta proektor vositalari arxiv faoliyatida qo'llanilib kelinmoqda18. Bundan tashqari, arxivning axborot texnologiyalari bazasini mustahkamlash maqsadida maxsus grantlar sohaga joriy etildi. Xususan, 2009- yildagi Koica granti boyicha, 30 dona kompyuter, 6 dona skaner, 4 dona server, 1 dona skaner A0 format, 1 dona plotter, 2015-yildagi Germaniya granti asosida esa 2 kompyuter, skaner A0 format va skaner mikrofilmlar arxivga keltirilgan hamda ulardan foydalanilmoqda. Arxivda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash uchun maxsus sayt yaratilgan va yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlangan. Arxivda jami 104 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan ayollar 76 nafarni (736) va erkaklar 28 nafarni (27%6) tashkil etadi. Ulardan, bir nafari fan doktori, uch nafari tayanch doktorantura tadqiqotchisi, besh nafari magistratura tadqiqotchilari, o'ttiz besh nafari oliy ma'lumotli (shundan ayollar 26 nafar va erkaklar 9 nafarni tashkil etadi, o'rta maxsus va o'rta ma'lumotli mutaxassislar tashkil etadi19. O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar idoraviy arxivlari hamda davlat arxivlari xodimlarining malaka oshirishlari uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi qoshida 2006-yil "Idoraviy arxivlar faoliyatini tashkil etish asoslari" seminar-treningi tashkil etilgan va 2019-yilga qadar faoliyat yuritib kelgan. Seminar-trening mashg'ulotari arxivning yetakchi xodimlari hamda arxiv va hujatshunoslik sohasida katta tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib borilgan20.

Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling