1-amaliy mashg’ulot mavzusi (7-semestr) avtomatlashtirilgan avtomat texnologiyalari bilan ta’nishuv ishning maqsadi


Tеxnologik jarayonlar boshqaruvida kompyutеrlarning roli


Download 0.67 Mb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1528241
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-amaliy topshiriq Rozzoqov Xusniddin

6. Tеxnologik jarayonlar boshqaruvida kompyutеrlarning roli

Ikki xil foydalanish usuli mavjud bo’lib, bular quyidagilar:



  • avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari;

  • nazorat-o’lchov komplеkslari.

Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarida kopyutеralr (yokimikroprotsеssorlar) quyidagi vazifalarni hal etadi:

Tеxnologik jarayonlarni boshqarishda kompyutеrlardan foydalanish bajariluvchi funktsiyalarning o’zgartirilib turilishi ehtiyoji mavjud bo’lganda maqsadga muvofiqdir.avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga yorqin misol Yaponiyadagi robot zavodalaridir.Ishlab chiqarish liniyalarining o’zida mahsulotlarni tеkshirish ikonini bеruvchi nazorat - o’lchov apparaturasini pеrsonal kompyutеrlar asosida yaratish yangi sohalaridan biri bo’lib hsoblanadi. Rivojlangan mamalakatlarda kopyutеrni yuqori sifatli o’lchov va sinov tizimiga aylantiradigan dasturiy ta'minot va maxsus platalarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Bunday jihozlangan kompyutеrlar raqali ostsillograflar, bеrilganlarni yig’ish qurilmalari , ko’p funktsiyali o’lchov priborlari sifatida ishlatilishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan ish o’rinlari ( ishchi stantsiya) - ma'lum funktsiyalarni bajarish uchun barcha vositalar bilan jihozlangan opеrator ish o’rni. Ma'lumotlarni qayta ishlash tizimlari va tashkilotlardagi ishchi stantsiyalar odatda displеy va klaviaturadan iborat bo’lib, printеr, skanеr va boshqa tashqi qurilmalar bilan ham jihozlanishi mumkin.

Avtomatlashtirilgan ish o’rinlari

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish: asosiy bosqichlar va qiyinchiliklar

7. Elеktron pul tushunchasi va unda hisob joriy ishlarni bajara olish

Bugun raqamli texnologiyalar iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlariga jadal kirib bormoqda. Elektron tijoratning rivojlanishi, turli to‘lov xizmatlarini etkazib beruvchilar o‘rtasida raqobat muhitining shakllanishi va kuchayishi, chakana to‘lovlar bo‘yicha tranzaktsion xarajatlar qisqartirilishini, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirishda moliyaviy institutlarning vositachiligini talab etmaydigan innovatsion va jozibador to‘lov vositalarining joriy qilinishini taqozo etdi.


O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi elektron pullar muomalasini, jumladan, elektron pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatning huquqiy asosini yaratib berdi.
Ushbu qonun asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 2020 yil 29 aprelda 3231-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, elektron pullar muomalasi, elektron pullar tizimida risklarni boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va ko‘p emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan to‘langan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamyon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.
Qoidaga ko‘ra, emitent, operator, elektron pullar tizimining agenti, elektron pullar egasi, shuningdek, emitent bilan shartnoma tuzgan banklar, to‘lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslar elektron pullar tizimining sub’ektlari hisoblanadi (1-rasm). Bunda elektron pullar tizimining ishlashini ta’minlaydigan bank va (yoki) tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan to‘lov tashkiloti – elektron pullar tizimining operatoridir. Emitent yoki emitent bo‘lmagan boshqa bank operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining hisob-kitob banki sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Ta’kidlash joizki, emitent o‘z faoliyatini boshlashi uchun, eng avvalo, elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilishi to‘g‘risida Markaziy bankka belgilangan shakldagi xabarnoma va unga ilova sifatida operator bilan tuzilgan shartnoma hamda elektron pullar tizimi sub’ektlari bilan tuziladigan shartnomalar namunalarini yuborishi zarur.

1-rasm. Elektron pul tizimi sub’ektlari
Mazkur normativ-huquqiy hujjat bilan elektron pullar tizimida tranzaktsiyalarni operator tomonidan elektron pullar tizimi qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu qoidalar operator va emitent o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan tasdiqlanadi. Ko‘p emitentli elektron pullar tizimida esa ushbu qoidalar har bir emitent bilan kelishilgan bo‘lishi talab etiladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling