1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Windows va Linux operatsion tizimini kompyuterga oʻrnatish. Ishdan maqsad


Download 440.37 Kb.
bet2/2
Sana03.04.2023
Hajmi440.37 Kb.
#1322541
1   2
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu Windows va Linux operatsion tizimini

Topshiriqlar:

1. Windows operatsion tizimi barcha kompyuterlarga quyidagicha o’rnatiladi.





Hozirgi ko'rsatiladigan usulda nafaqat windows 10, Win 7, 8 , 8.1 lar ham shunday uslubda o'rnatiladi. Windows os larni asosan o’rnatuvchi disk yoki fleshkani o’rnatish uchun tayyorlab o’rnatish mumkun. Ikkala holatda ham windows kerakligicha o’rnatiladi. Biz hozir windows 10 OS ni ustonovichniy disk orqali o’rnatishni ko’rib chiqamiz.
1.1.Dastlab, operatsion tizim diskini kompyuterga qo‘yib, shu diskdan yuklanishni biosda ko‘rsatib o‘tamiz, ya’ni kompyuter yonganda dastlab shu disk ishlasin. Agar bunday qilish qo‘lingizdan kelmasa, diskni kompyuterga qo‘yib, uni yoqing, odatda avtomat disk o‘qiladi(ko‘p hollarda). Shunda ekranga quyidagi oyna chiqadi va diskdan yuklanish uchun istalgan biror tugmani bosish talab qilinadi.

1.2. Biror tugmani bosib, kompyuterni disk orqali yuklanishini tasdiqlaymiz. Kompyuter avtomatik tarzda diskovoddagi ustonovichniy diskni o’qishni boshlaydi. 

1.3. Bu yerdan os o’rnatiladigan til, soat formati va klaviatura tili tanlanadi. Russkiyni tanlaymiz va Далее ni bosamiz. 



1.4. Установить ni tanlaymiz va Далее ni bosamiz.



1.5. Bu yerda Windows 10 os pullik dasturiy mahsulot bo’lganligi sababli, windows 10 os uchun sotib olingan kalitni kiritishni so’ramoqda. Kerakli kalitni kiritamiz va Далее ni bosamiz. (Eslatma! Windows 10 kalitni kiritmaguncha ishga tushmaydi, Lekin ayrim kreklangan versiyalarida kalit soramaydi, lekin aktivatsiya so'raydi).





1.6. Bu bo’limda windows 10 os dasturiy ta’minotidan foydalanish haqida litsenziya shartlari bilan tanishib chiqishimiz mumkun. Biz litsenziya shartlariga rozi bo’lgan holda Далее ni bosamiz.

1.7. Yangilash yoki to‘liq o‘rnatishdan biri tanlish kerak bo‘ladi, biz «Полная установка«bo‘limini tanlaymiz. Chunki o‘rnatilish to‘liq va boshidan amalga oshirilishi kerak.

1.8. Bu oynada kompyuterimiz qattiq diskida mavjud bo’lingan mantiqiy hamda sistemniy disklar paydo bo’ladi. Ko’pgina kompyuterlarda 2 ta razdel disk paydo bo’ladi. Biz o’zimizga kerakli diskni tanlaymiz va formatirovni ezib ( C diskni adashtirib yubormaslik kerak. Aks holda ma'lumotlarimiz o'chib ketishi mumkun) Далее ni bosamiz. 

1.9. O’rnatilsih jarayoni boshlanadi. O‘rnatilish tugaganidan so‘ng, kompyuter qayta yuklanadi va sozlash ishlari boshlanadi, dastlab kompyuter foydalanuvchisi nomi va kompyuter nomi kiritilish so‘raladi

1.10. Shundan so‘ng, foydalanuvchi nomi va parol, parolni qaytadan kiritish, parolni yodga soladigan so‘z yoki gap kiritilish talab qilinadi. Далее ni bosamiz.





1.11Shundan so’ng windows 10 os ni o’rnatish oxirgi bosqichi jarayoni boshlanadi. Bir necha minut o’z interfeysi sozlanmalarini o’rnatadi va ishchi stol oynasiga o’tiladi. 





1.12. O’rnatilish yakuniga yetdi. Windows 10 ishchi stoli avtomatik tarzda ishga tushadi. Bemolol unga qo’shimcha dasturlar o’rnatib undan foydalanishingiz mumkun.
2. Linux operatsion tizimi haqida ma’lumot bering.
3. Linux operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish jarayonini tavsiflang.
Download 440.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling