1-amaliy mashg’ulot. Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida ifodali o’qish fanining maqsadi va vazifalari


Download 18.85 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi18.85 Kb.
#1641951
  1   2
Bog'liq
1-Amaliy


1-AMALIY MASHG’ULOT.
Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida ifodali o’qish fanining maqsadi va vazifalari
Mashg‘ulot rejasi:

  1. Yunonistonda notiqlik san’ati taraqqiyoti va sabablari

  2. Notiqlik san’ati va Arestotel ijodi

  3. Mark Tulliy Setseron – mashhur notiq va nazariyotchi olim

  4. Demosfen – beqiyos notiq, otashin ma’rifatparvar

Tayanch tushunchalar: Notiqlik san'ati, shakllanish tarixi, G`arbda notiqlik, Yunon notiqligi, Aristotel, Qadimgi Gretsiya notiqligi, Rim notiqligi.Sharq madaniyati, G`arb madaniyati, badiiy nutq, notiqlik, deklorativ bayon-. -
Notiqlik qadim davrlardan beri alohida mahorat, san’at sifatida, insondagi maxsus noyob qobiliyat sifatida qabul qilib kelingan. Shuning uchun notiqlikni nutq madaniyatidan farqlash lozim. Har qanday og`zaki nutq shakli nutqyi mahorat ma’nosidagi notiqlik bо‘lavermaydi.
Notiqlik san’atida tinglovchilarni, ommani о‘ziga tortishga intilish maqsadi birinchi о‘rinda turadi. Notiqning nutqi chiroyli, jozibali bо‘lishi shart. Bunga erishish uchun nutqning mazmuniga, mantiqiy kuchiga, jumllarning jimjimadorligiga katta e’tibor beriladi.
Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da va Rimda nutq madaniyatining naza-riy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qо‘yiladigan ta-lablar ishlab chiqildi. Bunga quldorlik tuzumining rivojlanishi, quldorlik demokratiyasi sabab bо‘ldi. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlari-ning nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san’at da-rajasiga kо‘tardi. Yetuk iison bо‘lish uchun albatta, notiqlik sai’atini egallash shart qilib qо‘yiladi. Ana shu ehtpyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratila-di. Unipg Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi pazariyotchilari yetishib chiqadi. Eramizning 335 yilida Aristotelning «Ritorika»si yaratiladi. Arastu "Ritorika" si notiqlik san'ati nazariyasiga daxldor to’laqonli asardir. Arastu notiqlik san'atini egallashni 5 qismga bo’lib o’rgatadi:

  1. Matnni har tomonlama tayyorlash.

  2. Matnni rеja asosida mutanosib holida joylashtirish.

  3. Matnni o’zlashtirish.

  4. Matnni so’z yordamida to’g’ri aks ettirish uchun tayyorgarlik.

  5. Matnni to’gri talaffuz qilib, tinglovchiga yеtkazish.

Aristotеl fikrlari bugun uchun ham qimmatli, jumladan, ifodali o’qish uchun ham ahamiyatlidir. Qizig’i shundaki, Dеmosfеn ham Arastu kabi 384-322-yillapda yashagan. Afinada tug’ilgan Dеmosfеnning umri ota mеrosini tog’asidan qaytarib olish kurashlari ichida o’tadi. Singlisi va unga qolgan mеpos tog’asi qo’lida qoladi. Tog’asi unga pand bеrgach, ko’p yil sudlashadi. Sudlashishdan oldin 4 yil Isеy dеgan mashhur advokat qo’lida o’qiydi. Ustozi unga mashhur tarixchi Fukidid va Aflotun asarlarini o’rgatadi. Oqibat notiqlikni o’rganadi. Dеmosfеnning xalq oldidagi 1-nutqi ayanchli holda, to’polon, kulgu, masxaralash bilan kutib olindi. Chunki Dеmosfеnning tovushi past bo’lib, bir oz duduqlanar, "r" harfini aytolmas, yеlkasini qimirlatib turar, ko’pchilik orasida o’zini to’g’ri tuta olmas edi. Dеmosfеn ikki marta ham muvaffaqqiyatsizlikka uchradi. Oqibat har kuni bir nеcha soat mashq qildi va mashhur notiq bo’lib yеtishdi. Yunon notiqligi O’rta Osiyo voizligi uchun ham poydеvor bo’ldi.
Bilaman. Bilmoqchiman. Bilib oldim” grafik organayzeri
Mazkur metod talabalarning “Nutq madaniyati va mutolaa san’ati” faniga oid qanday ma’lumotlarga ega ekanliklari va qanday masalalar haqida chuqurroq bilmoqchi ekanliklari to`g`risidagi ma’lumotga ega bo`lgan holda fikrlari doirasini tizimga solish va yo`naltirishga yordam beradi.
Bunda talabalarning taxminiy javoblari quyidagicha bo`lishi mumkin:

Download 18.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling