Ko‘chma yerga ulagichlar. Reja


Download 33.3 Kb.
bet1/2
Sana22.10.2023
Hajmi33.3 Kb.
#1716184
  1   2
Bog'liq
Ko‘chma yerga ulagichlar. Reja


Ko‘chma yerga ulagichlar.

Reja :

1 Ko‘chma yerga ulagichlar.

2 Ko‘chma yerga ulagichlar quyidagi talablarni qondirishi shartlari.

Ko‘chma yerga ulagichlar odamlarni o‘chirilgan tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlayotganda xatolik bilan berilgan yoki tashqi elektr kuchlanish ta’sirida paydo bo‘lgan kuchlanishdan himoya qilish uchun ishlatiladi.


Ko‘chma yerga ulagichlar yerga ulovchi simlarga ulash uchun xizmat qiluvchi qisqich (qisma)dan, yerga ulovchi va uskunaning barcha fazalari tok o‘tkazuvchi qismlarini o‘zaro tutashtiruvchi simdan hamda yerga ulashga yoki yerga ulangan konstruksiyaga ulashga mo‘ljallangan uchlik yoki strubsinadan tashkil topgan. Har bir fazaga alohida ko‘chma yerga ulagichni qo‘llashga ruxsat beriladi.
Ko‘chma yerga ulagichlar quyidagi talablarni qondirishi shart:
1) Ular yalang‘och egiluvchan ko‘p tolali mis simdan tayyorlanishi va kesimi bir fazali yoki fazalararo qisqa tutashuv jarayonida termik bardoshlik talablarini qoniqtirishi kerak, lekin kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalari uchun 25 mm2 dan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun esa 16 mm2 dan kam bo‘lmasligi zarur. Mis simlar kesimini termik bardoshligi bo‘yicha tanlab olishda boshlang‘ich haroratni 30° S, yakuniy haroratni 850° S qabul qilishga ijozat beriladi. Ko‘chma himoya yerga ulagachlarni qisqa tutashuv tokidan qizishini hisoblashda quyidagi sodda formuladan foydalanish tavsiya qilinadi:

Bunda: Smin — simning minimal ko‘ndalang kesimi; Iust — qisqa tutashuv tokining eng yuqori miqdori, tf — fiktiv vaqt.
Amaliyotda tf uchun ushbu elektr uskunasini asosiy releli himoyasining eng katta o‘rnatilgan ishlash vaqti olinishi kerak. Qisqa tutashuv tokining qiymati yuqori bo‘lgan holda bitta yerga ulashning termik mustahkamligi yetarli bo‘lmasa, bir nechta parallel yerga ulash o‘rnatishga ruxsat beriladi.
2) Bir-biri bilan tutashtiruvchi simlarni shinalarga ulovchi qisqich (qisma)ning konstruksiyasi shunday bo‘lishi kerakki, ko‘chma yerga ulagich qisqa tutashuv toki o‘tganda dinamik kuch ta’sirida o‘rnatilgan joyidan chiqib ketmasligi kerak. Qisqich (qisma)lar yerga ulagichlarni tok o‘tkazuvchi qismlarga shtanga yordamida o‘rnatish va olishga mo‘ljallangan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Egiluvchan mis sim qisqich (qisma)ga bevosita yoki mustahkam presslangan mis uchlik yordamida ulangan bo‘lishi zarur. Sim ulangan joylaridan sinmasligi uchun uni egiluvchan po‘lat simli prujina shaklidagi qobiqqa joylashtirish tavsiya qilinadi. Egiluvchan mis sim tolalarini mexanik shikastlanishlardan saqlash maqsadida simni aniq ko‘rinadigan qobiqqa solib qo‘yish ham tavsiya qilinadi.
3) Simdagi yerga ulash uchun mo‘ljallangan uchlik, strubsina ko‘rinishida yoki yerga ulangan konstruksiya yoxud yerga ulagich simiga mahkamlanuvchi qisqich konstruksiyasiga (barashkasiga) mos holda bajarilishi zarur.
4) Ko‘chma yerga ulagich elementlarining kontakt yuzalari qalaylab oqartirilgandan so‘ng presslash, payvandlash yoki bolt bilan mustahkam va qattiq ulanishi shart. Buning uchun kavsharlash man qilinadi.
Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini yerga ulash uchun ishlatiladigan ko‘chma yerga ulagich uskunalarini metall ustunlar konstruksiyasiga, yog‘och ustunlarni yerga ulash qurilmasiga yoki maxsus vaqtinchalik yerga ulagichga ulashga ruxsat etiladi.
2.1.85. Sinash sxemalarida ishlatiladigan ko‘chma yerga ulagich simining ko‘ndalang kesimi kamida 4 mm2, elektr uzatish tarmoqlaridagi ustundan izolatsiyalangan yashin qaytargich troslari hamda ko‘chma uskunalarni (laboratoriya va h. k) yerga ulashda esa mexanik mustahkamligiga qarab kamida 10 mm2 bo‘lishi shart.
Har bir ko‘chma yerga ulagichda uning raqami va yerga ulovchi simlarning ko‘ndalang kesimi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bu ma’lumotlar yerga ulagichga mahkamlangan birkaga yoki strubsinaga (uchlikka) o‘yib yozilgan bo‘lishi lozim.
Har bir ko‘chma yerga ulagich har 3 oyda bir marta hamda ishlatishdan oldin va qisqa tutashuv toki ta’sirida bo‘lgan hollarda ko‘zdan kechirilishi shart. Simlarning ulangan kontaktlari emirilganda, mexanik mustahkamligi pasayganda, ular erib tushganda, 5 foizdan ko‘p sim tolalari uzilganda va shunga o‘xshash holatlarda ko‘chma yerga ulagichlar ishlatishdan olib tashlanishi kerak.
To‘siq qurilmalari ishchilarning bexosdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga xavfli masofagacha yaqinlashishdan saqlash hamda taqsimlovchi uskunalar uchastkalariga kirish yo‘llarini to‘sish uchun qo‘llaniladi. To‘siq qurilmalariga shchitlar kiradi.

Shchitlar alif shimdirilgan va rangsiz lok surtilgan quruq taxtadan yoki tiniq elektr izolatsiyalovchi materialdan qilinishi lozim. Ularga xavfsizlik texnikasi plakatlari mahkamlanishi yoki “Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga muvofiq yozuvlar yozib qo‘yilishi lozim. Shchit konstruksiyasi mahkam, qulay, qiyshayishi va ag‘anashiga imkon bermaydigan choralar ko‘rilgan, og‘irligi esa bir kishi ko‘tarib o‘rnatadigan bo‘lishi darkor. Shchit balandligi kamida 1,7 m, pol bilan pastki qismi oralig‘i ko‘pi bilan 10 sm bo‘lishi kerak.

. Shchitlarni shunday o‘rnatish kerakki, ular xavf paydo bo‘lganda xodimlarning xonadan chiqib ketishiga xalaqit bermasligi zarur.

2.1.91. Shchitlarning kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turishiga ruxsat berilmaydi. Ish joyini to‘suvchi shchitdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa “Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”da qayd etilgan masofaga mos kelmog‘i shart. (“Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”, “Sharq”, 1995-yil, 14-bet).


To‘siqlarni mustahkam o‘rnatish yoki mahkamlash uchun mo‘ljallangan shchitlarni ishlatishdan oldin ularning ulangan qismlari mustahkamligini, barqarorligini va detallarning chidamliligini tekshirish lozim.

Elektr tokiga ulab yuborishning oldini olish uchun qalpoqlarni bir qutbli ajratgich pichoqlariga kiygiziladi. Qalpoqlar elektr xavfsizligi shartlari bo‘yicha ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatishning iloji bo‘lmagan elektr uskunalarining ulangan joylarida qo‘llaniladi.


Qalpoqlar ajratgich pichoqlariga bemalol kiygizilishi va unda mustahkam turishi zarur. Qalpoqlar rezinadan yoki plastmassadan tayyorlanadi. Ularni o‘rnatish va echib olgan asosiy himoya vositalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi zarur. Qalpoqlarda yoriqlar, darz ketgan joylar, begona jismlar mavjudligi va boshqa buzilishlarning yo‘qligi har 12 oyda bir marta tekshirilishi lozim.


Download 33.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling