1-amaliy mashg’ulot pedagogika fani pedagogik refleksiya ob’ekti sifatida


Download 15.78 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi15.78 Kb.
#1225743
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot


1-AMALIY MASHG’ULOT
Pedagogika fani pedagogik refleksiya ob’ekti sifatida
Asosiy tushunchalar: pedagogika fanining metodologik tuzilmasi: ob’ekt va pred­met; empirik bilim, pedagogik nazariya (pedagogik qonuniyatlar “borliq haqidagi bilim” sifatida); me’yoriy-pedagogik bilim (“zaruriyat haqidagi bilim”); pedagogika “tili” (tushunish-kategorial apparati va atamalar tizimi); tadqiqot usullari; muammo “doirasi”. Pedagogika paradigmasi. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogikaning ilmiy-nazariy va konstruktiv-texnik (me’yoriy, texnologik) vazifalari. Pedagogika fani bilimlar tizimi va faoliyat sifatida. Pedagogika fani va ta’lim amaliyoti tizim sifatida.


TOPShIRIQLAR:



  1. “KONTENT-TAHLIL”.



Informatsion ma’lumot
“Kontent-tahlil” – keyinchalik unga satistik ishlov beradigan matn axborotining sifat ko‘rsatgichlariga ko‘chirishdan iborat bo‘lgan ijtimoiy-gumanitar fanlarda tadqiqotning empirik usulidir. Kontent-tahlil “ma’no birliklari”ni aniqlashdan boshlanadi. Ma’no birliklari sifatida, masalan, metodologik tushunchalarni ko‘rsatish mumkin. “Ma’no birliklari” pedagogik tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Vazifa. Muammo darajasini aniqlash maqsadida (pedagogikaning falsafiy, umumilmiy, umumpedagogik, umumdidaktik metodologiyalari) “Ilmiy tadqiqot strategiyasini loyihalash” maqolasining kontent-tahlilini amalga oshiring (Ilm-fan va innovatsion rivojlanish jurnali, 2018 yil, 3-son, 92-99 betlar). Sifat tahlili asosida ierarxiya, gistogrammani tuzib, maqolad ilgari surilgan muammo haqida xulosa chiqaring.
Kontent-tahlil jadvali

Tushunchalar guruhi

Maqolada mazkur guruhga xos tushunchalar soni

Maqolada mazkur guruhga xos tushunchalarning umumiy soni

Falsafiy







Umumilmiy







Umumpedagogik







Pedagogika metodologiyasi







Umumdidaktik










  1. TAQRIZ YOZISh.

Informatsion ma’lumot
Taqriz – ilmiy ish (maqola, monografiya)ga munosabat bildirish. Taqriz quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Tahlil ob’ekti (monografiya; maqola; dissertatsiya va b.).

  2. Dolzarbligi (mavzu dolzarbligi quyidagilar bilan asoslanadi: a) tadqiqot yo‘nalishining dolzarbligi...; b) amaliy dolzarbligi...; v) ilmiy dolzarbligi ...).

  3. Qisqacha mazmuni (asosiy tarkibiy qismlari sanab o‘tiladi).

  4. Asosiy mazmuni (“Ishning asosiy masala sifatida nimaga e’tibor berilgan?).

  5. Umumiy baho: 5.1. Ijobiy baho (“...aniq belgilab bergan”; “...dalillarga asoslanib isbotlagan”; “...asoslanib rad etgan”); 5.2. Salbiy baho (“jiddiy xato...). Baholash ob’ektlari: mukammallik, chuqur tahlil qilinganlik, mavzuning har tomonlama ochib berilganligi; mavzuning dolzarbligi; nazariy ahamiyati va natijalarning yangiligi; mualliflik pozitsiyasi, konseptuallik; dalillash va isbotlar tizimining to‘g‘riligi; xulosalarning asoslanganligi.

  6. Xulosalar (“ish ahamiyatga ega: a) ilm uchun...; b) ta’lim amaliyoti va h. uchun»).



VAZIFA: N.M.Egamberdieva va D.Mirvosilovalarning “Barkamol shaxs shakllanishida ta’lim paradigmalarining ahamiyati” mavzusidagi maqolasiga taqriz yozing (N.M.Egamberdieva, D.Mirvosilova. Barkamol shaxs shakllanishida ta’lim paradigmalarining ahamiyati // Murabbiy mahorati – Toshkent, 2016. - №3. – B.33-34.).
Download 15.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling