1-amaliy mashg’ulot. Mavzu: tcp kliyent tarmoq dasturini amaliy o‘rganish. Ishning maqsadi
Download 1.94 Mb.
|
Amaliyot ishlari
Tarmoqni dasturlashda soketlar
Tarmoqdagi o‘zaro aloqaga ilovalarga tarmoqdagi ulanishlarni fayllar sifatida ko‘rish imkonini beruvchi soketlar tushunchasi asosida qaraladi va dastur, xuddi fayldek, soketdan o‘qishi va soketga yozishi mumkin bo‘ladi. Socket so‘zi o‘zbek tiliga tarjima qilinganida “in” ma’nosini bildiradi. Ushbu nom apparaturadagi in (raz’emlar) lardan kelib chiqqan. Soket ulanishning oxirgi nuqtasini aniqlovchi dasturiy konstruksiya (ob’ekt) dan iborat bo‘ladi. Dasturlarning o‘zaro aloqasiga mo‘ljallangan ikki mexanizm mavjud – bu datagrammalar soketi bo‘lib, foydalanuvchi datagramma protokoli (User Datagram Protocol – UDP) dan ulanishni o‘rnatmasdan foydalanadi va uzatishni boshqarish protokoli/tarmoqlararo protokol (Transmission Control Protocol/Internet Protocol – TCP/IP) dan foydalanuvchi ulanishni o‘rnatuvchi soketlar. Datagramma – tarmoq bo‘ylab yuborilgan ma’lumotlar paketi bo‘lib, uning qabul qilinish vaqti va tarkibi kafolatlanmagan bo‘ladi. Shuningdek, paketlarning yetkazilish tartibi ham kafolatlanmaydi. UDP paketini qandaydir adres bo‘yicha uzatishda uning qabul qilinishi to‘g‘risida, shuningdek, ushbu adres bo‘yicha, umuman paketlarni qabul qiluvchi foydalanuvchining bo‘lishi ham kafolatlanmaydi. Xuddi shuningdek, datagramma qabul qilinganida, ularning tarmoq bo‘ylab yetib kelishida shikastlanmaganligi yoki uzatuvchining datagramma qabul qilinganligining tasdiqlanishini kutayotganligi to‘g‘risida kafolat bo‘lmaydi. UDP dan foydalanish paketlarning yo‘qolishi yoki dubllanishi (dublirovanie) ga olib kelishi mumkin, bu esa xatolarni tekshirish va ma’lumotlarni uzatish ishonchliligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Agar foydalanuvchiga optimal unumdorlikka erishish zarur bo‘lsa va axborotning butunliligini tekshirish xarajatlarini qisqartirishga tayyor bo‘lsa, UDP paketlari juda qo‘l kelishi mumkin. Oqimli soketlardan foydalanishda dastur boshqa soket bilan aloqa o‘rnatadi, ma’lumotlar oqimi dasturlar orasidan oqib o‘tadi hamda oqim soketlari ulanish o‘rnatish asosida xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. TCP/IP Internet tugunlari orasidagi nuqta-nuqta ikki yo‘nalishli ulanishlarni o‘rnatish asosidagi oqimli protokol bo‘lib, ushbu protokol bo‘yicha kompyuterlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa ma’lumotlarni ishonchli uzatishni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Uzatish kanali bo‘ylab uzatilgan barcha ma’lumotlar uzatilgan tartibda qabul qilinadi. Datagramma soketlaridan farqli ravishda TCP/IP soketlari klient va server o‘rtasida yuqori ishonchlilikka ega bo‘lgan mustahkam ulanishlarni o‘rnatish imkonini beradi. Ilovalarning klient/server arxitekturasida server xosti ma’lumotlar bazasi so‘rovlarini qayta ishlash kabi xizmatlarni ta’minlaydi. Bunda klient va server o‘rtasidagi o‘zaro aloqa ishonchli bo‘lishi, ma’lumotlar yo‘qotilmasligi, shuningdek, klientga server tomonidan yuborilgan ma’lumotlar tartibli yetkazilishi lozim. Ta’kidlanganidek, TCP klient/server ilovalari uchun nuqta-nuqta ishonchli ulanish kanalini ta’minlaydi va uning yordamida klient va server dasturlari ulanish o‘ranatadilar, soketlarni o‘zaro bog‘laydilar. Soketlar – jarayonlar o‘rtasida axborotlar almashinuvini ta’minlash uchun dasturiy interfeys nomidir. O‘zaro aloqada bo‘lgan jarayonlar bitta kompyuterda, shuningdek, tarmoq orqali ulangan bir necha xostlarda bajarilishi mumkin. Soketlar tarmoq orqali o‘rnatilgan ilovalar o‘rtasidagi aloqa kanalini boshqarish uchun ishlatiladi. Har bir TCP-ulanish ikkita oxirgi nuqtalari bilan identifikatsiya qilinishi mumkin. Shu tarzda, klient va serverning ko‘plab ulanishlari ta’minlanishi mumkin. Soket yaratilganidan keyin, u orqali klient va server o‘rtasidagi keyingi o‘zaro aloqa bajariladi. 6.2-jadval Topshiriq variantlari
Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling