1-Amaliy mashg’ulot Mavzu


Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish tartibi


Download 18.62 Kb.
bet2/2
Sana22.12.2022
Hajmi18.62 Kb.
#1041627
1   2
Bog'liq
1 Amaliy ish Statsionar postlarda transport vositalarining harakat

Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish tartibi
Texnik ko‘rik transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan) joyda:
zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, ko‘tarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-o‘lchash asboblariga, asfalt yoki beton bilan qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan tashkilotlarda;
texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida;
DYHXXning mobil diagnostika stansiyalarida transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
Ushbu mablag‘ Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
DYHXXning diagnostika stansiyalarida;
mobil stansiyalarda o‘tkaziladi.
Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joylari DYHXXning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.
Tashkilotlarda texnik ko‘rik boshlangunga qadar barcha diagnostika asbob-uskunalari tekshirilishi va ish holatiga keltirilishi zarur.
Texnik ko‘rikni tashkil etish texnik ko‘rikni o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti, ko‘rikka qo‘yilayotgan transport vositalarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan jadvalni tuzgan holda rejalashtiriladi.
Jadval DYHXX hududiy organlari tomonidan yuridik shaxslarning buyurtmanomalari va diagnostika stansiyalarining texnik imkoniyatlari, ob-havo, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa sharoitlar hisobga olingan holda tuziladi.
Bir kunda texnik ko‘rikka qo‘yiladigan transport vositalari soni mavjud diagnostika va nazorat-o‘lchash uskunalarining kunlik unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi.
Texnik ko‘rikni o‘tkazish jadvali va uni o‘tkazish bo‘yicha kelgusi yil uchun komissiya tarkibi har yili 15-dekabrgacha Toshkent shahar hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tegishli tuman (shahar) hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda komissiya tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari, tramvay-trolleybus parklari, boshqa davlat organlari vakillari kiritiladi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘lim, bo‘linmalari) yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi, guruhi) vakillari komissiya raisi hisoblanadi.
DYHXX hududiy organi tomonidan yuridik shaxslarga texnik ko‘rik o‘tkaziladigan muddatlar to‘g‘risidagi bildirishnoma yuboriladi va unga transport vositalari guruhlarining ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq yoki alohida transport vositasining ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda texnik ko‘rik dalolatnomasi blanklari ilova qilinadi.
Texnik ko‘rik dalolatnomalari talab etiladigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda (texnik holat to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari) transport vositalari ro‘yxatiga muvofiq to‘ldiriladi. Transport vositalari guruhining texnik ko‘rigi dalolatnomasida ko‘rsatilgan transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar DYHXXning tegishli organlarida hisobga olish ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Texnik ko‘rik tashkilotlarda, diagnostika stansiyalarida (mobil stansiyalarida) va texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida ish vaqtida, texnik nazorat postlarida ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlaridan birida o‘tkaziladi.
Boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga ijaraga berilgan transport vositalari ijaraga beruvchida yoxud ular vaqtincha turgan joy bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydagi DYHXX organlarida ijaraga beruvchi uchun belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Yuridik shaxslar texnik ko‘rik boshlanishidan kamida o‘n kun oldin DYHXXning hududiy organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning rahbari yoki transport bo‘yicha mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan imzolangan, yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslardan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) texnik ko‘rik dalolatnomasining bir nusxasi;
Download 18.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling