1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Multimediyali aloqa tamoillarini o‘rganish Ishdan maqsad


Download 125.82 Kb.
bet6/6
Sana31.01.2024
Hajmi125.82 Kb.
#1828882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
doston

Nazariy qism
Talabaning vazifasi: Yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida quyida keltiriladigan savollarga javob berish.

4-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: OKS-7 ni o‘rganish. Signal birliklari
Ishdan maqsad: Signallarning asosiy parametrlari tok, kuchlanish va quvvat xaqida tushunchalar, signallarni uzatish sathlari va ularning turlarini o‘rganish, ularni hisoblash usullarini o‘zlashtirish.
Nazariy qism
Uzatishning logarifmik birliklari
Elektr aloqa liniyalari uzluksiz ravishda xabarlarni uzatishga mo‘ljallangan. Umumiy xolatda xabar birorta ob’ektning xolati haqidagi ma’lumotlar yig‘indisidan iborat, shuning uchun uzatish punktining oxirgi abonent apparatida birlamchi deb ataluvchi elektrik signal shakllanishi va bu uzatiladigan xabarlarga mos holda ajratilishi lozim. Qabul quluvchi punktning abonent apparatida teskari jarayon amalga oshadi, ya’ni qabul qilingan birlamchi signalga mos holda xabar shakllanadi. Ovozli eshittirish signallarini uzatishda ovoz bosimini o‘zgartirishi xabar hisoblanadi, uzatishning oxirgi apparati - mikrofon, qabul qiluvchi tomonda esa ovoz balandlatgichdir.
Signallarni quvvat, kuchlanish va tok bilan harakterlash mumkin. Buning uchun elektr aloqasida ko‘pgina hisoblarni soddalashtirish maqsadida logarifmik harakteristikalar (uzatish sathlari)dan foydalaniladi. O‘nli logorifmlar asosida hisoblangan uzatish sathlari detsibel (dB), natural logoriflar asosida hisoblangan uzatish sathlari neper (Np) deb ataladi. Hozirgi paytda detsibeldan foydalaniladi. Quvvat kuchlanish va tok bo‘yicha uzatish sathlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
, dB (2.1)
bu yerda Rx, Ux, Ix- qaralayotgan x nuqtadagi quvvat, kuchlanish va toklarning qiymatlari; R0, U0, I0 - boshlang‘ich deb qabul qilingan qiymatlar.
dB va Np da ifodalangan uzatish satxlari o‘rtasida quyidagi munosabatlar mavjud: 1Np = 8,686 8,7 gB va 1dB = 0,115 Np.
Agar Rx va R0 quvvat ajratib chiqadigan qarshilikning Zx, Z0 qiymatlari ma’lum bo‘lsa, quvvat, kuchlanish va toklarni uzatish sathlari orasidagi ma’lum nisbat asosida

bog‘lanishlarni topish mumkin:





(2.2)

(2.3)
agar bo‘lsa, rquv=rkuch=rtok ga teng.
Agar Rx quvvat, Ux kuchlanish yoki Ix tok kattaliklari R0 quvvat, U0 kuchlanish, I0 tokning boshlang‘ich kattaliklaridan katta bo‘lsa, uzatish sathlari musbat, aks holda uzatish sathlari manfiy qiymatga ega bo‘ladi. Rx=R0, Ux=U0 va Ix=I0 bo‘lgan holda yuqorida aytilgan uzatish sathlari nol qiymatli bo‘ladi.
Quvvat, kuchlanish yoki tokning logarifmik birliklaridan quyidagi ma’lum formulalar bilan ularning mutlaq kattaliklariga o‘tish oson:
Rx=R0·10 0,1Rquv mVt ,
Ux=U0·10 0,05Rkuch V ,
Ix=I0·10 0,05Rt mA. (2.4)
Agar quvvat, kuchlanish va tokning boshlang‘ich qiymatlari: R0 =1 mVt, U0=0,775 V va I0=1,29 mA qabul qilingan bo‘lsa, unda hisoblangan sathlar haqiqiy deb ataladi va dBq, dBk va dBt deb belgilanadi. Bu qiymatlar 600 Om qarshilikda ajratib olinadi. Unda hisoblangan sathlar nisbiy deb ataladi va dBq, dBk va dBt lar bilan belgilanadi:
dB,

dB,
dB. (2.5)
Bunday sathlar traktlarni uzatish harakteristikasini o‘lchashda keng qo‘llaniladi, chunki ularni qiymatlari boshidan oxirgi berilgan nuqtagacha trakt uchastkasining quvvat, kuchlanish va tok kuchayishiga sonli ravishda tengdir. Bunda sathlarning manfiy qiymatlari berilgan uchastkadagi kuchayishga emas, balki so‘nishga mos keladi. Kanal va traktlarda signal va xalaqitlarni qiymatlarini me’yorlashtirish uchun quvvat bo‘yicha nolinchi nuqtaga nisbatan sathlar (NNNS) tushunchasi qo‘llaniladi. Signal sathidan rq quvvat bo‘yicha sathga rq o‘tish uchun traktning berilgan nuqtasida o‘lchov tengligi qo‘llaniladi:
rq=rqo +rq. o‘lchov (2.6)
bu yerda rq o‘lchov - traktning berilgan nuqtasidagi quvvat bo‘yicha o‘lchov sathi.
Quvvat bo‘yicha nisbiy sathni aks ettiruvchi (2.6) ifodani, quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
rn.quv=rq-rhk , (2.7)
bu yerda rq - tekshirilayotgan nuqtadagi quvvat bo‘yicha mutlaq sath va rhq - hisoblash nuqtasidagi sath. Quvvat bo‘yicha nisbiy satx quvvatning o‘lchash nuqtasidagi va hisoblash nuqtasi deb qabul qilingan nuqtadagi mutlaq sathlarining farqiga tengligi (2.7) formuladan ko‘rinib turibdi.
Kuchlanish bo‘yicha nisbiy sathlar ham shunga o‘xshash qilib olinadi:
rn.kuch=rk-rhk . (2.8)
Talabaning vazifasi: Signallarning asosiy parametrlari tok, kuchlanish va quvvat haqida tushunchalar, signallarni uzatish satxlari va ularning turlari o‘rganildi. Uzatish sathlarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar egallandi.
Download 125.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling