O’zbekiston milliy arxivi reja: Kirish. Asosiy qism


Download 81 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi81 Kb.
#1379190
1   2   3
Bog'liq
Arxiv Nigora

O’quv xonalari ishi. Barcha foydalanuvchilar arxiv hujjatlaridan foydalanishda teng huquqlarga ega. O’quv xonalariga qatnaganligi, arxiv hujjatlaridan foydalanganligi uchun haq olinmaydi. Ilmiy-tadqiqot muassasalarining rejalariga muvofiq ilmiy ish olib borayotgan yoki xizmat topshirig‘ini bajarayotgan foydalanuvchilar o‘zlarini yuborgan tashkilotlaming xatlarini taqdim etadilar. Shaxsiy tashabbusi bilan tadqiqot olib borayotgan foydalanuvchilar o‘quv xonalariga shaxsiy arizalari asosida qo‘yiladi. Xatlarda yoki shaxsiy arizalarda foydalanuvchilaming familiya, ismi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, unvoni, tadqiqot mavzusi xronologik doirasi, maqsadi ko‘rsatiladi. 0‘quv xonada ishlash uchun ruxsat arxivlar rahbariyati tomonidan foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan muddatga, odatda rasmiylashtirish kunidan boshlab 1 yilga beriladi. Zarurat tug‘ilgan taqdirda muddatini uzaytirish masalasi arxiv rahbariyati bilan kelishib olinadi. 16 yoshga yetmagan shaxslar hujjatlar bilan ishlashga qo‘yilmaydi. 0‘quv xonalariga ruxsatnomalami rasmiylashtirish foydalanuvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi21.
O’zR MDA tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va fuqarolarni qabul qilish. O’zR MDA hujjatlami nashr qilish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatadi, bu tashkilotlarga respublika davlat arxivi hujjatlaridan ilmiy, amaliy, ijtimoiy-madaniy va boshqa maqsadlarda foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar yetkazib beradi. Bundan tashqari, O’zRMDA tashkilotlar va jismoniy shaxslarning davlat arxivi hujjatlari bo‘yicha tematik so‘rovlariga javob beradi; davlat arxivida mavjud hujjatlarni tematik guruhlarga ajratadi; tashkilot va muassasalaming tashabbuslariga ko‘ra arxiv hujjatlari bo'yicha ko‘rgazmalar, ekskursiyalar o‘tkazadi. O’zRMDA o‘rta ta’lim muassasalariga ham xizmatlar ko‘rsatadi, ya’ni arxiv hujjatlaridan foydalangan holda maktablarda darslar uyushtiradi. O’zRMDA shartnoma asosida arxiv yo‘nalishlari bo‘yicha pullik xizmatlarini taklif qiladi. Fuqarolami qabul qilish ishini hujjatlardan foydalanish va nashr etish bo‘limi tashkil qiladi, u ijtimoiy-huquqiy so‘rovlami bajaradi va fuqarolarni qabul qiladi. Shuning uchun foydalanuvchi tomonidan so‘rov varaqasi to‘ldiriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, ish joyi (tashkilotning to‘g‘ri nomi), u yoki bu tashkilotda ishlagan vaqti, murojaat qiluvchining manzili va uning telefoni. Fuqarolaming so‘rovlarini bajarish muddati - 1 oy.
Bugungi kunda Markaziy davlat arxivining manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor ko’chasi, 2-uy.

Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling