1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Temir yo‘l transportida signalizatsiya asoslari. Rels zanjirlari, ularning sinflanishi va ishlash prinsiplari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana26.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1128415
1   2   3   4
Bog'liq
1-амалий машғулот

kirish – poyezdni peregondan stansiyaga harakatlanishiga ruxsat beruvchi 
yoki ta’qiqlovchi svetofor;
chiqish – poyezdni stansiyadan peregonga jo‘natishga ruxsat beruvchi yoki 
ta’qiqlovchi svetofor;
marshrut – poyezdni stansiyaning bir hududidan boshqasiga 
harakatlanishiga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor;
manevr – manevr ishlarini amalga oshirishga ruxsat beruvchi yoki 
ta’qiqlovchi svetofor;


o‘tish svetofori – poyezdni bir blok-uchastkadan (peregon o‘rtasidagi post) 
boshqasiga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor;
yo‘lni berkitish svetofori – temir yo‘lni bir xil sathda boshqa temir yo‘l, 
tramvay yo‘llari va trolleybus liniyalari, ajraladigan ko‘priklar va uchastkalar 
bilan kesishish joyini to‘sish uchun ishlatiladi;
to‘suvchi svetofor – pereyezd, katta sun’iy inshootlar va o‘pirilish xavfi bor 
yerlarda harakat uchun xavf paydo bo‘lganda to‘xtashni talab qiluvchi svetofor,
shuningdek stansiyada vagonni nazoratdan o‘tkazish va ta’mirlash uchun 
harakat tarkibini to‘sishda qo‘llaniladi;
ogohlantiruvchi svetofor – asosiy svetofor (kirish, o‘tish, to‘siq va yo‘lni 
berkitish svetoforlari) ko‘rsatkichi haqida oldindan ogohlantiruvchi svetofor;
takrorlovchi svetofor  – mahalliy sharoit tufayli asosiy svetofor ko‘rinishi
ta’minlanmanganda, chiqish, marshrut svetoforlari ruxsat beruvchi ko‘rsatkichi
va tepalik svetofori ko‘rsatkichi haqida xabar beruvchi svetofor;
tepalik svetofori – tepalikdan vagonni tushirishga ruxsat beruvchi yoki 
ta’qiqlovchi svetofor;
lokomotiv svetofori – poyezdni peregonning bir blok-uchastkasidan 
boshqasiga harakatlanishiga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor, 
shuningdek poyezd yaqinlashayotgan yo‘l svetofori ko‘rsatkichi haqida 
ogohlantiradi.
Kirish svetoforining koʻrsatkichlarini koʻrib chiqamiz.
Kirish svetoforlari quyidagi signallarni ko‘rsatadi:
− bitta yashil – poyezdni belgilangan tezlik bilan stansiyaning asosiy 
yo‘li bo‘yicha harakatlanishiga ruxsat beriladi; keying svetofor (marshrut yoki 
chiqish) ochiq (svetofor ko‘rsatkichi ruxsat beruvchi);
− bitta sariq miltillovchi – poyezdni stansiya asosiy yo‘l bo‘yicha 
belgilangan tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat beradi; keying svetofor ochiq
(svetofor ko‘rsatkichi ruxsat beruvchi) va kamaytirilgan tezlik bilan 
harakatlanishga ruxsat beradi;
− bitta sariq – poyezdni stansiya asosiy yo‘li bo‘yicha to‘xtashga shay 
holda harakatlanishiga ruxsat beradi; keying svetofor yopiq (svetofor 
ko‘rsatkichi ta’qiqlovchi);
ikkita sariq, yuqorisidagi miltillovchi – poyezdni stansiya yon yo‘liga 
sekinlashgan tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat beradi; keying svetofor ochiq;
− ikkita sariq – poyezdni stansiya yon yo‘liga sekinlashgan tezlik bilan 
to‘xtashga shay holda harakatlanishiga ruxsat beradi; keyingi svetofor yopiq;
− bitta qizil – To‘xta! Signaldan o‘tish ta’qiqlanadi;
− bitta miltillovchi oydin-oq – poyezdni qizil ko‘rsatkichli (yoki o‘chgan) 
svetoforda harakatlanishi, keyingi svetoforgacha 20km/s dan oshmagan tezlik
bilan alohida xushyorlikda va keyinchalik harakat uchun to‘siq uchrasa darxol 
to‘xtashga tayyor holda harakatlanishga ruxsar beradi.
Svetofor tuzilmasi. Svetoforlar optik tizim tuzilishi bo‘yicha linzali va
projektorli svetoforlarga ajratiladi. Uch qiymatli svetofor tuzilishi (1.2-rasm) 
eshikchali 2 cho‘yan korpus 1, korpus ichida yon linza majmuasida 
yonayotgan lampa yorug‘ligi tushishini qaytaruvchi bo‘linmalar 3 bilan 


ajratilgan uchta linza majmuasi, linza majmuasiga quyosh nurlari tushishi va 
yolg‘on svetofor signalizatsiyasi paydo bo‘lishi oldini oluvchi soyabon 8, simlarni 
ulash uchun kolodkalardan 9 tashkil topgan.
Signal ko‘rsatkichlari ko‘rinishini yaxshilash uchun svetofor tuzilmasi 
korpusida qora rangli fon shchit (taxta) 3 o‘rnatiladi. Svetofor bosh qismining
asosiy qismi korpus 6, tashqi rangsiz zinasimon linzalar 10, qizil, yashil,
sariq, ko‘k yoki oq rang yorug‘lik filtri linzalari 5, 12V kuchlanishda 15, 25
yoki 35Vt quvvatli lampa cho‘lg‘amili lampa ushlagich 4 dan tashkil topgan 
linza majmuasidan iborat. 
1.2-rasm. Linza majmuali svetofor tuzilmasi 
Svetofor lampa tolasi linza majmuasi fokusida joylashgan. Zinasimon
linza tufayli elektr lampa yorug‘lik oqimi jamlanadi. Linzadan o‘tayotgan 
yorug‘lik oqimi yorug‘lik filtridan tegishli rang oladi. Rangsiz linzadan
o‘tayotganda, kichik tarqalish burchagiga ega signal nuriga aylanadi.
Svetoforning har bir signal ko‘rsatkichi uchun alohida linza majmuasi ko‘zda
tutilgan. Yorug‘lik manbai sifatida bir chulg‘amli (JS12-15, JS12-25) va ikki
chulg‘amli (JS12-15+15, JS12-25+25) 12V kuchlanishli, 15 hamda 25Vt (JS – 
temir yo‘l signal lampasi) quvvatli lampalardan foydalaniladi. Asosiy
chulg‘amning ishlash muddati 1500-2000 soat, zaxira lampa – 300 soatni tashkil 
etadi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling