1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Temir yo‘l transportida signalizatsiya asoslari. Rels zanjirlari, ularning sinflanishi va ishlash prinsiplari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1128415
1   2   3   4
Bog'liq
1-амалий машғулот

Rels zanjirlari, ularning sinflanishi. Rels zanjirlari (RZ) temir yo'l 
avtomatikasi va telemexanikaning asosiy elementi bo'lib, unda avtomatika va 
telemexanikaning xamma qurilmalari poezdlar harakatini rostlash tizimiga 
qaratilgan va sezilarli darajada qurilmalarni ishonchliligi va poezdlar harakati 
xavfsizligini aniqlaydi. 
Rels zanjiri elektr zanjirdan tashkil topgan bo’lib, unda elektr ta'minoti va 
yuklama (yo'l relesi) mavjud hamda temir yo’lning rels iplari elektr tokini 
o'tkazgichi hisoblanadi (1.3-rasm). Oddiy temir yo'l rels zanjirining elektr sxemasi 
manbali oxirlamchi qism, rels liniyasi va releli oxirlamchi qismdan iborat. Rels 


zajirini manbali oxirlamchi qismiga akkumulyator 2 o’rnatiladi, u bufer rejimidagi 
VAK turidagi to’g’rilagich 1 yoki yo’l transformatori PT bilan ishaydi. Manba R

qarshiligi orqali rels liniyasiga uzatiladi va natijada poezd orqali rels zanjirini band 
etilishida yo’l relesi yakorini qo’yib yuboradi.
Rels liniyasi ikkita rels ipiga 7 ega, u rels iplari elektr qarshiligini kamaytirish 
uchun bir-biri bilan bog’langan tok o’tkazuvchi stikli ulagichlar 8 dan tashkil 
topgan alohida rels bo’g’inlaridan tuzilgan. Temir yo’l uchastkalarda tortqini turi 
va stikli bog’lovchilar maxkamlagichlari usuliga bog’liq holda uch turga bo’linadi. 
Avtonom tortqili uchastkalarda po’lat shtepselli yoki payvandlangan ulagichlar 
qo’llaniladi. Elektrlashtirilgan uchastkalarda misli payvandlangan ulagichlar 
qo’llaniladi.
Temir yo'l iplari yog'och yoki temir-beton shpallarda 9 joylashgan. Rels 
linyalarining qo'shni rels zanjirlari izolyatsiyalangan stiklar 6 yordamida metall 
qoplamalar yoki kleeboltli bo'g'inlar bilan ajratiladi. Izolyatsiyalangan stiklar 
yo'lning ustki qismida ishonchli elektr izolyatsiyasi va mexanik mustaxkamliki 
ta’minlashi kerak. Shuning uchun ular sezilarli daradagi mexanik kuchga 
mustaxkam izolyatsion materiallardan tayyorlanadi hamda namlik sharoitlarda 
etarli ishga qobiliyatlikni saqlaydi. Zavod sharoitida ishlab chiqarilgan kleeboltli 
izolyatsiyalash moslamasi yuqori mexanik kuchga ega, chunki u temir yo'l bilan 
bir butunni tashkil qiladi. 
1.3-rasm. Rels zanjirini qurilmasi 


RZ poezdlar harakatini rostlash va xavfsizligi sharoitlari xarakatidagi 
ishonchlilikni ta'minlaydi, shuning uchun ularning ishlariga bir qator talablar 
qo'yiladi. Harakat tarkibidan ozod bo'lganda RZ da yo'l relesi, eng noqulay ish 
sharoitida bo’sh holatni ishonchli tarzda fiksatsiyalashi (ishga tushishi yoki ishdan 
to’xtashi) kerak. RZ da kamida bitta g'ildirak juftligi yoki relsni to'liq sinishi 
bo'lsa, yo'l relesi yakorini qo'yib yuborishi va eng noqulay sharoitlarida RZ ning 
holati bandligi fiksatsiyalanishi kerak. Izolyatsiyalangan stiklarning elektrli 
ulanishi va natijada qo'shni RZ elektr ta'minoti orqali yo'l relesi o’z yakorini 
tortmasligi va ushbu holatda RZ yolg’on bandlik holatni, yani buzilish holatini 
ishonchli fiksatsiyalashi kerak. 
Ushbu talablarga muvofiq, RZ uchta asosiy rejimda ishlashi kerak: normal, 
shunt va nazorat. Ushbu rejimlarda RZ ish sharoitlari o'zgaruvchan qiymatlarga 
bog’liq bo’lmagan ta’sirlar ko’rsatiladi: balast va relslarning qarshiligi, manba 
kuchlanishi, shuningdek har bir o'zgaruvchan qiymatlar u yoki boshqa rejimda 
turlicha ta'sir ko'rsatadi. Normal (rostlash) rejimi harakat tarkibidan bo’sh bo'lgan 
RZ holatiga mos keladi. Ushbu rejimda P yo'l relesi orqali (1.4-a, rasm) tok oqib 
o’tadi, shunda yakor ishonchli holatda yakorini tortishi kerak. 
Normal rejimda RZ ishini noqulay sharoiti, yo’l relesida I
r
tokini yakorni 
qo’yib yuborish yoki rele yakorini tortib ololmasligigacha kamayishi vujudga 
keladi. 
Yo’l relesida I

ishchi tokini kamayishi quyidagilarga olib keladi: stikli 
bog’lovchilar butligini buzilishi RZ qarshiligini ortishiga, ballast qarshiligini 
kamayishi (ballastni kirlanishi va noqulay metrologik sharoitlar natijasida) sababli 
I

tok sizihini oshishi, elektr manba kuchlanishini kamayishi.
Shunt rejimi RZ ning harakatlanuvchi tarkibi bilan band bo'lgan holatiga mos 
keladi. Ushbu rejimda rels zanjirini yo’l relesi o’ramining qarshiligi bilan 
taqqoslaganda juda kichik qarshilikli g’ildirak juftligi harakatlanuvchi tarkib bilan 
band qilganda (1.4-b, rasm) rels iplarida elektr bog’lanish hosil qiladi. Shu bilan 
birga, eng noqulay sharoitlaridagi shuntli rejimida P relesidagi kuchlanish qiymati 
yakorini ishonchli qo’yib yuborish kerak. Eng noqulay sharoitlaridagi shuntli 
rejimda RZ ish uchun, ya'ni, yo'l relesi tokni o'sishiga olib kelishi, jumladan: eng 
katta elektr ta'minoti kuchlanishi, relslarni eng kichik qarshiligi, eng katta balast 
qarshiligi. 
Suntli rejimida rels zanjirining asosiy tavsifi shuntli sezgirligi hisoblanadi. Bu 
poezdli shunti eng katta qarshiligi, rels liniyasini bir-biriga (rels iplarini) ulanishi 
orqali tokni (kuchlanishni) yo’l relesidagi yakorni qo’yib yuborish drajasigacha 
kamayishi. Ushbu qiymat har doim o'zgaruvchan bo'lib, RZ dagi g'ildirak juftlari 
soniga va g'ildirak bandaji va temir yo'l boshi orasidagi o'tish qarshiligi qiymatiga 
bog'liq. Amaldagi texnik shartlarga ko'ra, shlang sezgirligi 0,06 Ohm dan kam 
bo'lmasligi kerak. Nazorat rejimi RZ bo’sh, ammo noto'g'ri holatiga mos keladi 
(relsni kesib tashlash, relsni olib tashlash). Bunday holda, oqimning temir yo'l 
liniyasi bo'ylab normal o'tishi to'xtaydi va yo'l relesi nazorat rejimida eng yomon 
ish sharoitida yakorni qo'yib yuborishi kerak. Yo'l relesi orqali relsni singan 
holatida I
f
(faktik) tok aylanib o’tish yo’li bilan balastdan o'tib ketadi. 


Ushbu tok qiymatining pasayishiga qaramasdan, u yo'l relesi yakorini ushlab 
turish va rels uzilishini nazorat qilish uchun etarli bo'lmasligi mumkin. 
Shunday qilib, I
f
tokning oshishiga olib keladigan nazorat rejimining eng 
yomon sharoitlari quyidagilar bo'ladi: elektr manbaining eng katta kuchlanishi
relsning eng kichik qarshiligi va balast uchun keskin qarshiligi. 
Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimi ishlashi uchun harakat 
tarkibi turgan joyi haqidagi ma’lumotni uzluksiz olish kerak. Bunday 
ma’lumot datchigi sifatida temir yo’l peregon va stansiyalari ajratilgan archa
himoyalash uchastkalarida tashkil etilgan rels zanjiri (RZ) xizmat qiladi.
RZ ishlash prinsipi yuqorida keltirilgan. RZ asosiy elementlari ta’minot 
manbai (TM) va yo’l qabul qilgichi – yo’l relesi (Y) hisoblanadi.
Ular orasidagi elektr o’tkazgich rels bo’yicha amalga oshiriladi. Magistral 
liniyalarda me’yoriy berk RZ qo’llaniladi. Unda uchastka harakat tarkibidan
bo’sh bo’lganida TM dan I
s
signal toki Y relesi chulg’amiga boradi (1.4-
rasm) va rele ishga tushadi. Uchastka bandligida harakat tarkibi g’ildirak
juftliklari Y relesini shuntlaydi, shuning uchun rele o’chadi (1.4,b-rasm).
Qo’shni rels zajirlarini elektr himoyalash uchun himoyalash tutashmalari (HT) 
qo’llaniladi. 
1.4-rasm. Rels zanjiri 
Rels liniyasi bir qancha vazifani bajaradi. Elektr tortqida relslar tortqi toki
uchun qaytuvchi sim, harakatlanib kelayotgan poyezdga ALS ma’lumotlarini
qulay uzatish kanali sifatida ishlatiladi. Bunda bir nechta muammo yuzaga 
keladi.
Bitta uzatish kanalining o’zida rels liniyasidan bir nechta tok oqib 
o’tadi: qaytuvchi tortqi toki I
t
, signal toki I c va ALS toki. Buni amalga 
oshirsa bo’ladi, lekin toklarni ajratish mumkin bo’lishi kerak. Amaliyotda chastota 
bo’yicha farqli signal va tortqi toklari qo’llaniladi.
RZ ishlashi uchun qaytuvchi tortqi toki o’tishiga to’siq bo’luvchi HT kerak 
bo’ladi. Temir yo’lda bir yo’lli (1.5, a-rasm) va ikki yo’lli (1.5, b-rasm) RZ 
qo’llaniladi. Totrqi tokini bitta rels izidan o’tkazish tejamliroq, lekin xavfsizligi
kamroq hisoblanadi. Elektr tortqi ulagichlari (ETU) yordamida himoyalash 
tutashmlari bilan ulanadi. Qo’shni RZ tortqi simlari diagonal bo’yicha
joylashganligi uchun tortqilar “egri” deb nom olgan.
Rels zanjirining manba oxiri (MOA) va rele oxiri apparaturalari (ROA) 
relsga himoylash transformatori orqali ulanadi (1.5, a-rasm).


Ikkita rels bo’yicha qaytuvchi tortqi tokini o’tkazish uchun drossel-
transformatorlar (DT) qo’llaniladi. DT umumiy o’zakda ikkita chulg’amga ega.
Qaytuvchi tortqi tokini o’tkazish uchun xizmat qiluvhci birinchi chulg’am
ikkita yarim chulg’amga ajratilgan va asosiy (tortqi) deyiladi.
Bunday chulg’amlar oxiri relslarga ulanadi, o’rta chiqishi qo’shni RZ dagi DT 
shunday chiqishiga ulanadi. Ikkinchi chulg’am RZ apparaturasini ulash uchun 
mo’ljallangan va signal chulg’ami deyiladi (1.5, b-rasm).
Drossel-transformatorni ishlash prinsipini ko’rib chiqamiz (1.6-rasm). Asosiy 
chulg’amning yarmi bo’yicha o’tgan qaytuvchi tortqi toki DT1 da ikkita qarama-
qarshi o’zaro teng magnit oqimini yuzaga keltiradi. Natijada qaytuvchi tortqi toki
I

signal chulg’amida o’zgarishmaydi. Drossel chiqishlari orqali tok qo’shni RZ 
dagi DT2 ga, so’ngra yarim chulg’amlar bo’yicha relslarga keladi. DT2 dagi
qaytuvchi tortqi toki ham signal chulg’amida o’zgarmaydi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling