Men amaliyotning so’nggi haftalarida yakunlovchi qoidalar bilan tanishib chiqdim
Download 17.89 Kb.
|
XULOSA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
XULOSA Sergeli moliya bo’limida amaliyot o’tash davomida men Sergeli moliya bo`limining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishlarini bir qancha ma’lumotlar bilan tanishdim. Shu xususda, men oilaviy tadbirkorlik bilan bog’liq amaliyot o’tadim. Aholiga maqsadli kreditlar, subsidiyalar berish tartibi va shunga oid ma’lumotlar bilan tanishdim. Bundan tashqari moliya bo’limining tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, davlat budjetining kassa ijrosi, davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishi, huquqiy-me`yoriy hujjatar haqida qisqacha tanishdim. Men davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish, tegishli byudjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, , byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish,davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha turli takliflar berib borish, xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash; davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, qayta ishlash va tahlil qilishni keng ma’noda o’rgandim. Men amaliyotning so’nggi haftalarida yakunlovchi qoidalar bilan tanishib chiqdim. Eng asosiysi, amaliyot davrida moliya bo‘limi faoliyati va xodimlarining xizmat vazifalari bilan tanishish, kasbiy-amaliy bilimlarini o‘rganish kabi malaka va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Shuningdek, moliya bo‘limining tashkiliy tuzilishi, funksiyasi va vazifalari bilan tanishib chiqdim Shu bilan birga, amaliyot davrida amaliyot obyektining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib bordim. Moliya bo’limida ishlash jarayonini kuzatar ekanman, har bir nizomga asoslanib ish ko’rish, uning faoliyatini dastavval yaxshilab tanishib chiqib, moliya hodimlarining o’z ishiga mas’uliyat ila yondashishini ko’rib, anchagina mehnat talab qiladigan, o’z ustida davomiy ishlashni talab qiladigan kasb ekanligiga amin bo’ldim. Ishonch bilan shuni ayta olamanki, kelajakda moliya sohasida ishlash davomida amaliyotda o’rgangan bilimlarim , shu xususda ham amaliy ham nazariy ko’nikmalarimdan foydalangan holda qiyinchilik tug’dirmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya Darslik. -T.: “Noshir”, 2011. 2. Malikov T., Xaydarov N. Davlat budjeti. O‘quv qo‘llanma, T.: “IQT1SOD-MOLIYA”, 2007. 3. Malikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari. O‘quv qo‘llanma, T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. 4.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2013. (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan). 5. OʻzRning 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Byudjet tizimi toʻgʻrisida”gi qonuni 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni 7. 2017-yil 18-martdagi O’zbekiston Respublikasining “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O’zR PQ-2847 http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti). https://mehnat.uz/ (O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari rasmiy sayti). http://old.mehnat.uz/ (O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari avtomatlashtirilgan ichki tizimi). http://www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi hujjatlari rasmiy sayti). www.coursehero.com. www.lex.uz. Download 17.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling