1-Amaliy mashg'ulot. Modda molekulalardagi bog'lanish turlari. Umumiy tushunchalar
Download 349.52 Kb.
|
1Документ Microsoft Word
2.3. Valent bog`lanish
Kvant-mexanika asosida vodorod molekulasining hosil bo’lishini tushuntirish uchun V.Geytler bilan F.London 1927 yilda taklif qilgan va L.Poling rivojlantirgan valent bog’lanishlar nazariyasidan foydalaniladi. Bu nazariyaga muvofiq kimyoviy bog’lanish hosil bo’lishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim. 1. O’zaro birikuvchi atomlarda elektronlarning spinlari qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lishi lozim, chunki antiparallel spinli ikki elektron bir-biriga yaqinlashganda, ularning elektron buluti bir-birini qoplaydi: natijada shu ikki elektron bir-biri bilan juftlashadi. Qarama-qarshi spinga ega bo’lgan ikki elektron ikki yadro atrofida harakatlanganida yadrolararo fazoda elektron bulutlarning zichligi birmuncha ortadi. Ikki yadro orasida katta manfiy zaryadli soha vujudga keladi va u musbat zaryadli yadrolarni o’ziga tortib ularni jipslashtiradi. Natijada zarrachalar orasida kimyoviy bog’lanish hosil bo’ladi. Aksincha, elektronlarning spini o’zaro parallel bo’lsa, ikki atom orasidagi sohada elektron bulutning zichligi hatto nolga qadar kamayadi va kimyoviy bog’lanish hosil bo’lmaydi, chunki bu holda atomlar orasida o’zaro itarilish kuchi ustun turadi (2-rasm). a b 2-rasm. Simmetrik (a) va antisimmetrik (b) qoplashish natijasida yadrolar oralig’ida elektron buluti zichligining ortishi va yo’qolishi. Masalan, vodorod molekulasida ikkita yadro va ikkita elektron bo’lib, ular orasida quyidagi o’zaro ta‘sir mavjud: yadrolar va elektronlar bir-biridan itariladi. Lekin elektronlar bilan yadrolar orasida o’zaro tortilish kuchi ham hosil bo’ladi; har qaysi elektronni ikki yadro tortadi va har bir yadroni ikkita elektron tortadi. Hisoblashlarning ko’rsatishicha, antiparallel spinli ikkita vodorod atomi bir-biriga yaqinlashib, atomlararo masofa r0=0,074 nm ga yetganda sistemaning potentsial energiyasi minimal qiymatga ega bo’lib, 4,48 eV ga yoki 434,8 kJ∙mol-1 ga teng bo’ladi. Demak, vodorod molekulasida bog’ uzunligi rо=0,074 nm va bog’ energiyasi 4,48 eV dir. Atomlardan molekula hosil bo’lishida energiya o’zgarishi bilan bir vaqtda yadrolar orasida elektron bulutlarning zichligi ham o’zgaradi (4.3-rasm). Agar vodorod molekulasi hosil bo’lganda bir atomning elektron bulutini ikkinchi atomning buluti qoplamaganda edi, Н2 da yadrolararo masofa 2 ∙ 0,053 = 0,106 nm ga teng bo’lar edi; elektron bulutlar o’zaro qoplanishi sababli bu masofa qisqaradi va haqiqatda 0,074 nm ga teng bo’ladi. Agar birikuvchi atomlardagi elektron orbitallari o’zaro burchak hosil qilib joylashgan bo’lsa, reaktsiya natijasida hosil bo’lgan molekulada ham atomlar yo’naluvchan valentliklar namoyon qiladi. Valent bog’lanish hosil bo’lishida ayni atomlarning gibridlangan orbitallari ham ishtirok etadi. Hosil bo’lgan yangi elektron juft umumiy bo’ladi, bog’ hosil qilishda qatnashgan atomlarning qolgan elektronlari bilan birgalikda elektronlar bilan to’lgan (1 davr elementlari atomlari uchun dublet, qolgan davrlar elementlari atomlari uchun oktet ) qobiq hosil qilinganda barqaror elektron konfiguratsiya hosil bo’ladi. Agar bog’lanayotgan atomning bo’sh elektron qobiqchasi (masalan, valent qobiqchasida elektronlari bo’lmagan d- yoki f-qobiqchalar) bo’lganda oktet konfiguratsiya o’rniga 10 ta yoki undan ko’proq elektronli valent qobiq hosil bo’lishi mumkin. 3-rasm. Vodorod molekulasida potentsial energiyaning yadrolar oralig’idagi masofaga qarab o’zgarishi: I – itarilish (antisimmetrik holat) va II – tortishish energiyasi (simmetrik holat) Valent qobig’ida toq elektronlar soni bittadan ortiq bo’lsa, bu atomning hosil qiladigan bog’lar soni ham ko’p bo’ladi, Ikki atom orasida faqat bitta sigma simmetriyali bog’ hosil bo’ladi, atomning qolgan elektronlari ayni atomlar orasida π-bog’ hosil qiladi yoki boshqa atomlar bilan σ-bog’ hosil qilishi mumkin. Ba‘zan juftlashmagan (toq) elektronlar hammasi ham bog’lovchi juft holatga o’tmay qolishi mumkin. Masalan, ko’pgina molekulalar (С1О2, NO, NO2 va boshqalar) o’zida juftlashmagan elektron tutishi ma‘lum, bunday radikal molekulalar toq elektronlari hisobiga turli jarayonlarda faol qatnashadi. Umuman aytganda, valent bog’lanish uslubi molekuladagi atomlar o’z holatlarini saqlab qolgan holda faqat molekulaning ko’p elektronli to’lqin funktsiyasini tuzishda qatnashishini ta‘kidlaydi. Bu holat elektronlar juftlashgan holda mumkin qadar ko’proq yadrolar orasida bo’lishi sistemaning energiyasini kamayishiga olib kelishini, bu esa molekula hosil bo’lishining asosiy sababi ekanligini ta‘kidlaydi. Valent bog’lanish uslubi, elektron orbitalarning gibridlanishi haqidagi g’oyalarga asoslanib moddalarning tuzilishi, molekulalarda valentliklarning yo’nalishi va ko’pgina moddalarning molekulyar geometriyasini izohlab beradi. Lekin ba‘zi moddalarning tuzilishini bu nazariya asosida izohlashda kata qiyinchiliklarga duch kelinadi. Download 349.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling