1-amaliy mashg’ulot mavzu: Yo’l harakatini tashkil etishda davlat boshqaruv tizimi Ishning maqsadi


Download 15.71 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi15.71 Kb.
#1678604
Bog'liq
1 AmaliyYo\'l harakatini tashkil etishda davlat boshqaruv tizimi


1-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Yo’l harakatini tashkil etishda davlat boshqaruv tizimi
1. Ishning maqsadi: DYHXXning texnika nazorati bo‘yicha vazifalari
2. Ishning mazmuni: Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respblikasi qonuni bilan tanishish.

DYHXX yo‘riqnoma texnika nazoratini tartibga solish va uning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi Xizmati (keyingi o‘rinlarda — DYHXX)ning barcha bo‘linmalarida texnika nazorati bo‘yicha vazifalar doirasini va ularni bajarish tartibini o‘rnatadi, korxona, muassasa, tashkilot va alohida fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi.


1. DYHXX texnika nazorati bo‘yicha asosiy vazifasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransport vositalaridan samarali foydalanishni amalga oshirish hisoblanadi.
2. DYHXX bo‘linmalari texnika nazorati bo‘yicha o‘z vazifalarini “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son, 197-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 221-37-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi IIV yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi to‘g‘risida nizom” asosida amalga oshiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-1, 28.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 350-modda)
3. DYHXX texnika nazorati bo‘yicha mas’ul shaxslarining faoliyati qonunchilikka asoslanadi. Ular o‘z vazifalarini bajarishda qonun hujjatlariga, shu jumladan mazkur Yo‘riqnoma, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyruq va ko‘rsatmalariga rioya etadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1252-1, 28.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 350-modda)
4. DYHXX bo‘linmalari texnika nazorati bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishda ichki ishlar idoralarining boshqa xizmatlari, Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, davlat idoralari, korxona, tashkilot va muassasalar hamda faoliyati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
5. DYHXX texnika nazorati bo‘yicha mas’ul shaxslari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmasliklari yoki o‘zlariga berilgan huquqlarni suiiste’mol qilganliklari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
DYHXXning har bir xodimi ishda yuqori madaniyat namoyon etishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalalik va hurmatni saqlashi, yo‘l harakati ishtirokchilariga nisbatan e’tiborli va ziyrak bo‘lishi shart.
DYHXX bo‘linmalari texnika nazorati bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishda ichki ishlar idoralarining boshqa xizmatlari, Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, davlat idoralari, korxona, tashkilot va muassasalar hamda faoliyati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi texnika nazorati bo‘yicha boshqaruv funksiyasini, nazorat qilishni va boshqa vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 221-37-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi IIV yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi to‘g‘risida Nizom” va O‘zbekiston Respublikasi IIVning boshqa me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiradi.
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta’minlash, shuningdek, 1968-yildagi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi talablari hamda ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq Yo‘l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarori bilan tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin;
b) yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi;
v) yuk avtomobillari, Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yo‘lning faqat o‘ng qatnov qismidan harakatlanishi shart;
g) transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib to‘xtash taqiqlanadi;
d) sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart.
Bunda ushbu nur qaytaruvchi elementlar boshqa haydovchilarga ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.
Fuqarolarning, ayniqsa, bolalarning yo‘l-transport hodisalari hamda oqibatlaridan himoyalanganligini ta’minlash maqsadida aholi hamda haydovchilar o‘rtasida 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus bolalar o‘rindig‘ida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transport vositasining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari, shuningdek, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda yo‘lni kesib o‘tishda va yo‘l yoqalaridan yoki qatnov qismining chetidan harakatlanishda, piyodalarning ustki kiyimida nur qaytaruvchi elementlar bo‘lishi inson hayotini saqlab qolish uchun muhim ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Download 15.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling