1-amaliy mashg’ulot nanobiotexnologiya – biologiyaning rivojlanishini yangi bosqichi Nanodunyoni tashkil qiluvchi biomakromolekulalar Dars maqsadi


 Oqsillarni oligomerizatsiyasi va agregatsiyasi rejasiga yo’nalish


Download 467.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana15.08.2023
Hajmi467.71 Kb.
#1667177
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-AMALIY MASHG’ULOT nano

6. Oqsillarni oligomerizatsiyasi va agregatsiyasi rejasiga yo’nalish. 
Polipeptidlarni (protomerlar, subbirliklar) qo‘shilib oligomer strukturalar (oligomer 
molekulalar) hosil qilish jarayonini oqsillarni oligomerizatsiyasi deb ataladi. Membranada 
lokalizatsiya bo‘ladigan ko‘plab fermentlar va boshqa oqsillar oligomer tabiatga ega. 
Oligomerizatsiya jarayonida protomerlar (subbirliklar) o‘zaro nokovalent bog‘lar bilan 
bog‘lanadi. oligomerizatsiya polipeptidlarning ularni parchalovchi fermentlar (proteinazalar) 
va boshqa kimyoviy agentlar ta’siriga chidamliligini oshirar ekan. Oligomerizatsiya – oqsil 
molekulalarini qo‘shilishini yagona yo‘li emas. Shunday usullardan yana biri oqsillarni 
agregatsiyasi deb ataladi. Oqsillarni agregatsiyasi – oqsil molekulalarini o‘ngga buralgan alfa 
spiral uchastkalari orqali o‘zaro munosabatlarga kirishib, nadmolekulyar agregatlar hosil 
qilishidir. 
Oligomer tabiatga ega bo‘lgan fermentlarni tuzilish modeli: a) – protomerlarni 6 
subbirliklari birlashib glutamatdegidrogenaza fermenti molekulasini hosil qilgani; b) –
RNK 
– 
polimeraza 
fermentining 
molekulasi; 
c) 
–katalazaning 
yarim 
molekulasi; d) – piruvatdegidrogenaza 
fermentining molekulasi 
Oqsillarni tabiiy agregatsiyasi hujayrani 
tinchlik holatidan faol holatga o‘tishida 
kuzatiladi. Masalan, mushaklar qisqarganda
hujayralar 
bezovtalanganda 
va 
boshqa 
hodisalarda. Tinch turgan hujayra juda kam 


miqdorda nadmolekulyar oqsil agregatlarini saqlaganliklari uchun ularni sitoplazmalari tiniq 
bo‘ladi. Faollashgan hujayrani sitoplazmasi loyqalangan (tiniq emas) bo‘ladi, chunki ularda 
oqsillarni tabiiy agregatsiyasining mahsulotlari to‘plangan bo‘ladi. 

Download 467.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling