O‘quv yili uchun tuzilgan tasviriy san


Download 1.13 Mb.
Sana28.10.2021
Hajmi1.13 Mb.
#169127
Bog'liq
tasviriy sanat fanidan reja va konsp




2020-2021 oquv yili uchun tuzilgan tasviriy sanat fanidan “Yosh Musavvir” nomli to’garagining

ISH REJASI

Dars tartibi

Bo‘lim va mavzular

Soat

Dars o‘tish sanasi

Uyga vazifa

1-chorak

1-dars

Tasviriy san’at turlari.Nazariy ma’lumot

1




Mustaqil rasm ishlab kelish

2-dars

Grafika

1







3-dars

Siluet

1




Uy hayvonlariga siluet ishlash

4-dars

Illustratsiya.Asar qaxramonlariga eskizlar ishlash

1




Qalamtasvir kompozitsiyasi

5-dars

Illustratsiya.Asar qaxramonlariga eskizlar ishlash

1







6-dars

Haykaltaroshlik

1




Kitob,gazeta va jurnallardagi haykal nomlari va mualliflarini yozib kelish

7-dars

Tasviriy san’atning haykaltaroshlik turida kompozitsiya yaratish

1




Uyda yakunlash

8-dars

Tasviriy san’atning haykaltaroshlik turida kompozitsiya yaratish

1







9-dars

Mustahkamlash

1




Takrorlash

2-chorak

10-dars

Rangtasvir.Asosiy ranglar, hosila ranglar, axromatik va xromatik ranglar,kontrast ranglar

1




Rangtasvirda manzara janri

11-dars

Rangtasvir usulida kompozitsiya yaratish

1




Rangtasvirda natyurmort janri

12-dars

Rangtasvir usulida kompozitsiya yaratish

1







13-dars

Xalq amaliy san’ati

1




Yon-atrofimizdagi amaliy san’at bilan shug’ullanuvchilarni kuzatish

14-dars

Naqqoshlik:naqsh elementlari

1




Islimiy uslubda naqsh ishlash

15-dars

Girix uslubida naqsh ishlash

1




Murakkab usulda naqsh ishlash

16-dars

Rasmlar ko’rgazmasi

1




Takrorlash

3-chorak

17-dars

Tasviriy san’at janrlari

1




Erkin janrda rasm ishlash

18-dars

Portret.Nazariy ma’lumot va shu janrda yaratilgan asarlarni idrok qilish

1




Portret janrida yaratilgan rasmlarni kuzatish

19-dars

Odam rasmini bosqichma-bosqich chizish

1




Odam rasmini qalamtasvirda yakunlash

20-dars

Rangtasvirda portret janri

1




Avtoportret

21-dars

Rangtasvirda portret janri

1







22-dars

Maishiy janrda rasm ishlash

1




Uyda yakunlash

23-dars

Adabiy asar syujeti asosida mustaqil kompozitsiya ishlash.

1




Syujetli kartina eskizini chizish.

24-dars

Adabiy asar syujeti asosida mustaqil kompozitsiya ishlash.

1







25-dars

Animalistik janr

1




Mifologik janrda rasm ishlash

26-dars

Mustahkamlash

1




Takrorlash

4-chorak

27-dars

Oq va qora rang tuslaridan grafik rasm ishlash

1




Simmetrik shakldagi narsalarni kuzatish

28-dars

Uy ro’zg’or buyumlari mavzusida natyurmort ishlash

1




Mustaqil ravishda natyurmort ishlash

29-dars

Uy ro’zg’or buyumlari mavzusida natyurmort ishlash

1







30-dars

Uy jihozlariga amaliy bezak berish

1




Uyda yakunlash

31-dars

Uy jihozlariga amaliy bezak berish

1







32-dars

Sport anjomlari mavzusida rasm ishlash

1




Ertaklarga rasm ishlash

33-dars

Peyzaj. “Yoz manzarasi” mavzusida xayolan rasm chizish

1




Xotiradan rasm ishlash

34-dars

Mening san’atim tengdoshlarim nigohida

1




Takrorlash


Sana: mavzuga ajratilgan soat: 1

Mavzu: Tasviriy san’at turlari. Nazariy ma’lumot

Mashg’ulotning maqsad va vazifalari:

O’quvchilarga tasviriy san’at turlari va naturaning xarakterli jihatlarini ko’rishni o’rgatish

O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va tartib – Intizomga doimo rioya etishga, yangi bilimlar egallashga yo’naltirish;:Naturaning xarakterli jihatlarini ko‘rish, tahlil qilish va

qmaliy ishda ifodalash ko’nikmasini hosil qilish

TK-1: hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish.TK-3: bilimni mustaqil ravishda oshirib borish;o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish.

FK-1: amaliy va tasviriy san’at turlarini farqlaydi, tahlil qila oladi va eskizini ishlay oladi;
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari:

Mashg’ulot metodi:mustaqil o’qish, suhbat, savol – javob,amaliy

Mashg’ulot turi:yangi bilim beruvchi

Mashg’ulot jihozi:mavzuga oid ko`rgazmali qurollar
Kutilayotgan natija:
Yangi bilimlar egallaydi.Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantiradi hamda axborotlar bilan ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi


Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt


Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni mashg’ulotga tayyorlash

S – J

2 min

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash, yangi mavzu bilan bog’lash

S – J , ko’rsatmalilik

5 min

Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzuni tushuntirish

Suhbat, amaliy

20 min

Mavzuni mustahkamlash

Takrorlash, mustahkamlash

S – J , ko’rsatmalilik

5 min

Baholash

Rag’batlantirish(5 ballikreyting)

Ijodiy ishiga qarab

10 min



Uyga vazifa

Uyga vazifani tushuntirish

Suhbat

3 min

Yangi mavzu bayoni

Tasviriy san’at fani bilan boshlang’ich sinfda yaxshi tanishib kelgansizlar. Shu vaqtlarda tasviriy san’at, amaliy bezak san’ati, badiiy qo’rish-yasash va dizayn san’ati haqida qisqacha ma’lumot bo’lgan edi. Shuningdek, kompozisiya, chiziqlar, dog’lar, ranglar, hajm, shakl, fazo, faktura to’g’risida ham ma’lum tushunchaga egasiz. Mana endi ularni qayta yodga tushurgan holda tasviriy san’at turlarini chuqurroq o’rganamiz:Qalamtasvir,rangtasvir,haykaltaroshlik,foto,dizayn, xalq amaliy san’ati,ekibano, arxitektura.

O’quvchilar chizgan natyurmort ishlaridan ko’rsatib, I. Mashrapov, Laylo Salimjonova, Yusuf Yelizarov, Z.Kavalevskayalarning natyurmort asarlari reproduksiyasi nomoyish etiladi. Ulardagi doglar, ritmi ya’ni, takrorlanishlar tushuntirilib beriladi. Ranglangan rassom asarlari, o’quvchilarning ishlari nomoyish etilib, «Oltin kuz», «Soy», «Kuzda» kabi mavzularda rasm chizish mumkinligi aytib beriladi.

Rassomlar asarlari mavzusini xayotning, tabiatning o’zidan oladi. Shuning uchun ham ular juda go’zal va chiroyli, mazmunli chiqadi.





Mavzuni mustahkamlash:

1.Tasviriy san’atning qanday turlari mavjud ?

2.Mashg’ulotlikda keltirilgan suratlar tasviriy san’atning qaysi

turlariga mansub ?

3. Tasviriy san’at turlarini bir-biri bilan qanday ajratsa bo’ladi ?

4.Siz tasviriy san’atning qaysi turlarida ishlashni xush ko’rasiz ?

5. Tasviriy san’atning rangtasvir turida siz qanday o’quv qurollaridan foydalanasiz ?

6. Qalamtasvirda ijod etgan qaysi rassomlarni bilasiz ?

7. Haykaltaroshlikda ijod qilayotgan qanday haykaltaroshlarni bilasiz

8. Buyuk ajdodlarimizning haykalini yaratgan haykaltarosh kim ?
Baholash: Rag’batlantirish (5 ballik reyting)

Uyga vazifa:Chizib kelish: Erkin mavzu
Maktab MMIBDO’____________________________ Sana____ ______20___yil

Sana: mavzuga ajratilgan soat: 1

Mavzu: Grafika

Mashg’ulotning maqsadi:

O’quvchilarning qalam tasvirga oid bilimlarini oshirish, tabiatni chizishga o’rgatish. Qalamda xilma – xil kompozisiyalar ishlashning yechimi va uning ahamiyati, ishlash texnikasi, turli vaqtlardagi daraxtlarning tasviriy ko’rinishini tasvirlashni o’rgatish. O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash, odamlarga, tabiatga nisbatan mehrini o’yg’otish, tasviriy san’atning go’zal kurinishlaridan zavqlantirish.

O’quvchilarning grafika turiga oid bilimlarini, go’zallikni ko’ra olishini rivojlantirish.

TK-1: hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish.TK-3: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashishFK-1: naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi;tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi;
Mashg’ulotning jihozi:

a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari I.Ikramov, N.Ten, A.Holiqov, Q.Basharov, V.Venidektov, N.Kolonov va boshqalarning asarlaridan ba’zilari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar, slayd va b.

b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, uchirg’ich, toza latta va b.

Mashg’ulotning rejasi:

Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa.

O’tilgan mavzuni baholash va mustahkamlash. 7-10 daqiqa.

Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa.

O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa.

Uyga vazifa va mashg’ulotni yakunlash. 2-3 daqiqa.



Mashg’ulotning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning mashg’ulotga psixologik tayyorgarligi va yo’qlama qilish bilan boshlaymiz. Oldingi mashg’ulotda bajarib kelgan o’quvchilarning ishlarini ko’rib chiqib baholaymiz. Shu o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar berib mashg’ulotni mustahkamlash bo’ladi.

Yangi mashg’ulot mavzusi bayoni. Qalamda turli chiziqlar yordamida tasviriy obrazlar yaratish. Bu mashg’ulotni o’quvchilar bilan savol-javob qilib boshlaymiz. Tasviriy san’atda grafika alohida o’rin tutadi, shuning uchun qalamda rasmni to’g’ri chizib bo’lgandan keyin unga ko’pincha rang beriladi. Qalamning o’zida ham juda chiroyli qilib rasmlar chiziladi. Bularni ko’rib xuddi ranglari ham ajralib turgandek his qilamiz. Agar rasm to’g’ri bajarilgan bo’lsa. Bir qancha qalamda chizilgan rasmlardan ko’rsatib uning tahlilini keltirib o’tish kerak.

Grafikchi rassomlar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Ularning asarlari turli hayot faoliyatni, bo’layotgan voqiyliklarni, odamlar obrazini chiroyli qilib tasvirlaydilar. Qutlug’ Basharovning grafik seriyalar O’zbekiston mehnatkashlari hayotini tasvirlashga bag’ishlanadi. Uning qizlari Laylo Basharova ham grafikada ijod qiladi.

Samarqandlik grafikchi rassom Nuriddin Kolonov asarlarida ham shu kunimiz hayoti, faoliyati aks etiladi. Paxta seriyasidagi asarlarda aniq chiziqlar bilan grafik tasvirlar hosil qilinadi.

Doskada oldingi o’quvchilarning ishlaridan ham bir qanchasini qo’yib tushuntirilsa yaxshi bo’ladi. Odamlarning obrazlarini yaratish uchun grafikchi rassomlar ularni o’ziga qarab nabroskalar qilib oladi. Bu qoralama suratlar keyingi asarlariga obrazlar yaratishda yordam beradi.



Mashg’ulot mavzusini ketma-ketlikda tushuntirib bo’lgandan keyin o’quvchilarning mustaqil ishlari boshlanadi.



Mustahkamlash: Qalam tasvir degani nima?

Grafika tasviriy san’atning alohida turi bo’ladimi?

Turli chiziqlar bilan qanday tasviriy obrazlarni yaratish mumkin

Uyga vazifa: grafik rasm chizib mashq qilib kelish va grafikchi rassom asarlaridan yig’ib kelish

Maktab MMIBDO’____________________________ Sana____ ______20___yil




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling