1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Raqamli signal va E1 oqimni shakllanishini o‘rganish Ishdan maqsad: osi modelining ishlash jarayonini o’rganish orqali tarmoqlardagi jarayonlarni tahlil qilish Nazariy qism


Download 0.51 Mb.
bet1/7
Sana01.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1242167
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAT amaliy 1


1-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Raqamli signal va E1 oqimni shakllanishini o‘rganish
Ishdan maqsad: OSI modelining ishlash jarayonini o’rganish orqali tarmoqlardagi jarayonlarni tahlil qilish
Nazariy qism
Oxirgi yillarda aloqa, barcha turdagi axborotlarni raqamlashtirish yo‘li bo‘yicha rivojlandi. Bu nafaqat ularni uzatishda, balki taqsimlash, saqlash va qayta ishlashda ham tejamkor usullarni ta’minlovchi bosh yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoldi. IKM-24 raqamli uzatish tizimidan keyin IKM-30, IKM-120, IKM-480, IKM-1920 undan keyin esa sinxron raqamli ierarxiya (SDH) tizimlari paydo bo‘ldi.
Raqamli uzatish tizimlarining jadallik bilan rivojlanishi, analog uzatish tizimlari bilan solishtirganda bir qancha afzalliklari bilan farq qiladi, masalan: shovqinga muvozanatliligining yuqoriligi, aloqa liniyasining uzunligiga uzatish sifatining zaif bog‘lanishi, aloqa kanallarining elektrik parametrlarini mo‘‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini qo‘llashning samaradorligi va boshqalar. “Aloqa tarmog‘i” terminini ikki nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, aloqa tarmog‘ini, ma’lumotlarni almashish uchun texnik vositalar majmuasidan iborat bo‘lgan mustaqil ob’ekt kabi qarash mumkin.
Ikkinchidan, aloqa tarmog‘ini, global axborot infrastrukturasi (GAI)ni (GII-globalnoy informatsionnoy infrastrukturы) muhim komponenti deb qarash mumkin. Oxirgi tushuncha, xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan XX asrning oxirlarida, axborot va elektr aloqaning rivojlanishini shakllantirish bo‘yicha ishlar oxiriga etgandan keyin kiritilgan. GAI, aloqa tarmoqlarining majmuasi, foydalanuvchi qurilmalari, axborot va insonlarning resursi kabi qaraladi.
GAIning asosiy vazifasi foydali ma’lumotga ulanishni ta’minlash va abonentlar orasidagi aloqani ta’minlash shuningdek ishlash, o‘qish va ko‘ngil ochar tomosha qilish uchun sifatli yaxshi sharoitni yaratishdan iborat. GAIning funksional imkoniyatlari, kelajakda ma’lumotlarni vaqti va joyiga bog‘liq bo‘lmagan holda, ma’qul tarif va butun dunyo masshtabida etkazishdir.
Har qanday turdagi telekommunikatsiya tizimlarini taxlil qilish uchun ITU tomonidan tavsiya etilgan modeldan boshlaymiz. Quyidagi rasmda taqdim etilgan bu model, bulutlar ko‘rinishida tasvirlangan 4 ta komponentdan iborat.



1.1-rasm. ITU tomonidan tavsiya etilgan telekommunikatsiya tizimlarining modeli


Har bir bulutning ichida ingliz tilida umumiy qabul qilingan nomi keltirilgan. YUqorisida esa odatda texnik adabiyotlarda keltirilgan tarjimasi keltirilgan. “aloqa tarmog‘i” termini, aloqa operatori javobgar bo‘lgan muhit kiruvchi, modelning ikki komponentiga tegishli.


XX1 asrda dunyo hamjamiyati o‘zining, global axborot jamiyati (GAJ) deb nomlangan yangi rivojlanish erasiga o‘tdi.
GAJning asosiy fazilati shundan iboratki, unda bilim va axborot, tashqi ishlab chiqarish rolini egallaydi, ya’ni jamiyat bolig‘ining material asosi bo‘lib qoladi. YUqori texnologiyalarni qo‘llash maxsuslashtirilgan yangi soxa, birinchi navbatda infokommunikatsiya muhitida dasturiy maxsulotlarni samarali taqsimlash amalga oshadi.
GAJning boshqa xarakterli xususiyati, telekommunikatsiya xizmatlarining juda yuqori darajada oshishidir. Masalan faqatgina telefon, tele va radio eshittirish xizmatlardan foydalanishning o‘zi bir yilda 800 milliard dollarni, infokommunikatsiya xizmatlari bozori (internet, lokal kompyuter tarmoqlari, harakatdagi aloqa tarmoqlari va b) bilan birga esa 1,5 trln. dollarga etdi va kengayish hali davom etmoqda.
Dunyo telekommunikatsiya tarmog‘iga har yili 200 mlrd. dollarlik telekommunikatsiya qurilmalari o‘rnatiladi. YUqorida qayd etib o‘tilgan barcha ma’lumotlarni samarali uzatish va taqsimlash uchun GAJ tuzilishida butun dunyo aloqa tarmog‘i (World wide communication network) yaratildi va rivojlanmoqda. Bu tarmoq, er yuzidagi o‘zaro bog‘langan barcha milliy aloqa tarmoqlarining majmuasidan iborat. Ularning asosini, axborotlarni standart yoki normal raqamli oqimlar ko‘rinishida yuqori sifat va avariyasiz uzatishga mo‘ljallangan, zamonaviy transport tarmoqlari tashkil etadi.
Etalon modelga muvofiq hisoblash tarmog‘i taqsimlangan axborot hisoblash muhiti sifatida taqdim etiladi. Ushbu muhit vertikal bo‘yicha har biri axborot hisoblash muhiti asosiy vazifalardan birini bajaruvchi qator mantiqiy pog‘onalarga bo‘linadi. Gorizontal ravishda esa u ISO ochiq tizimi qurilishi talablari va standartlariga javob bera oladigan, ochiq tizim deb ataluvchi lokal qismga bo‘linadi (1.2- rasm).
“Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanishi” (OSI- Open System Interconnection) atamasi tizimlar orasidagi ma’lumot uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya’ni hamkorlikda foydalaniladigan standartlarni ishlatishlari tufayli bir – birlari uchun tizimlar ochiqdir.

1.2-rasm. Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanishi.
Bir qator funksiyalarni bajarib, u yoki bu pog‘ona tarkibiga kiruvchi ochiq tizimning bir qismi ob’ekt deb ataladi. N-pog‘onaning o‘zaro bog‘lanish qoidalari yig‘indisi N-protokoli deb ataladi. qo‘shni pog‘onalar ob’ektlari o‘rtasidagi aloqa interfeys orqali aniqlanadi (masalan N-va (N-1)- pog‘ona ob’ektlari o‘rtasidagi aloqa (N-1)- interfeysi bilan aniqlanadi).

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling