1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Raqamli signal va E1 oqimni shakllanishini o‘rganish Ishdan maqsad: osi modelining ishlash jarayonini o’rganish orqali tarmoqlardagi jarayonlarni tahlil qilish Nazariy qism
Download 373.27 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanal pog‘onasi
Fizikaviy pog‘ona (Physical Layer) fizikaviy kanallar (koaksial kabel, mis kabel, optik-tolali kabel yoki radiomuhit) orqali bitlar ketma-ketligi bilan ish olib boradi. Ushbu pog‘onaga ma’lumotlar uzatish fizikaviy muhitlarining, misol uchun, o‘tqazish polosasi, shovqindan himoya, so‘nish kabi tavsiflari aloqador. Fizikaviy pog‘onaning vazifalarini tarmoqqa ulangan barcha qurilmalar amalga oshiradi va fizikaviy muhit orqali bog‘lanish tashkil etilishini ta’minlaydi
Kanal pog‘onasi (Data Link Layer) vazifalariga uzatish muhitining layoqatligini tekshirish (fizik muhit bir necha foydalanuvchilar bilan band bo‘lishi mumkin), xatoliklarni aniqlash va korreksiyalash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishdir. Buning uchun kanal pog‘onasida bitlar ketma-ketligi kadrlar deb nomlanuvchi to‘plamlarga birlashtiriladi. Kanal pog‘onasi har bir kadrni uzatishning to‘g‘riligini ta’minlaydi, ajratish uchun uni bitlarning maxsus ketma-ketligi bilan o‘raydi, shuningdek nazorat ketma-ketligini kadrga qo‘shgan holda hisoblab chiqaradi. Kanal pog‘onasi turli topologiyadagi lokal tarmoqning ixtiyoriy ikki tuguni orasida kadrning uzatilishini ta’minlaydi. Kanal pog‘onasi protokollari tomonidan shakllanadigan topologiyalarga misol uchun umumiy shina, halqa va yulduz, shuningdek, ko‘priklar va kommutatorlar yordamida tashkil etilgan strukturalar tegishlidir. Kanal pog‘onasi protokollariga Ethernet, Token Ring, FDDI, 100VG-AnyLAN misol bo‘la oladi. Tarmoq pog‘onasi (Network Layer) bir necha tarmoqlarni birlashtiruvchi yagona transport tizimini tashkil etish uchun xizmat qilib, ushbu tarmoqlarning oxirgi tugunlari o‘rtasida ma’lumot uzatishning turli xil tamoyillarini qo‘llashi va ixtiyoriy aloqa strukturasiga ega bo‘lishi mumkin. Tarmoq miqyosida ma’lumotlarning uzatilishi muvofiq kanal pog‘onasi bilan amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma’lumotlarni etkazib berish, ma’lumotlarni uzatish marshrutlarini tanlash kabi masalalarni echadi. Tarmoqlar marshrutizator deb nomlanuvchi maxsus qurilmalar bilan o‘zaro bog‘lanadi. Tarmoq pog‘onasi, shuningdek turli texnologiyalar uyg‘unligi, yirik tarmoqlarda adresatsiya masalalarini ham hal qiladi. U ma’lumotlarni adresatsiyalash va mantiqiy manzil hamda nomlarni fizik manzillarga aylantirishga javob beradi. Ushbu pog‘onada paketlar kommutatsiyasi va ortiqcha yuklanish kabi tarmoq trafigi bilan bog‘lik bo‘lgan masala va muammolar ham hal qilinadi. Tarmoq pog‘onasining ma’lumotlarini paketlar (packets) deb atash qabul qilingan. Tarmoq pog‘onasida paketlarni etkazib berishni tashkil qilishda «tarmoq raqami» tushunchasidan foydalaniladi. Bu holda qabul qiluvchining manzili katta qismi-tarmoq raqami va kichik kismi – ushbu tarmoqdagi tugun raqamidan iborat bo‘ladi. Tarmoq pog‘onasida ikki xil protokollar ishlaydi. Birinchi turi – tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarning harakatini yo‘lga qo‘yadi, ikkinchisi – yo‘nalish axboroti almashuvi protokoli yoki marshrutlash protokollari (routing protocols). Ushbu protokollar yordamida marshrutizatorlar tarmoqlararo bog‘lanishlar topologiyasi to‘g‘risida axborot to‘playdilar. Download 373.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling