1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Temir yo‘l transportida signalizatsiya asoslari. Rels zanjirlari, ularning sinflanishi va ishlash prinsiplari
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1-амалий машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha nazariy ma’lumotlar
1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Temir yo‘l transportida signalizatsiya asoslari. Rels zanjirlari, ularning sinflanishi va ishlash prinsiplari Ishdan maqsad: temir yo‘l transportida signalizatsiya asoslariga bog‘liq materiallar va rels zanjirlari, ularning sinflanishi va ishlash prinsiplari o‘rganish va tahlili etish Qisqacha nazariy ma’lumotlar: Temir yo‘l transportida signalizatsiya asoslari. AB (avtoblokirovka), PAB (yarimavtomatik blokirovka), EM (elektr markazlashtirish), DM (dispetcherlik markazlashtirish) va poyezd harakatlanishi xavfsizligi va boshqarishni ta’minlovchi boshqa vositalarning so‘nggi bo‘g‘ini yo‘l va lokomotiv svetoforlarining signallari hisoblanadi. Aynan signallar lokomotiv mashinistiga harakatlanishga ruxsat, yo‘nalish va belgilangan tezlik yoki keyingi svetovorda to‘xtash lozomligi haqida ma’lumot beradi. Svetofor signalizatsiyasini bilish temir yo‘l avtomatikasi mutaxassisini tayyorlashda majburiy shartlardan biri hisoblanadi. Signal (lotincha signum - belgi) – muayyan buyruqni bildiruvchi ovozli yoki tovushli shartli belgidir. Signallar harakat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, poyezdlar harakati va manyovr ishlarini sifatli tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Qabul qilinishi uslubiga ko‘ra signallar ko‘rinadigan va tovushli signallarga bo‘linadi. Svetofor asosiy signal qurilmasi hisoblanadi. Svetofor deb mashinistga ko‘rinuvchi signallarni yetkazish uchun mo‘ljallangan qurilmalar majmuasiga aytiladi. Ko‘rinuvchi signallar rang, shakli, holati, signal ko‘rsatkichlari soni va yonish rejimlari bilan ifodalanadi. Svetoforlar doimiy signallar toifasiga kiradi. Yopiq svetofordan o‘tish taqiqlanadi. Svetoforlarning (avtomatik blokirovka bilan jihozlanmagan uchastkalardagi ogohlantiruvchi, to‘suvchi va takrorlovchi svetoforlar bundan mustasno) o‘chgan signal chiroqlari, ularning tushunarsiz ko‘rsatmalari, hamda boshqa asboblarning tushunarsiz signallar berishi to‘xtashni talab etadi. Bitta svetofor bir nechta vazifani (chiqish va manevr, chiqish marshrut va boshqalar) birlashtirishi mumkin. Temir yo‘lda svetoforlar o‘rnatilgan gabarit chegarasida poyezd harakati yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tarafga o‘rnatiladi. Egallangan (ixotalangan) yo‘l o‘qi ustidan svetofor o‘rnatishga ruxsat beriladi. Qo‘shimcha kirish svetofori poyezd harakati yo‘nalishi bo‘yicha chap tomonda o‘rnatiladi. Asosiy yo‘llarda, shuningdek poyezdlarni to‘xtamay o‘tishi amalga oshiriladigan yo‘llarda machtali svetoforlar o‘rnatiladi, boshqa yo‘llarda pakana (karlik) svetoforlar o‘rnatilishiga ruxsat beriladi. Svetoforlarning rangli signalizatsiyasi rangli linza yordamida olinadi. Poyezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan signalizatsiyada quyidagi asosiy signal ranglari qo‘llanadi: yashil – belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat etuvchi; sariq – harakatlanishga ruxsat etib, tezlikni kamaytirishni talab etuvchi; qizil – to‘xtashni talab etuvchi. Manyovr ishlaridagi signalizatsiyada, bundan tashqari, quyidagi ranglar qo‘llaniladi: oydin-oq – manyovrlarga ruxsat etuvchi; ko‘k – manyovrlarni ta’qiqlovchi. Svetoforlarning signal koʻrsatkichlari signalizatsiya tizimi qiymati bilan aniqlanadi. Temir yoʻllarda ikki, uch va toʻrt qiymatli tizim qoʻllaniladi. Ikki qiymatli signalizatsiya YaAB tizimida chiqish svetoforlarida qoʻllaniladi. Ikkita signal uzatiladi: - bitta yashil koʻrsatkich – “Poyezdga stansiyadan joʻnashga va oʻrnatilgan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat beriladi; keyingi stansiyagacha (yoʻl postigacha) peregon boʻsh”; - bitta qizil koʻrsatkich – “Toʻxta! Signaldan oʻtish taʻqiqlanadi”. Temir yoʻllarda AB tizimida uch qiymatli signalizatsiya keng tarqaldi. Bunda uchta signal asosiy hisoblanadi (1.1-rasm): - bitta yashil ko‘rsatkich – “Oʻrnatilgan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat beriladi; oldinda ikki va undan koʻp blok-uchastka boʻsh”; - bitta sariq koʻrsatkich – “Toʻxtashga tayyor holda harakatlanishga ruxsat beriladi; keyingi svetofor yopiq”; - bitta qizil koʻrsatkich – “Toʻxta! Signaldan oʻtish taʻqiqlanadi”. Shahar atrofi temir yoʻl uchastkalarida toʻrt qiymatli signalizatsiya qoʻllaniladi. Bunda asosiy signal sifatida toʻrtta signaldan foydalaniladi: - bitta yashil ko‘rsatkich – “Oʻrnatilgan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat beriladi; oldinda uch va undan koʻp blok-uchastka boʻsh”; - bitta yashil va bitta sariq ko‘rsatkichlar – “Harakatlanishga ruxsat beriladi; oldinda ikkita blok-uchastka boʻsh”; - bitta sariq koʻrsatkich – “Toʻxtashga tayyor holda harakatlanishga ruxsat beriladi; keyingi svetofor yopiq”; - bitta qizil koʻrsatkich – “Toʻxta! Signaldan oʻtish taʻqiqlanadi”. Stansiyalarda kirish, marshrut va chiqish svetoforlarining asosiy signal koʻrsatkichlari strelka o‘tkazgichi bo‘yicha ogʻish bilan harakatlanishda tezlikni kamaytirish kerakligini koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar bilan toʻldiriladi. Bundan tashqari, mashinistga keyingi svetofordan oʻtish tezligi haqida ma’lumotni uzatishga harakat qilinadi. Shunday qilib, svetoforning har bir signal koʻrsatkichi asosiy va ogohlantiruvchi qiymatlarga ega. Buning uchun svetoforlarda har biri ikki-uchta linza majmuasiga ega ikkita kallak, qiya markali krestovinali strelka oʻtkazgichi (1/18, 1/22) boʻlganida– bitta yoki ikkita yashil tasma oʻrnatiladi. Svetoforlar quyidagicha tasniflanadi: - vazifasi boʻyicha – kirish, chiqish, marshrut, oʻtish, toʻsiq, berkitish, ogohlantiruvchi, takrorlovchi, lokomotiv, manevr, tepalik; bunda bitta svetofor bir nechta vazifani birgalikda bajarishi mumkin: kirish va chiqish, chiqish va manevr, marshrut va chiqish va b.; - ishlash usuli boʻyicha (avtomat, yarim avtomat); - ta’qiqlovchi koʻrsatkichdan oʻtish tartibi boʻyicha (absolyut, toʻxtab ruxsat beruvchi, shartli ruxsat beruvchi); - tuzilishi boʻyicha – machtali va karlik (pakana), shuningdek koʻpriklar va konsollarda oʻrnariladigan; - optik tizimi qurilmasi boʻyicha – linzali, projektorli va svetodiodli; - signal koʻrsatkichlarini uzatish boʻyicha – me’yoriy yonuvchi (poyezd holatidan qatʻiy nazar doimiy yonivchi) va me’yoriy yonmaydigan (svetofor oldidagi hududga poyezd harakat tarkibi kirishi bilan ishga tushadi va ushbu hududdan poyezd chiqishi bilan oʻchadi), miltillamaydigan va miltillovchi (davriy 1s yonuvchi va 0,5s oʻchuvchi). Vazifasi bo‘yicha svetoforlar quyidagilarga bo‘linadi: Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling