1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Temir yo‘l transportida signalizatsiya asoslari. Rels zanjirlari, ularning sinflanishi va ishlash prinsiplari
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-амалий машғулот
kirish – poyezdni peregondan stansiyaga harakatlanishiga ruxsat beruvchi
yoki ta’qiqlovchi svetofor; chiqish – poyezdni stansiyadan peregonga jo‘natishga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor; marshrut – poyezdni stansiyaning bir hududidan boshqasiga harakatlanishiga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor; manevr – manevr ishlarini amalga oshirishga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor; o‘tish svetofori – poyezdni bir blok-uchastkadan (peregon o‘rtasidagi post) boshqasiga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor; yo‘lni berkitish svetofori – temir yo‘lni bir xil sathda boshqa temir yo‘l, tramvay yo‘llari va trolleybus liniyalari, ajraladigan ko‘priklar va uchastkalar bilan kesishish joyini to‘sish uchun ishlatiladi; to‘suvchi svetofor – pereyezd, katta sun’iy inshootlar va o‘pirilish xavfi bor yerlarda harakat uchun xavf paydo bo‘lganda to‘xtashni talab qiluvchi svetofor, shuningdek stansiyada vagonni nazoratdan o‘tkazish va ta’mirlash uchun harakat tarkibini to‘sishda qo‘llaniladi; ogohlantiruvchi svetofor – asosiy svetofor (kirish, o‘tish, to‘siq va yo‘lni berkitish svetoforlari) ko‘rsatkichi haqida oldindan ogohlantiruvchi svetofor; takrorlovchi svetofor – mahalliy sharoit tufayli asosiy svetofor ko‘rinishi ta’minlanmanganda, chiqish, marshrut svetoforlari ruxsat beruvchi ko‘rsatkichi va tepalik svetofori ko‘rsatkichi haqida xabar beruvchi svetofor; tepalik svetofori – tepalikdan vagonni tushirishga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor; lokomotiv svetofori – poyezdni peregonning bir blok-uchastkasidan boshqasiga harakatlanishiga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor, shuningdek poyezd yaqinlashayotgan yo‘l svetofori ko‘rsatkichi haqida ogohlantiradi. Kirish svetoforining koʻrsatkichlarini koʻrib chiqamiz. Kirish svetoforlari quyidagi signallarni ko‘rsatadi: − bitta yashil – poyezdni belgilangan tezlik bilan stansiyaning asosiy yo‘li bo‘yicha harakatlanishiga ruxsat beriladi; keying svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq (svetofor ko‘rsatkichi ruxsat beruvchi); − bitta sariq miltillovchi – poyezdni stansiya asosiy yo‘l bo‘yicha belgilangan tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat beradi; keying svetofor ochiq (svetofor ko‘rsatkichi ruxsat beruvchi) va kamaytirilgan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat beradi; − bitta sariq – poyezdni stansiya asosiy yo‘li bo‘yicha to‘xtashga shay holda harakatlanishiga ruxsat beradi; keying svetofor yopiq (svetofor ko‘rsatkichi ta’qiqlovchi); − ikkita sariq, yuqorisidagi miltillovchi – poyezdni stansiya yon yo‘liga sekinlashgan tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat beradi; keying svetofor ochiq; − ikkita sariq – poyezdni stansiya yon yo‘liga sekinlashgan tezlik bilan to‘xtashga shay holda harakatlanishiga ruxsat beradi; keyingi svetofor yopiq; − bitta qizil – To‘xta! Signaldan o‘tish ta’qiqlanadi; − bitta miltillovchi oydin-oq – poyezdni qizil ko‘rsatkichli (yoki o‘chgan) svetoforda harakatlanishi, keyingi svetoforgacha 20km/s dan oshmagan tezlik bilan alohida xushyorlikda va keyinchalik harakat uchun to‘siq uchrasa darxol to‘xtashga tayyor holda harakatlanishga ruxsar beradi. Svetofor tuzilmasi. Svetoforlar optik tizim tuzilishi bo‘yicha linzali va projektorli svetoforlarga ajratiladi. Uch qiymatli svetofor tuzilishi (1.2-rasm) eshikchali 2 cho‘yan korpus 1, korpus ichida yon linza majmuasida yonayotgan lampa yorug‘ligi tushishini qaytaruvchi bo‘linmalar 3 bilan ajratilgan uchta linza majmuasi, linza majmuasiga quyosh nurlari tushishi va yolg‘on svetofor signalizatsiyasi paydo bo‘lishi oldini oluvchi soyabon 8, simlarni ulash uchun kolodkalardan 9 tashkil topgan. Signal ko‘rsatkichlari ko‘rinishini yaxshilash uchun svetofor tuzilmasi korpusida qora rangli fon shchit (taxta) 3 o‘rnatiladi. Svetofor bosh qismining asosiy qismi korpus 6, tashqi rangsiz zinasimon linzalar 10, qizil, yashil, sariq, ko‘k yoki oq rang yorug‘lik filtri linzalari 5, 12V kuchlanishda 15, 25 yoki 35Vt quvvatli lampa cho‘lg‘amili lampa ushlagich 4 dan tashkil topgan linza majmuasidan iborat. 1.2-rasm. Linza majmuali svetofor tuzilmasi Svetofor lampa tolasi linza majmuasi fokusida joylashgan. Zinasimon linza tufayli elektr lampa yorug‘lik oqimi jamlanadi. Linzadan o‘tayotgan yorug‘lik oqimi yorug‘lik filtridan tegishli rang oladi. Rangsiz linzadan o‘tayotganda, kichik tarqalish burchagiga ega signal nuriga aylanadi. Svetoforning har bir signal ko‘rsatkichi uchun alohida linza majmuasi ko‘zda tutilgan. Yorug‘lik manbai sifatida bir chulg‘amli (JS12-15, JS12-25) va ikki chulg‘amli (JS12-15+15, JS12-25+25) 12V kuchlanishli, 15 hamda 25Vt (JS – temir yo‘l signal lampasi) quvvatli lampalardan foydalaniladi. Asosiy chulg‘amning ishlash muddati 1500-2000 soat, zaxira lampa – 300 soatni tashkil etadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling