1-amaliy mashg’ulot Plastikik va materialning deformatsiyaga qarshiligi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
1-amaliy mashg’ulot Plastikik va materialning deformatsiyaga qarshiligi. Deformatsiya jismning unga qo‘yilgan kuch ta’sirida o‘z shaklining va o‘lchamlarining o‘zgarishi hodisasidir. Umumiy hollarda deformatsiya ikki turga bo‘linadi: elastik va plastik deformatsiya. Elastik deformatsiya deb, jismga qo‘yilgan kuch ta’sir etishdan to‘xtatilganidan keyin jismning o‘z boshlang‘ich holiga qaytishi tushuniladi. Plastik deformatsiya deb kuch ta’sir etishi to‘xtatilganidan keyin ham jismning boshlang‘ich holiga qaytmasligiga aytiladi. Metallarda mexanik хossalar ikki guruhga bo‘linadi: Mustahkamlik xossalari metallning kuch va bosim ta’sirida deformatsiya va sinishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini xarakterlaydi. Plastiklik хossalari metallning kuch va bosim ta’sirida o‘z shaklini va o‘lchamlarini sinmasdan, darz ketmasdan o‘zgarishi qobiliyatini xarakterlaydi. Metallarning mexanik xossalari turli xil sinovlar yordamida aniqlanadi: Statik sinovlar ushbu sinovlarda namunaga ta’sir etayotgan kuch sekinlik bilan ko‘paytirilib boriladi. Ularga metallni cho‘zishga, siqishga, bukilishga, qayirishga sinash va metallning qattiqligini aniqlash sinovlari kiradi. Dinamik (zarbiy) sinovlar bunga metallning zarbiy qovushqoqligini aniqlash kiradi. O‘zgaruvchan (siklik) yuklamalarda o‘tkaziladigan sinovlar toliqishdagi mustahkamligini tekshirish. Ishni bajarish tartibi Mustahkamlik, plastiklik va elastiklik metallarni cho‘zishga sinashda aniqlanadi. Sinovlarni turli xil konstruksiyaga ega, ГОСТ 7855-84 talablariga mos keluvchi uzish mashinalarida, tekis yoki dumaloq shaklga ega namunalarda o‘tkaziladi (1.1-rasm). Sinalayotgan namunalarning shakli va o‘lchamlari o‘zgarishi 1.2-rasmda keltirilgan. Qabul qilingan belgilashlar: l p va d o – boshlang‘ich hisoblangan uzunlik va diametr o‘lchamlari; l p va d p – bir tekis deformatsiya maydonidagi namunaning hisoblangan uzunligi va diametri; l k va d k – namunaning oxirgi uzunligi va namuna uzilish joyidagi diametrning minimal o‘lchami. 1.1-rasm. Sinov mashinasining sxemasi: Sinov mashinalari quyidagi qismlardan tashkil topgan: 1 sinov mashinasining fundamenti; 2 yukli vint; 3 namunani pastki ushlab turish joyi; 4 sinov o‘tkaziluvchi namuna; 5 namunani yuqorigi ushlab turish joyi; 6 cho‘zilishda kuchlanishni o‘lchash uchun datchik; 7 elektroprivod uskunasini ishga tushirish pulti; 8 yuklama indikatori; 9 boshqarish richagi; 10 diagramma mexanizmi; 11 ulash kabeli А B D 1.2-rasm. Silindrik namunaning turli xil bosqichlarda cho‘zishga sinashsxemasi: a sinashdan аvvalgi namuna; b maksimal kuchlanishgacha cho‘zilgan namuna;d uzilishdan keyingi namuna Sinov natijalariga ko‘ra sinov mashinasi cho‘zish diagrammasini yozib oladi (1.3- rasm). Abssissa o‘qida namunaning absolyut uzayishi qo‘yiladi (Δl=l k -l 0 ) mm, ordinata o‘qida namunaga qo‘yilgan kuch (P) qo‘yiladi. Natijalarni taqqoslash uchun fanga “kuchlanish” atamasi kiritilgan. Kuchlanish ( ) namunaga qo‘yilgan kuchning namuna kesimining yuzasiga bo‘lgan nisbatidir. 𝜎 = 𝑃 𝐹 0 , (1.1) bu yerda P kuch, N; F 0 namuna kesimining yuzasi, mm 2 . A B 1.3 rasm. Plastik materiallarni cho‘zishga sinashning mashinadagi (boshlang‘ich) diagrammasi: a oquvchanlik yuzasi bilan; b oquvchanlik yuzasisiz Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling