1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Raqamli signal va E1 oqimni shakllanishini o‘rganish Ishdan maqsad: osi modelining ishlash jarayonini o’rganish orqali tarmoqlardagi jarayonlarni tahlil qilish Nazariy qism


Download 373.27 Kb.
bet3/6
Sana26.03.2023
Hajmi373.27 Kb.
#1297100
1   2   3   4   5   6
Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli tizimlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan tizim tushuniladi. Agar tizim ochiq tizimlarni o‘zaro bog‘langan (OTO‘B) etalon modeliga mos kelsa u ochiq tizim xisoblanadi.
OTO‘B etalon modeli – standartlar tuzilishini umumiy strukturasi. U aloxida standartlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish prinsipini aniqlaydi va OTO‘B uchun talab etiladigan ko‘pgina standartlarni bir vaqtda ishlab chiqish imkonini ta’minlash uchun asos xisoblanadi. Biroq OTO‘B standarti faqatgina etalon modelni aniqlabgina qolmay, balki etalon modelni qondiruvchi aniq xizmatlar to‘plamini, shuningdek xizmatlarni ta’minlovchi protokollar to‘plamini aniqlashi zarur. Bunda protokol deb, bir-biri bilan ishlovchi satxlarni o‘zaro ta’sirlash qoidalarini va jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi.
1983 yilda etalon model sifatida etti satxli model tasdiqlangan (2.2-rasm). Bunda ochiq tizimlarga taalluqli barcha jarayonlar o‘zaro bog‘langan satxlarga bo‘linadi. Etti satxli modelda (1-3) quyi satx protokollari axborot uzatishga, yuqori satx (5-7) protokollari axborotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Transport satx protokollari ba’zida aloxida ajratiladi, u axborot uzatish bilan bevosita bog‘liq emas. Biroq bu satx o‘zining funksiyalari bo‘yicha quyi satlarga yaqin bo‘lgani uchun quyi satxga tegishlidir. Barcha ettita satxning vazifasi qo‘shimcha jarayonlarni ishonchli o‘zaro ta’sirini ta’minlashdir. Bunda qo‘shimcha jarayonlar sifatida foydalanuvchi extiyoji uchun axborotlarni berish, kiritish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Xar bir satx o‘zining vazifasini bajaradi. Biroq satxlarning xavfsizligi uchun ular bir-birining ishini tekshiradi.
Qo‘shimcha satx – tarmoqda uzatiladigan axborot manbalari va foydalanuvchi xisoblanuvchi qo‘shimcha jarayonlar va tarmoq terminallarini boshqaradi. Bu satxning vazifasi foydalanuvchining dasturini ishga tushirish, ularni bajarishni, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishni, terminallarni boshqarish, tarmoqni adminstrativ boshqarishdir. Bu satxda foydalanuvchilarga turli xizmatlarni taqdim etish ta’minlanadi. Bu satxda ma’lumotlar uzatish infrostrukturasini sozlash xisoblunuvchi texnologiyalar ishlaydi: elektron pochta, tele va videokonferensiya, resurslarga ulanish, internetda ishlash va b.q.


1.3-rasm. OTO‘B etalon modelining tuzilishi

Ochiq tizimlar pog‘onalarida ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash muhitiga ruxsat jarayonlarini tashkil etish, interfeyslar, shuningdek kommunikatsiyalar muhitining transport sathi vazifalarini amalga oshiruvchi operatsion muqitning komponentlari aks ettirilgan.


Ma’lumotlarni qayta ishlash ochiq tizimlar arxitekturasi qo‘llanmaning «Ma’lumot uzatish tarmoqlari» qismida batafsil ta’riflangan. Ochiq tizimlar g‘oyasining ahamiyati shundaki, komponentlar guruhining vazifalari bo‘yicha yaqinlik chegarasida ushbu vazifali tizimlarning butun sinfi yoki tizimlar majmuasi uchun interfeyslarni va axborot almashuv jarayonlarning umumlashtirishga uslubiy yondashish imkoniyatini beradi.
Ochiq tizimlarining tavsiflari va vositalarini aniqlaydigan konseptual asosi sifatida OSI etalon modeli ishlatiladi. U ochiq tizimlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda ishlashini ta’minlovchi o‘zaro bog‘lanishini aniqlaydi va kuyidagilarni muvofiqlashtiradi:

  • qo‘llanish jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini;

  • ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini;

  • ma’lumotlar saqlanilishi bir xilligini;

  • tarmoq resurslarini boshqarish;

  • ma’lumotlar xavfsizligi va axborot himoyasini;

  • dasturlar va texnik vositalarning tashhisini.

Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi. OSI modelida o‘zaro bog‘lanish vositalari 7 ta: qo‘llanish, taqdim etish, seans, transport, tarmoq, kanal va fizikaviy pog‘onalarga bulinadi. Har bir pog‘ona tarmoq qurilmalari o‘zaro bog‘lanishining ma’lum bir aspekti bilan ish olib boradi.

Download 373.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling