1-Amaliy mashg'ulot. Modda molekulalardagi bog'lanish turlari. Umumiy tushunchalar


Download 349.52 Kb.
bet2/7
Sana10.02.2023
Hajmi349.52 Kb.
#1188262
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1Документ Microsoft Word

2. Bog`lanishlar turlari.
2.1. Iоn bog’lanish.
Ion bog’lanish elektrstatik nazariya asosida tushuntiriladi. Bu nazariyaga muvofiq atomning elektron berishi yoki elektron biriktirib olishi natijasida hosil bo’ladigan qarama-qarshi zaryadli ionlar elektrstatik kuchlar vositasida o’zaro tortishib ularning tashqi qavatida 8 ta (oktet) yoki 2 ta (dublet) elektroni bo’lgan barqaror sistema hosil bo’ladi. Ion bog’lanishli moddalar kristall holatda uchraydi, shuningdek, suvli eritmalarda ion bog’lanishli molekulalar o’rniga ularni tashkil etuvchi ionlar bo’ladi. Ion bog’lanish energiyasini hisoblab chiqarish natijasini tajribada topilgan qiymat bilan taqqoslab ko’riladi.
Ion bog’lanish vujudga kelishini natriy xlorid NaCI hosil bo’lishi misolida ko’rib chiqamiz. Shu birikmani hosil qilgan natriy va xlor atomlari elektrmanfiyligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi: natriy atomi uchun bu qiymat 1,01 ga, xlor atomi uchun 2,83 ga teng. Elektron formulalar Na 1s2 2s2 2p6 3s1 ва CI 1s2 2s2 2p6 3s2 3p5 dan ko’rinib turibdiki, bu atomlarning tashqi elektron pog’onalari tugallanmagan. Tashqi pog’onasini tugallash uchun natriy atomi 7 elektron biriktirib olishidan ko’ra 1 elektron berishi oson, xlor atomi esa 7 elektron berishidan ko’ra 1 elektron biriktirib olishi oson. Tajriba shuni ko’rsatadiki, kimyoviy reaktsiyalarda natriy atomi 1 elektron beradi, xlor atomi esa uni biriktirib oladi. Buni sxema turzida quyidagicha yozish mumkin:
Na – e = Na+ ; CI + e = CI
ya‘ni Na atomining elektron qobig’i nodir gaz Ne ning barqaror elektron qobig’iga aylanadi – 1s2 2s22p6 (bu natriy ion Na+ ), CI atomining qobig’i esa nodir gaz Ar atomining qobig’iga aylanadi – 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 (bu xlorid – ion CI). Na+ va CI ionlari orasida elektrstatik tortishish kuchlari vujudga keladi, natijada NaCI birikmasi hosil bo’ladi.
Ionlar orasida elektrstatik tortishuv tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog’lanish elektrvalent yoki ionli bog’lanish deyiladi. Ionlarning bir-biriga tortilish yo’li bilan hosil bo’lgan birikmalar ionli birikmalar deyiladi.
Ionli birikmalarni elektrmanfiyligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladigan atomlar, masalan I va II guruhlar bosh guruhchalaridagi elementlarning atomlari bilan VI va VII guruhlarning bosh guruhchalaridagi elementlarning atomlari hosil qiladi. Ionli birikmalar nisbatan ko’p emas.
Natriy xlorid NaCI molekulalari faqat bug’ holatdagina mavjud bo’ladi. Ionli birikmalar qattiq (kristall) holatda ma‘lum qonuniyat bilan joylashgan musbat va manfiy ionlardan tarkib topadi. Bu holda molekulalar bo’lmaydi.
Kovalent bog’lanish kimyoviy bog’lanishning ancha umumiy turidir. Bog’lanish nazariyasi ionli bog’lanishning kovalent bog’lanishdan vujudga kelishini umumiy elektron juftning haddan tashqari bir tomonlama qutblanishi bilan tushuntiradi, unda umumiy elektronlar jufti birikayotgan atomlardan bittasining ixtiyoriga o’tadi. Masalan:
. . . . . . . . .
Na + .CI : = Na : CI : so’ngra Na : CI : = [Na+] [: CI :]
. . . . . . . .
Keltirilgan misolda metallmaslik xossalarini namoyon qiladigan (elektrmanfiyligi ХCI= 2,83) xlor atomi haddan tashqari bir tomonlama qutblanadi. Molekulyar elektron bulut (elektronlar jufti ) batamom xlor atomiga siljigan bo’ladi. Bu hol elektronning natriy atomidan xlor atomiga o’tganligi bilan barobardir.
Ravshanki, qutbli kovalent bog’lanishni kovalent bog’lanishning qisman bir tomonlama qutblangan turi (bog’lovchi elektron bulut nisbiy elektrmanfiyligi katta bo’lgan atom tomonga siljigan ) sifatida qarash mumkin. U ionli va qutbsiz kovalent bog’lanishlar o’rtasida oraliq holatni egallaydi.
SHunday qilib, qutbsiz kovalent, qutbli kovalent va ionli bog’lanishlarning vujudga kelish mexanizmida muhim farq yo’q. Ular bir-biridan umumiy elektron juftlarning qutblanganlik darajasi (siljiganligi) bilangina farq qiladi. Kimyoviy bog’lanish tabiati yagonadir.
Haqiqatda bog’lanishlar 100% ionli bo’lmaydi. Shu sababli bog’lanishning ionlanish darajasi yoki hissasi haqida so’z yuritiladi. U tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Ma‘lum bo’lishicha, hatto CsF birikmasida ham ionli bog’lanish 89% ifodalangan ekan, xolos.
Ion bog’lanish ionlararo o’zaro ta‘sir natijasida hosil bo’ladi. Har qaysi ionni zaryadlangan shar deb qarash mumkin: shuning uchun ionning kuch maydoni fazoda hamma yo’nalishlar bo’yicha tekis tarqaladi, ya‘ni ion o’ziga qarama–qarshi zaryadli boshqa ionni har qanday yo’nalishda bir tekisda torta oladi. Demak, ion bog’lanish yo’naluvchan xossasini namoyon qilmaydi. Bundan tashqari, manfiy va musbat ion o’zaro birikkan bo’lsa ham manfiy ion boshqa musbat ionlarni tortish xossasini yo’qotmaydi. Masalan, +1 zaryadli musbat ion ham yonida bitta manfiy ion bo’lishiga qaramay, yana boshqa manfiy ionlarni o’ziga tortaveradi. Demak, ion bog’lanish to’yinuvchanlik xususiyatiga ega emas.
Ion bog’lanish yo’naluvchanlik va to’yinuvchanlik xossalariga ega bo’lmaganidan, har qaysi ion atrofida maksimal miqdorda unga teskari zaryadli ionlar bo’ladi. Ionlarning maksimal miqdori kation va anionlar radiusining bir-biriga nisbatan katta–kichikligiga bog’lik. Masalan, Na+ atrofida eng ko’pi bilan 6 ta xlor, Сs+ atrofida esa 8 ta CI ioni joylasha oladi.
Ion bog’lanish yo’naluvchanlik va to’yinuvchanlik xossalarini namoyon qilmasligi tufayli, bitta musbat va bitta manfiy iondan iborat ion bog’lanishli molekulalar odatdagi sharoitda yakkama – yakka mavjud bo’la olmaydi, ular birlashib juda ko’p ionlardan tarkib topgan gigant molekula – kristallni hosil qiladi.



Download 349.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling