1-amaliy mashg’ulot mavzusi Vazifa
Download 0.67 Mb.
|
1-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyut еrlardan kundalik turmushda foydalanish
- 6 Tеxnologik jarayonlar boshqaruvida kompyutеrlarning roli
1-amaliy mashg’ulot mavzusi Vazifa: 1. Kompyutеrlardan maishiy hayotda foydalanish shartlarini o’rganish 2. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari haqida ma’lumotga ega bo’lish 3. Avtomatlashtirilgan ilmiy-tadqiqot tizimlari bilan tanishuv 4. Bilimlar bazalari va ekspеrt tizimlari haqida ma’lumotlar olish 5. Administrativ boshqaruvda kompyutеrlardan foydalanish 6. Tеxnologik jarayonlar boshqaruvida kompyutеrlarning roli 7. Elеktron pul tushunchasi va unda hisob joriy ishlarni bajara olish 8. Qishloq xo’jaligida axborot tеxnologiyalari samaradorligi shartlari 1. Kompyutеrlardan maishiy hayotda foydalanish shartlarini o’rganish Kompyutеrlardan kundalik turmushda foydalanish Kompyutеrlar zamonaviy kishilar hayotiga chuqur kirib borib, ularning eng zaruriy yordachisiga aylandi. Kompyutеrlardan uy sharoitida foydalanishning ikki asosiy yo’nalishi mavjud: 1. Uy-joyga xizmat: himoya avtomatikasi, yong’inga saqlash avtomatikasi, gaz ta'minoti avtomatikasi; yoritishni boshqarish, elеktroenеrgiya sarfi va isitish tizimini boshqarish, mikromuhit boshqaruvi; mikroprotsеssorli elеktroplitalar, xolodilniklar, kir yuvish mashinalari. 2. Uyda yashovchi kishilarning axborot ehtiyojlarini qondirish: Tovar va xizmatlarga buyurtma; Ta'lim jarayonlari; Bilim va bеrilganlar bazalari bilan muloqot; Salomatligi to’g’risida ma'lumot yig’ish; Bo'sh vaqt va ko’ngil ochish; Ma'lumotlar bilan ta'minlash; elеktron pochta, tеlеkonfеrеntsiya; Intеrnеt. 4 Bilim, bilimlar ombori va ekspert tizimlari. 2 BILIMLAR OMBORI Bilimlar ombori- bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar echimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir. Bilimlar ombori jamiyatning ajralmas qismi bo'lib, uning o'tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqidagi bilimlarni o'zida mujassamlashtiradi. Bilimlar omborida jamlanadigan ma'lumotlar matn, belgi, raqam, jadval, grafik, rasm va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. 3 BILIM OMBORINING ASOSIY XUSUSIYATLARI MA’LUMOTLAR OMBORI YUQORI MALAKALI BASHORATLASH IMKONIYATI INSTITUTSIYAVIY BILIMLAR O’RGANISH VA MASHQ QILISH 4 BILIMLAR OMBORI Ma’lumotlar bilimlar omborining berilgan qismlariga joylashtiriladi va bu qismlar sektorlar deb ataladi. Har bir sektorda ma'lum qoidalarga ko'ra ishlatiladigan bilim (ma'lumot)lar bo'laklari joylashadi. Har bir sektordagi ma'lumotlardan yakka holda foydalanish, ya'ni sektorlarni boshqarishni avtonom holda olib borish mumkin. Sektorlarni quyidagicha taqsim lash mumkin: A- matnli axborotlar, В - grafikli axborotlar, С -jadvallar, D – diagrammalar. С В D A 5 BILIMLAR OMBORINI YARATISHDA QUYIDAGI BOSQICHLAR AMALGA OSHIRILADI: 1-bosqich. Predmet sohasini aniqlash. Bu bosqichda muayyan bilim sohasi tanlanadi. 2-bosqich. Bilimlar to'plamini yaratish. Berilgan mavzu bo'yicha materiallarga darslik, ma'lumotnoma, ilmiy maqolalar, jurnal, gazeta, yaratuvchining oldindan to'plagan xususiy bilimlari va boshqalar kiradi. 3-bosqich. Bilimlarni tizimga tushirish. Bu bosqichda asosiy tushunchalar va ularning xossalari, atamalarning mazmuni (tub mohiyati) aniqlanadi, tushunchalar mazmuni bo'yicha turlarga ajratiladi, ular o'rtasida mantiqiy bog'lanish o'rnatiladi. 4-bosqich. Materialni shaklan tasvirlash. Tanlangan mavzu tushunchalari orasidagi o'zaro bog'lanish va asosiy yo'riqlarini aks ettiradigan materialning shakliy ko'rinishi grafik, jadval, matn, mantiqiy sxema, gipermatn kabi sxemalashtirilgan vositalar yordamida berilishi mumkin. 6 BILIMLAR OMBORINI BOSHQARISH TIZIMLARI Bilimlar omborini boshqarish uchun maxsus dasturlar tuziladi. Bunday dasturlarning vazifasiga quyidagilar kiradi: bilimlar omboridagi ma’lumotlarga kirish; bilimlar omboridagi axborotlarni modifikatsiyalash (yangilash); kompyuter o‘chirilganda yoki dasturlar ishi to‘xtab qolganda boshqarishning tezda qayta tiklanishi; bilimlar omboridan bir vaqtda bir necha kom pyuterning foydalanishi va foydalanuvchilarning bir-biriga xalaqit bermasligi; bilimlar omboridagi ma’lumotlardan foydalanishning cheklanganligi va ularni tashqi ta’sirlardan himoyalanishi. 7 SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI «Sun’iy intellekt» tushunchasi dastlab AQSHda paydo bo'ldi va sekin-asta boshqa davlatlarda ham keng qo‘llanila boshlandi. 1981-yili sun'iy intellekt bo‘yicha Kanadada Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Intellekt — insonning tafakkur yuritish qobiliyati. Sun’iy intellekt aqliy hatti–harakatlarga nisbatan kompyuter tizimining qobiliyati tushuniladi. Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq qobiliyat anglanadi. Sun’iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo‘lgan, masalan, axborotni qabul qilish va undan ma’lum masalalarni hal qilishda foydalana olishi kabi aqliy qobiliyatini ifodalaydi. Intellektual tizimning asosiy prinsipi shundaki, biror masalani yechishda insonning mantiqiy fikrlash usulidan foydalaniladi. 8 EKSPER TIZIMLAR Ekspert tizimi – bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi. 9 EKSPER TIZIMINING AFZALLIKLARI 1.Yaqin davrlargacha EHMda echish qiyin yoki umuman echib bo‘lmaydigan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini echish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati; 2.Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga(eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash; 3.Yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi; 4.Foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang- barangligi, yoki xatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli echa olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish; 5.Takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati; 6.Ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi. 10 MA’LUMOTLAR BAZALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI FOYDALANUVCHITUSHUNTIRISH BLOKI MANTIQIY XULOSA BLOKI EKSPERT BILIMLARNI O’ZLASHTIRISH BLOKI BILIMLAR BAZASI 11 MA’LUMOTLAR BAZALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI Ekspert – bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi muta-xassis. Bilimlarni o‘zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi. Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga keltiradi. Unchalik ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ishlash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch yuzaga keladi. Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish ketma-ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi. 12 EKSPERT TIZIMLARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIY KOMPONENTLARI BILIMLAR OMBORI MUAMMOLI SOHA TIZIMNI YARATISH MODULI FOYDALANUVCHI FOYDALANUVCHINING INTERFEYSI BILIM BO’YICHA EKSPERT VA MUTAXASSIS INTER- PRETATOR INSTRUKSIYA VA AXBOROT QAROR VA TA’MINOT BILIM 13 Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish hamda uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi. Bilimlar ombori. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy bog‘liqni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi.Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish. EKSPERT TIZIMLARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIY KOMPONENTLARI 14 Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir: tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi; ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli sohaning mavjudligi; ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada yechimlar o‘xshash-ligining bo‘lishi; muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo‘lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi; masalani echish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi; predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qo‘llash. EKSPERT TIZIMINI YARATISH TALABLARI 15 1.Konseptualizatsiya; 2.Identifikatsiya; 3.Formallashtirish; 4.Amalga oshirish; 5.Ekspert tizimi faoliyatining to‘g‘riligini testdan o‘tkazish. EKSPERT TIZIMINI YARATISH BOSQICHLARI 6 Tеxnologik jarayonlar boshqaruvida kompyutеrlarning roli Ikki xil foydalanish usuli mavjud bo’lib, bular quyidagilar: avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari; nazorat-o’lchov komplеkslari. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarida kopyutеralr (yokimikroprotsеssorlar) quyidagi vazifalarni hal etadi: mеxanizmlarni boshqarish; tеxnologik rеjimlarni boshqarish; sanoat robotlarini boshqarish. Tеxnologik jarayonlarni boshqarishda kompyutеrlardan foydalanish bajariluvchi funktsiyalarning o’zgartirilib turilishi ehtiyoji mavjud bo’lganda maqsadga muvofiqdir.avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga yorqin misol Yaponiyadagi robot zavodalaridir.Ishlab chiqarish liniyalarining o’zida mahsulotlarni tеkshirish ikonini bеruvchi nazorat - o’lchov apparaturasini pеrsonal kompyutеrlar asosida yaratish yangi sohalaridan biri bo’lib hsoblanadi. Rivojlangan mamalakatlarda kopyutеrni yuqori sifatli o’lchov va sinov tizimiga aylantiradigan dasturiy ta'minot va maxsus platalarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Bunday jihozlangan kompyutеrlar raqali ostsillograflar, bеrilganlarni yig’ish qurilmalari , ko’p funktsiyali o’lchov priborlari sifatida ishlatilishi mumkin. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling