1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Windows va Linux operatsion tizimini kompyuterga oʻrnatish. Ishdan maqsad


Download 440.37 Kb.
bet1/2
Sana03.04.2023
Hajmi440.37 Kb.
#1322541
  1   2
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu Windows va Linux operatsion tizimini


1-Amaliy mashg’ulot.


Mavzu: Windows va Linux operatsion tizimini kompyuterga oʻrnatish.

Ishdan maqsad: Windows va Linux operatsion operatsion tizimlarining imkoniyatlari va ularni kompyuterga o’rnatish malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.




Nazariy ma’lumot.

Kompyutyerlar ikki muhitda ishlaydi. Birinchisi matnli muhit odatda MS DOS
muhiti dyeb ataladi, ikkinchisi grafik muhit odatda WINDOWS muhiti dyeb ataladi.
WINDOWS operatsion tizimi 1985 yildan boshlab Microsoft kompaniyasi tomonidan
sotuvga chiqarilgan va ishlatila boshlangan. Hozirda uni bir qancha vyersiyalari bor.
Dastlabki yaratilgan vyersiyasi WINDOWS-0 dyeb nomlangan. Kyeyinchalik 1990 yillardan kyeyin bu operatsion tizim rivojlandi va tyezda jahonga tarqaldi. Hozirgi kunda WINDOWS operatsion tizimining WINDOWS-3.11, WINDOWS-95, WINDOWS-NT, WINDOWS-98, WINDOWS-2000, WINDOWS Mellinum vyersiyalari yaratilgan. WINDOWS so’zi inglizchadan olingan bo’lib oynalar, darchalar dyegan ma’noni bildiradi. WINDOWS operatsion tizimi hozirda butun jahonga kyeng tarqalgan operatsion tizimlardandir.WINDOWS opyeratsin tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:
kompyutyer imkoniyatini kyengaytiradi;
foydalanuvchi uchun juda qulay;
tyezkor xotiradan unumli foydalanadi;
zamonaviy dasturlardan va qurilmalardan foydalanadi;
bir vaqtda bir nyecha dasturlarni ishlatish imkoniyatiga ega;
ovozlar va vidyeo yozuvlar bilan ishlash imkoniyatini yaratadi;
foydalanuvchilar o`zi uchun ishchi stoli va ishchi stoliga fonlar, tasvirlar tanlash
imkoniyatiga ega;
internet, intranet halqaro tormoqlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi;
Windows operatsion tizimi o`rnatilganda o`zining standart dasturlarini o`rnatadi:
Windows operatsion tizimida dasturlar bir-biridan axborot almashinish imkoniyat mavjud;
sichqoncha bilan ishlash juda qulay;
Linux nomi 1991-yilda Linus Torvalds tomonidan o‘z operatsion tizimining birinchi relizini dasturchilar uyushmasiga taklif etishdan kelib chiqqan. FSF harakati hech kimning yuridik qiziqishlariga xalaqit qilmaydigan o‘ziga tegishli bo‘lgan operatsion tizimga ega bo‘ldi. GNU/Linux ОТ ning rasmiy relizi (operatsion tizimining yadrosi) 1994-yil yaratildi. Keyinchalik bu ОТ uchun dasturlarning ko‘payishi Linux distributivlarini keltirilib chiqardi. Rasmiy Linux distributivlarining soni yuztaga yaqin. Ba’zi bir distributiv 1—3 ta Floppy disklarda bo‘lsa, boshqalari 7 ta kompakt disklarda bo‘lishi mumkin. Linux ОТ ustida butun jahon dasturchilari ish olib borganligi sababli, Linux ko‘p tilni o‘z ichiga olgan. Linux ОТ UNIX oilasiga tegishli bolgani sababli, unda Windows yoki MacOS dasturlari ishlamaydi, va aksincha, Windows da Linux dasturlari ishlamaydi. Lekin bu muammolarning yechimi bor, albatta. Maxsus Windows ОТ imitatsiyalovchi dasturlar (Wine) yoki virtual kompyuterlar (VirtualBox, VMWare) yordamida boshqa OT dasturlarini ishga tushirish mumkin. Linux va Windows ning birlashgan distributivi Lindows ham mavjud. Faqat bu ОТ yuqori narxli tijorat tizimi sifatida tarqatilmoqda. 10.2. Linux ning afzalliklari va kamchiliklari. So‘nggi vaqtlarda Linux ning Windows ОТ ga jiddiy raqobatchiligi haqida ko‘p gaplar tarqalmoqda. Window ОТ ni qo‘llab- quvvatlovchilar tomonidan esa, aksincha, Linux ning foydalanuvchi kompyuteriga ommabop o‘rnatilishiga tayyormasligi haqidagi e’tirozlar bildirilmoqda. 10 yil oldin Linux ning server ОТ lari birinchi o‘rinni egallab kelar va oddiy foydalanuvchilar uchun murakkab bo‘lib ko‘rinardi. Linux ishonchlilik darajasi bo‘yicha yuqori bo‘lgan va viruslardan himoyalangan ОТ bo‘lib, foydalanuvchilardan ko‘proq professional bilimni talab etadi. Linux ning afzalliklari, uning ishonchliligi, turg‘unligi va viruslardan himoyalanganligidir. Linux da Windows ОТ da ko‘p uchraydigan «teshik»lar umuman mavjud emas, mavjud bo‘lsa ham xatoliklar tezgina va hech qanday harajatlarsiz to‘g‘rilanadi, buning uchun foydalanuvchi (administrator) ning o‘z vaqtida dasturiy ta’minotning yangi versiyalarini internetdan olishi talab etiladi. Xatolikni foydalanuvchining o‘zi ham to‘g‘rilashi mumkin, albatta, buning uchun Linux kodlarini o‘qiy bilish va tushuna olish tajribasiga ega bo‘lish zarur. Linux ning kamchiliklari Windows ОТ ga o‘rganib qolganlar uchun distributivning o‘rnatilishi qiyinchiliklarni yuzaga keltirishidadir. Oldingi distributivlar o‘rnatilishi jarayonida juda ko‘p tushunarsiz (odatda, Windows ning o‘rnatilishi jarayonida umuman uchramaydigan) savollarning berilishi foydalanuvchilarni qiyin vaziyatga tushirib qo‘yadi.



Download 440.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling