Mavzu: O’lchov axborotlarini yig’ish,daastlabki ishlov berish. Axborotlarni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish


Download 21.42 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1107673
Bog'liq
to\'raboyev nb 3


Mavzu:O’lchov axborotlarini yig’ish,daastlabki ishlov berish.

Axborotlarni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish
. Korxonalarda axborotlarni yig’ish va 
ro’yxatga olish turli xil xo’jalik ishlari bajarilganda amalga oshiriladi. Dastlab axborotlar 
yig’iladi so’ngra ro’yxatga olinadi. Axborotlarni yig’ish va hisobga olish amallari, odatda ish 
joylarida, ularga ishlov berish esa, avtomatlashgan ish joyida yoki hisoblash markazlarida 
amalga oshiriladi. 
Axborotni tartiblash, tahlil qilish va uzatish
. Korxonada axborotlar yig’ilib, ro’yxatdan 
o’tkazilgach uni tartiblash amalga oshiriladi. So’ngra tartiblangan axborotlar tahlil qilinadi va 
uzatiladi 
Ma’lumotlarni kodlashtirish
. Ma’lumki, informatika ma’lumot deyilganda, axborotning 
kompyuterdagi tasviri tushuniladi.
Shu sababli, kompyuterlarda qo’llanish sohasiga ko’ra 
axborot, qayta ishlanayotgan ma’lumotlarni simvolli (harf, raqam, kodlashtirilgan grafik
obrazlar va tovushlar) belgilashlar ketma-ketligini ifodalaydi. Axborotni xabarga aylantirish 
usullaridan biri - ularni moddiy tashuvchi vositasida yozish va uzatish hisoblanadi. Bunday 
yozish jarayoni kodlashtirish deb yuritiladi. 
Ma’lumotlarni kodlash va uzatish.
Kompyuterlarda axborotlarni saqlash, qayta 
ishlash, uzatish jarayonlarida, ularni kompyuter tushunadigan shartli belgilarga aylantirish, 
ya’ni axborotlarni kompyuterlarda ifodalash zaruriyati yuzaga keladi. Bu jarayonlarni 
axborotlarni kodlash yoki kodlashtirishni deyiladi. 
Axborotlarni kompyuterlarda ifodalash uchun ikkilik sanoq tizimida 0 yoki 1 raqqamlari 
yordamida kodlash amalga oshiriladi. Ikkilik sanoq tizimida amalga oshiriladigan ikkilik 
kodlash orqali, ko’p sonli harf, raqamlarni 0 va 1 belgilarining tegishli ketma-ketligi tarzida 
ifodalash imkoniyati tug’iladi. Bu ketma-ketliklar kodli kombinasiyalar deyiladi. 
Kodli kombinasiyalarni tashkil qiluvchi belgilar soni, kodning uzunligini deyiladi. 
Kompyuter (EHM) faqat sonli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Barcha ma’lumotlar, 
xususan, dasturlar, matnlar, ovozlar, rasmlar kompyuterda qayta ishlashi uchun u albatta sonli 
shaklga almashinishi lozim. Demak, kompyuter ma’lumotlarni qabul qilar ekan, dastlab u 
kodlanadi. Har bir harf yoki belgilarga maxsus son mos keladi. Uni ekranga yoki chop qilish 
qurilmasiga chaqirish jarayonida yana shu songa mos belgi qo’yiladi. Yuqorida keltirilgan 
mulohazalar axborotlarning o’lchov biliklari tushunchasini yuzaga keltiradi.
Demak, ma’lumotlar kodlashtirilganda, ular o’lchov birligi bir bit dan iborat, 0 yoki 1 
qiymatlardan birini qabul qiladi. Lekin kompyuter buyruqlari bayt bilan ishlaydi. Ketma-ket 
sakkiz bit bir bayt dan iborat bo’ladi. Demak, bir bayt birligi bilan 256 variantda kodlash 
imkoniyatini beradi, chunki 2*8
=256. 
Bayt 
– sakkiz bitdan iborat axborotning eng kichik o’lchov birligi bo’lib, u 
Klod Shennon
tomonidan taklif qilingan. Bir bit 0 yoki 1 raqamidan iborat bo’ladi.
Klaviatura alfavitdagi 256 ta simvolni kodlashtirish uchun, aynan sakkiz “bit” bo’lishi 
talab qilinadi. Hisoblash texnikasida bit deyilganda “0” yoki “1” raqamlarini saqlovchi eng 
kichik xotirasi tushuniladi. 
1) 1 bit = 0 yoki 1 raqamlaridan biri 
2) 8 bit = 1 bayt 0 yoki 1 raqamlaridan iborat sonlar kombinasiyasi 
3) 1 Kilobayt (Kb) = 1024 bayt = 2
10
 bayt. 
4) 1 Megobayt (Mb) = 1024 Kbayt = 2
20
 bayt= 1048576 bayt. 
5) 1 Gigabayt (Gbayt)= 1024 Mbayt = 2
30
 bayt=1 073 741 824 bayt. 
6) 1 Terabayt (Tb)= 1024 Gbayt = 2
40
 bayt=1 099 511 627 776 bayt. 
7) 1 Petabayt (Pb)= 1024Tbayt=2
50
bayt=1125899 906 842 624 bayt.
Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash.
Kompyuterlarda iqtisodiy axborotlarni qayta 
ishlash, qayta ishlagayotgan axborotlarning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda
tegishli ilovalar amaliy dasturilar yordamida amalga oshiriladi, ularga ishlov beriladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

11
Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.


Ma’lumotlarni kompyuterda qayta 
ishlash jarayonlari tugagach ular maxsus vositalar (printerlar) yordamida chop qilinadi, natijada 
qayta ishlangan Yangi axborotlardan foydalanish imkoniyati yuzaga keltiriladi. 
Qaror
 
qabul qilish, boshqarish ta’sirini ishlab chiqish.
Kompyuterda olingan 
axborotlarni tahlil qilish asosida samarali boshqariv ta’sirini ishlab chiqiuvchi qarorlar qabul 
qilinadi.
Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling