2023 yil 08 noyabrda bo‘lib o‘tgan 5-majlisi


Download 15.1 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi15.1 Kb.
#1793209
Bog'liq
Bayonnoma


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik kafedrasining 2023 yil 08 noyabrda bo‘lib o‘tgan 5-majlisi


BAYONNOMASI
Qatnashdilar: kafedra mudiri prof. Karimov S.A., prof O‘rinboyev B.O‘., prof. Yo‘ldoshev B., prof. v/b Abdurahmonov N., dos. A’zamov S., dos.Hamdamov J., dos. Aliqulov Z., dos.Usmonov Q., dos.Qurbonov T., f.f.n. Eltazarov J., f.f.n. G‘afforov A., f.f.n. Jo‘rayev T., f.f.n. Suvonova R., o‘qituvchilar Pardayev Z., Maxmadiyev Sh., katta laborant Berdiqulova M.

K u n t a r t i b i


1. Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ahvoli va uni yaxshilash choralari to‘g‘risida.

-147-
Eshitildi: kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. S.A.Karimov gapirdi. - Hurmatli kafedra a’zolari! Universitet qoshidagi iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan komissiya 2022-2023 o‘quv yilida da’vogar talabalarni tegishli tartibda imtihondan o‘tkazib, fakultet bo‘yicha iqtidorli deb hisoblangan talabalarni ma’lum qildi. Biz yaqinda dekanatdan ana shu talabalar ro‘yxatini oldik. Mana ushbu ro‘yxat:


F.I.Sh




Kurs, guruh



Raven test natijasi



Ilmiy rahbari



1



Komilova Dildor



2-01



+47/13



prof. Karimov S.



2



Narziyeva Ma’mura



2-01



+47/13



prof. Yo‘ldoshev B.



3



Nasimova Zulayxo



2-01



+47/12



prof. O‘rinboyev B.



4



Shodiyeva Ozoda



2-01



+50/10



dos. Usmonov Q.



5



Xoliqulova Shohista



2-01



+46/14



dos. Qurbonov T.



6



Zulfiqorova Mahbuba



3-02






dos. Aliqulov Z.

Biz bundan keyingi iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatimizni ana shu ro‘yxat asosida olib borishimiz lozim. Demak ularga ilmiy rahbar sifatida biriktirilgan professor-o‘qituvchilar har bir talaba bilan individual tartibda ish olib borishi, ularda ilmiy ish olib borishga rag‘bat uyg‘otishi lozim. Ayni paytda, kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarur.

Aytilganlardan kelib chiqib, kafedra

q a r o r q i l a d i:

1. Iqtidorli talabalar bilan ishlash berilgan ro‘yxat asosida olib borilsin.

2. Har bir talabaning ilmiy rahbariga ular bilan shug‘ullanishni qat’iy reja asosida olib borish va o‘zbek tilshunosligi faniga rag‘bat uyg‘otish vazifasi yuklatilsin.

3. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilariga o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarurligi uqtirib o‘tilsin.

4. Iqtidorli talabalarning kafedra ilmiy hayotida faol ishtirok etish va turli nashrlarda maqolalar bilan qatnashish uchun sharoit yaratish har bir o‘qituvchining pedagogik burchi deb hisoblansin.

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish A.A.Fafforov zimmasiga yuklatilsin

Download 15.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling