1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Qolip aralashmalari va turlari


Download 0.62 Mb.
Sana30.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1310078
Bog'liq
1 am


1-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Qolip aralashmalari va turlari

Bir marta ishlatilinadigan qum-gilli qoliplari qolip aralashmalari va qolip materiallariini aniqlash.


Bir marta ishlatilinadigan qum-gilli qoliplari qolip aralashmalari, materiallarini qolip materiallari deb ataladi. Asosiy qolip materiallariga qum (asosiy utga chidamli tarkibi), bog‘lovchi modalar va maxsus xususiyatli kushimchalar kiradi. Ush bu daslabgi yangi materiallar va ishlatilgan qolip aralashmalarini qorishchirgichlarda texnologiyasi bo‘yicha qolip va o‘zak aralashmalari tayorlanadi.
Qolip va o‘zak aralashmalariga qo’yiladigan talablar
Qoliplovchi materiallar, qoliplar va o‘zaklar suyuq metalni mexanik, issiqlik, kimiyoviy ta'siriga duch kelishadi va ularga ko‘p kriteriylar bo‘yicha talablar kuyiladi. Bu talablar kuydagi xususiyatlarga to‘plangan:
gidravlik, mexanik, issiqlikfizikasiy (teplofizik) va texnologik (1-jadval).
1-jadval
Qolip va o‘zak aralshmalarini xususiyatlari

Gruppasi

Xususitlari

Gidravlik

Namlik
G‘ovaklik
Gaz o’tkazuvchanlik
Gaz hosil qilish

Mexanik

Kattiklik
Puxtalik:

  • nam holatida

  • mustahkamlangan holda

  • qizdirilgan holda

  • o’ta qizdirish

Teplofizik

Issiqlik o’tkazish
Daraja o’tkazuchanlik
Issiqlik sig‘mi

Texnologik

Oquvchanlik
Yopishqoklik
O’tga chidamlik
Zichlanish
Nam tortishlik
Ishlovga moslik
Yashovchanlik
Chochilib ketish
Kuyib yopishib qolish
Urib chiqarilish

Jadvalda keltirilgan xususiyatlarni ahamiyatga ega, asosiylari quydagi:
O’tga chidamlik – qolip aralashmalarini yuqori darajaga chidamlik berib quymakorlik qolipini yaxshi ishchi holda saqlash.
Qolip aralashmalarini tanlashda quyiladiga qotishmalarni darajasini hisobga olish kerak. Ayniqsa bu omil devori qalin bo‘lgan quymalarni quyishda ahamiyatga egadir, chunki bu holatda suyuq qotishmani ta'sir qiladigan vaqti ko’prok bo‘ladi. Qoliplarni yuzasini darajasi qotishmalarni quyish darajasiga yaqinlashadi, bu sharoitda qolip aralashmasi yumshab va birikib qolishi mumkin.
Ba'zi bir qotishmalarni suyuqlanish darajasi va qolip aralashmalarini utga chidamligi 2 jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Qolip aralashmolarini kotishmalarni quyish darajasi hisobga olingan holdagi utga chidamligi

Qotishmasini markasi

Qotishmani suyuqlanish darajasi, 0C

Utgachidamligi, 0C

35L po‘lati

1500

1700

SCh 20 cho‘yani

1170

1500

Bronza

1080

1200

Al - qotishmasi

600

800-900


Puxtalik – qolipni, yoki o‘zakni tashqaridan ta'sirga bizilmasdan va geometrik o’lchovlarini o‘zgartirmasdan chidamligi. Qolip aralashmalarini puxtaligiga kuyiladigan talab quymani tayyorlab olishda o‘zgaradi.
Qolipni konveyerda bir biriga urilishda, surilishda, kuchirishda, cho’zilishida qolipni bizilmasligi va chidamligi saklanib qolishi va suyuq qotishmani quyishda statik, dinamik bosimga va suyuq meatlik issiqligini ta'siriga chidab berishidur.
Nam holatdagi qolip aralashmalarini puxtaligi , ko‘lda qoliplash uchun 0,05 n/mm2, mashinada qoliplashga 0,05 dan to 0,1 n/mm2.
O‘zaklar uchun issiqlik va kimyoviy puxtalanishdan so‘ng
Quymani qolipda kotishida va sovishi jarayonida qolip aralashma yaxshi ishlovga mosligiga ega bo‘lishi kerak, chunki quymalarda issiq va sovuk dorzliklar hosil bo‘lishi mumkin.
Qoliplara quymani ajratish jaryonida qolip aralashmalari quymadan onson va kulay
ajralishi lozim.
Urib chiqarishlik, yoki qoldiq puxtalik bu qolip aralashmasini quymadan ajralish xususiyatidir, qolip aralashmaslarini koldiq puxtaligi =0,2 n/mm2 oshmasligi kerak.
Teplofizik xususiyatlari. Quymakorlik aralashmalarini teplofizik xususiyatlari quyma va qolip o‘rtasida issiqlik almashishini belgilaydi, chunki undan quymani qotishini tezligi va to’zilishi, mexanik xususiyatlari va qolipdan quymani ajratish vaqtiga bog‘likdir.
Undan tashkari qolip va quymani o‘rtasidagi issiqlik almashivudan qolipni kizishini chukurligi bog‘likdir. Bunga bog‘lik aralashmadagi komponentalarni aktivligini yo‘qotishi va kerakli miqdorida uni yengilash (texnologik xususiyatlarini tiklash).
Plastiklik – qolip aralashmasini deformatsiya bo‘lishi va yuqlanishi, kuchini ketganidan keyin deformatsiyani saqlash.
Gazhosilqilishlik – qolip aralashmasini suyuq metal quyganida gazlar chiqarish.
Gazo‘tkazuvchanlik– qolip aralashmasini gaz o’tkazish xususiyati.
Namtortishlik – qolip aralashmalarini atrof muxitdan namlikgi adsorbsiya qilish, unda ko’pincha zichlashtirilgan aralashmalarni mexanik xususiyatlari pasayadi (ayniqsa o‘zak aralashmalarida).
Yashovchanlik – qolip va o‘zak aralashmalarini o‘zok vaqti yaroqlik xususiyatini saqlash.
1-rasm. Mashinada qoliplash uchun opokalar: 1-sapfa;
2-yunaltiruvchi vtulka; 2- yunaltiruvchi vtulka;
3- L1, L2, B1 ,B2, a, b , b1,h – opokali o’lchovlari
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling