1-Amaliy mashg’ulot Mavzu


Download 18.62 Kb.
bet1/2
Sana22.12.2022
Hajmi18.62 Kb.
#1041627
  1   2
Bog'liq
1 Amaliy ish Statsionar postlarda transport vositalarining harakat


1-Amaliy mashg’ulot
Mavzu ; Statsionar postlarda transport vositalarning harakat tezligini bevosita tadqiq qilish.
Ishdan maqsad; Umumiy tushuncha va atamalar bilan tanishib chiqish va statsionar postlarda transport vositalarning harakat tezligini tadqiq qilish.
Ishning bajarish joyi; Maxsus jixozlangan auditoriya.

Uslubiy ko’rsatma.
Umumiy qoidalar
Transport vositalarining majburiy texnik ko‘rigi (keyingi o‘rinlarda — texnik ko‘rik) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — DYHXX) organlari hamda tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — tadbirkorlik subyektlari) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq o‘tkaziladi.
Transport vositalarining texnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning texnika bazalari, shuningdek, xususiy texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalari faqat tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Quyidagilar texnik ko‘rikdan o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalari texnik holati va uskunalarining yo‘l harakati xavfsizligining texnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash;
transport vositalarining sonini, holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha boshqa ma’lumotlarini aniqlashtirish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish;
yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish. Yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan, belgilangan tartibda DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar va ularning vakolatxonalariga, shuningdek, ushbu vakolatxonalar va tashkilotlarning xodimlariga hamda ularning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan transport vositalari ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizom asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Texnik ko‘rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritib boriladi.
Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak:
a) tijorat asosida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o‘rindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularning tirkamalari — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganiga olti yildan ko‘p bo‘lmagan yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga o‘n bir yildan o‘n to‘rt yilgacha (o‘n to‘rtinchi yili ham) bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilganiga olti yildan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari, ishlab chiqarilgan vaqti aniq bo‘lmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga o‘n besh yil va undan ortiq bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar texnik ko‘rikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
Ishlab chiqarilganiga o‘n yilgacha (o‘ninchi yili ham) bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) texnik ko‘rikdan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarilganligidan qat’i nazar transport vositalarini DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda), ularning agregat raqamlari texnik hujjatlarga mosligi tekshiriladi.
Transport vositalari texnik ko‘rikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin.
Transport vositalari DYHXX organlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan miqdorda yig‘im undiriladi.
Birinchi (oldingi) texnik ko‘rikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik ko‘rikdan o‘tkazilganlik uchun yig‘im undiriladi.
Texnik ko‘rik o‘tkazilganligi uchun yig‘im summasi tegishli mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun to‘lov miqdori tadbirkorlik subyektlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish tartibi
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan) hududda yoki egalarining xohishiga ko‘ra eksterritoriallik tamoyili asosida boshqa hududlarda o‘tkaziladi.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikka qo‘yish sanasi joriy texnik ko‘rik paytida belgilanadi.
Transport vositalari egalari transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikka belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish:
DYHXXning diagnostika stansiyalarida (jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalari bundan mustasno);
harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalarida (keyingi o‘rinlarda — mobil stansiyalar); texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida (shartnoma asosida); tadbirkorlik subyektlarining texnik bazasida (jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalari).
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari, mobil stansiyalar va tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston akkreditatsiya markazi davlat unitar korxonasi tomonidan belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi ma’qullashdan o‘tkazilgan, transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-texnika bazasiga ega bo‘lishi zarur.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish-texnika bazasi:
a) quyidagilarga muvofiq bo‘lishi zarur:
M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga;
avtotransport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan o‘tkazish hamda ularning ballonlarini tekshirish uchun — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan siqilgan tabiiy gazda (keyingi o‘rinlarda — STG), suyultirilgan neft gazida (keyingi o‘rinlarda — SNG) yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga;
b) zarur texnik diagnostika vositalariga ega bo‘lishi lozim, shu jumladan:
o‘qiga tushadigan maksimal og‘irlik 3500 kilogrammgacha bo‘lgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalariga;
pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomatik boshqaruvga ega bo‘lgan M1 toifali transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz yo‘lagi mavjud bo‘lishiga;
tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga;
rul boshqaruvidagi umumiy lyuftni o‘lchash priboriga;
rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
chiroqlar yorug‘ligini boshqarish va kuchini nazorat qilish priboriga;
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga;
gaz analizatoriga — uchqundan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash priboriga;
tutun o‘lchash priboriga — siqilishdan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida tutunni aniqlash priboriga;
dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini o‘lchash priboriga;
shovqinni o‘lchash priboriga;
oynalarning yorug‘lik o‘tkazishini tekshirish priboriga;
kompressorga;
qinchali manometrga;
zarur kompyuter texnikasiga.
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish bo‘yicha talablarga muvofiq bo‘lish sharti bilan universal texnik vositalarga almashtirilishi mumkin.
Qo‘llaniladigan barcha o‘lchov vositalari tasdiqlangan tipda bo‘lishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi shart.
DYHXXning diagnostika stansiyalari va texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarining ishlab chiqarish-texnika bazasi tekshirilayotgan transport vositasining toifasiga ko‘ra (M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3, O4) mazkur band talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mobil stansiyalarning bazasi quyidagi zarur texnik diagnostika vositalariga ega bo‘lishi lozim:
o‘qiga tushadigan maksimal og‘irlik 3500 kilogrammgacha bo‘lgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalariga;
pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
gaz yonilg‘isida ishlaydigan transport vositalarida gaz sizib chiqishini aniqlovchi (techeiskatel) uskunasiga;
rul boshqaruvidagi umumiy lyuftini o‘lchash priboriga;
rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
chiroqlar yorug‘ligini boshqarishni va kuchini nazorat qilish priboriga;
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga (shtangatsirkul);
gaz analizatori — uchqundan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash priboriga;
tutun o‘lchash pribori — siqilishdan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida tutunni aniqlash priboriga;
dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini o‘lchash priboriga;
shovqinni o‘lchash priboriga;
oynalarning yorug‘lik o‘tkazishini tekshirish priboriga;
qinchali manometrga;
zarur kompyuter texnikasi va videokuzatuv kameralariga.
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish bo‘yicha talablarga muvofiq bo‘lish sharti bilan universal texnik vositalarga almashtirilishi mumkin.
Elektromobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari, mobil stansiyalari va tadbirkorlik subyektlari qo‘shimcha ravishda quyidagi texnik diagnostika vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim:
akkumulyator batareyasining kuchlanishini va tok kuchini aniqlash testri;
elektr uzatgich simlarining texnik holatini aniqlash testri;
elektromobilning texnik holatini diagnostika qilish kompyuter texnikasi (dasturiy ta’minoti bilan).
Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishga tegishli mutaxassislikka ega bo‘lgan yoki diagnostika qilish texnologiyasi, diagnostika jihozlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, diagnostika vositalarini qo‘llagan holda texnik holatni tekshirish metodlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha talablarni o‘rgangan shaxslar qo‘yilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni boshlashdan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmatlari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy YHXB) yaratilgan sharoitlar mazkur Nizom talablariga muvofiqligi va faoliyatni amalga oshirishga tayyor ekanligi haqida yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Tadbirkorlik subyektlarining xatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
tadbirkorlik subyektlari ustavining nusxasi;
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish uchun tegishli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-texnik bazasi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi davlat unitar korxonasi tomonidan berilgan ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining transport vositalariga o‘rnatiladigan gaz ballonlarini texnik tekshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomasining nusxasi.
YHXX taqdim etilgan hujjatlar asosida tadbirkorlik subyektini jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari hisobini yuritish reyestriga kiritib, Ichki ishlar vazirligining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi hamda bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi.
Reyestr aholini jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari haqida xabardor qilish maqsadida yuritiladi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, hududiy YHXB ikki ish kuni ichida tadbirkorlik subyektlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida xabar beradi.
Tadbirkorlik subyektlari mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq hududiy YHXBga takroran xabarnoma yuborish yoki DYHXX mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) bo‘yicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini (jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalari bundan mustasno) texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlariga transport vositasining egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan quyidagi hujjatlar ko‘rsatiladi:
pasport (ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;
transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
gaz yonilg‘isida ishlashga qayta jihozlangan transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonining sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi;
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan tashkilot tomonidan gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun transport vositasining egasi yoki uning vakolatli vakili tadbirkorlik subyektlari xodimiga (operatoriga) murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni ko‘rsatadi:
tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;
transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
gaz yonilg‘isida ishlashga qayta jihozlangan transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonining sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi.
Transport vositasining taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi “Texnik ko‘rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshiriladi va ma’lumotlar mos kelgan taqdirda, belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat etiladi.
Transport vositalariga o‘rnatilgan STG va SNG tizimlarining germetikligi hamda agregatlari va uzellari ulangan joylarining ishonchliligi tadbirkorlik subyektlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq sinovdan (opressovka) o‘tkaziladi.
Texnik ko‘rikka taqdim etilgan transport vositasining egasi tomonidan qonunchilik hujjatlarining talablarini buzish (ko‘rsatilgan hujjatlarni, agregatlarning identifikatsiya raqamlarini soxtalashtirish va boshqalar), transport vositasi qidiruvdaligi holatlari aniqlangan taqdirda hamda agregat raqamlari texnik hujjatlarga mos kelmasa, transport vositasi yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lganligiga shubha uyg‘onsa, tadbirkorlik subyektining vakili bu haqda darhol ichki ishlar organlariga xabar berishi shart.
Tadbirkorlik subyektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda, nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgarganda bu haqida yetti ish kunida hududiy YHXBlarni xabardor qilishi shart.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan rasmiylashtirilgan jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida dalolatnoma o‘n kun ichida haqiqiy hisoblanadi va texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini rasmiylashtirish “Texnik ko‘rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.



Download 18.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling