1-amaliy mashg`ulot qumli gruntning fizikaviy ko‘rsatkichlarini aniqlash, O‘zrst 25100-95 bo‘yicha qumli gruntni tasniflash va shnq
Download 31.69 Kb.
|
1-AMALIY MASHG`ULOT(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
1-AMALIY MASHG`ULOT QUMLI GRUNTNING FIZIKAVIY KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH, O‘ZRST 25100-95 BO‘YICHA QUMLI GRUNTNI TASNIFLASH VA SHNQ 2.02.01-12 YOKI SHNQ 2.05.03-12 BO‘YICHA GRUNTNING HISOBIY QARSHILIGINI ANIQLASH Donadorlik tarkibi gruntning fizik-mexanik xossalarini baholash uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan muhim tavsiflaridan biridir. Donadorlik tarkibi deb gruntdagi har xil kattalikdagi zarrachalarning massasi bo’yicha miqdori ko’zda tutiladi. Gruntning qayishqoqlik, g’ovaklik, siljishga qarshilik, siqilish, kirishish, ko’pchish kabi muhim hossalari donadorlik tarkibiga bog’liqdir. Donadorlik tarkibini aniqlash uchun grunt o’lchamlari bo’yicha bir-biriga yaqin zarrachalar – fraksiyalar guruhlariga bo’lishdan iborat donadorlik tahlil qilinadi. Donadorlik tahlil qilishning ko’p usullari mavjud. Ulardan biri elak usulidir. Elaklar to’plamidagi teshiklar o’lchami 2;0,5;0,25;0,1 mm li bo’lgan elaklardan, tag qismi va qopqoqdan iborat. Elaklardagi qoldiqlar massasi yigindisi na’muna massasi bilan solishtiriladi. Elakdan o’tkazilgan gruntning yo’qotilish massasi 1% dan yuqori bo’lmasligi kerak. Har bir fraksiya miqdori % larda ifodalanadi. Berilgan diametrdan kichikroq (pastdan yuqoriga qarab yig’ish) va kattaroq (yuqoridan pastga qarab yig’ish) zarrachalarning miqdori yig’indisi aniqlanadi. Donadorlik tarkibi bo’yicha grunt turi O’z RSТ 25100-95 berilgan diametrdan kattaroq zarrachalar miqdori yig’indisi bo’yicha aniqlanadi.Donadorlik tarkibining grafigi tuziladi. Egri chiziqni chizish uchun absissa o’qida diametrlar shkalasi joylashgan, ordinat o’qida esa fraksiyalar foiz miqdori shkalasi joylashgan to’r bo’lishi lozim. Grafik tuzish eng mayda fraksiyalardan boshlanadi. Grunt nobirjinsliligi darajasini O’zRSТ 25100-95 bo’yicha aniqlash , (1.1) bu yerda, – nazorat qiluvchi diametr, – amaldagi yoki samarali diametr. va donadorlik tarkibi grafigi bo’yicha aniqlanadi. Agar Cu ≤ 3 bo’lsa, qum birjinsli, agar Su > 3 bo’lsa, qum nobirjinslidir. B10-jadval Granulometrik tarkibi bo`yicha gruntlarning turlari /3/
Suvga to’yinish koeffitsiyenti undagi g’ovaklarning suv bilan to’lish darajasini ifodalaydi: . (1.2) formula bo’yicha hisoblash. Barcha sinovlar va hisoblar natijalari jurnalning 2.2-jadvaliga yoziladi. Suvga to’yinish koeffitsiyenti bo’yicha gruntning cho’kuvchanligi to’g’risida izoh beriladi: da – grunt cho’kadigan, da – grunt chukmaydigan bo’ladi. B17-jadval Suvga tuyinish koeffitsiyenti bo`yicha gruntlarning xillari /3/
G’ovaklik va g’ovaklik koeffitsiyentlari quyidagi formulalar yordamida xisoblash orqali aniqlanadi: , (1.3) . (1.4) B18-jadval G`ovaklik koeffitsiyenti bo`yicha /3/
Masala. Berilgan quduq va qatlam uchun e va Sr bo`yicha gruntni klassifikatsiya kiling (ilova, 1-jadval). Nazorat savollari 1.Grunt va uning xususiyatlari haqida tushuncha. Gruntning fazali tarkibi. 2. Gruntning mineralogik va kimyoviy tarkibi. 3. Gruntning fizik xossalari kursatkichlari. 4. Granulometriko`tarkib bo`yicha qumli gruntlar qanday? 5. G`ovaklik koeffitsiyentiga ko`ra qumlarning turlari? 6. Suvga t niganlik bo`yicha qumlarni turlarga ajratimishi? Download 31.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling