1-Amaliy mashg’ulot Quyma olishda shixtani hisoblash


Download 106 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi106 Kb.
#1379219
  1   2
Bog'liq
1-Amaliy mashgulot. Shixtani hisoblash


1-Amaliy mashg’ulot
Quyma olishda shixtani hisoblash
Quyish texnologik jarayonini loyihalashda 1 tonna yaroqli quyma va bir yillik ishlab chiqarish dasturi uchun shixta hajmini hisoblash zarur bo’ladi.
Shixtani hisoblash uchun quyidagi boshlang’ich ma’lumotlar zarur bo’ladi:

  1. ГОСТ yoki ТУ bo’yicha qotishmaning kimyoviy tarkibi;

  2. Qotishmaning hisobiy tarkibi;

  3. Boshlang’ich shixta materiallarining kimyoviy tarkibi;

  4. Qotishma alohida komponentlarining kuyishi, shuningdek, tayyorlash jarayonida turli qotishmalarning kuyishi;

  5. Qotishma olish uchun yaroqli quymaning miqdori.

Qotishmaning vazifasi va mavjud shixta materiallariga bog’liq tarzda shixta alohida tashkil qiluvchilarining nisbati keng diapazonda o’zgaradi. Tarkiblarni tayyorlash uchun quyidagi shixta materiallari ishlatilishi mumkin:

  • birlamchi metallar;

  • korxonaning ishlab chiqarish chiqindilari;

  • ligaturalar (qiyin eruvchan, ikki yoki undan ortiq elementlardan tashkil topgan qotishma, suyuq metalga qo’shish uchun ishlatiladi);

  • korxonaga chetdan kirib keluvchi chiqindilar va lom;

  • ikkilamchi metallar va qotishmalar.

Alyuminiyli qotishmalarni ishlab chiqarish bo’yicha quyish sexlarida shixta materiallari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:

  • ГОСТ 11069-2001, ГОСТ 11070-74, ГОСТ 19437-81, ТУ 48-5-278-87 lar bo’yicha istalgan shakl va o’lchamlardagi birlamchi alyuminiy quymalar, shuningdek, ГОСТ 11069-74 bo’yicha suyuq alyuminiy;

  • ГОСТ 804-93 bo’yicha birlamchi quyma magniy;

  • ГОСТ 14957-76 bo’yicha quyma magniy qotishmalari;

  • ГОСТ 14957-76 bo’yicha magniy qotishmalarining chiqindilari va qayta eritilgani.

Shixta tarkibiga birlamchi magniy o’rniga magniyli qotishmalarni kiritishda legirlovchi komponentlarning (rux, marganes, sirkoniy va h.k.) miqdori hisobga olinadi:

  • ГОСТ 859-78 bo’yicha М2 markadan past bo’lmagan katodli mis;

  • katodli mis o’rniga kimyoviy tarkibi bo’yicha М2 markadan past bo’lmagan 1 navli mis chiqindilarini ishlatishga ruxsat beriladi;

  • ГОСТ 3640-79 bo’yicha Ц1 markadan past bo’lmagan rux;

  • ГОСТ 5905-79 bo’yicha zarralari o’lchami 3 mm dan katta bo’lmagan maydalangan xrom;

  • ГОСТ 2169-69 bo’yicha КР2 markali kristalli kremniy;

  • Lom ko’rinishidagi bo’laklari 3 mm dan qalin bo’lmagan temir (sim, lenta, Cт 3 kabi kam uglerodli po’latdan tayyorlangan bochkalar);

  • ГОСТ 6008-90 bo’yicha metall plastinalar ko’rinishidagi marganes;

  • ГОСТ 1583-93 bo’yicha siliminlar;

  • ligatura;

  • alyuminiy qotishmalarining aylanma chiqindilari (yaroqsiz mahsulotlar, qayta ishlangan shlak);

Shixta materiallarining kimyoviy tarkibi 1-ilovada keltirilgan.
Qotishmalarni tayyorlash jarayonidagi metallarning yo’qolish miqdori (kuyishi) shixtaning turiga va o’choqning konstruksiyasiga bog’liq bo’ladi. Bu miqdor har bir metall va qotishma uchun katta tajriba asosida aniqlanadi. Ilovada qattiq shixta uchun kuyish miqdorining qiymatlari keltirilgan. Suyuq shixtani ishlatishda (xom-alyuminiy, oldingi eritishlar qoldiqlari) alyuminiyning kuyishi kamroq va asosan metallni quyish va aralashtirishda kuzatiladi. Amaliyot ko’rsatishicha alyuminiyning kuyishi 1,5 kg/t dan, ya’ni 0,15 % dan yuqori bo’lmaydi. Turlicha qotishmalar uchun kuyish qiymatlari 2-ilovada keltirilgan.
Qotishmaning kimyoviy tarkibi, ya’ni alohida komponentlarning miqdori ГОСТ orqali muayyan chegaralarda ko’rsatiladi. Shixtaning miqdorini va tarkibini aniqlash bo’yicha hisoblarni bajarish uchun hisobiy tarkib ishlatiladi, bunda qotishmadagi komponentlarning aniq tarkibi ko’rsatiladi. Misol tariqasida 1-jadvalda 1201 markali alyuminiy asosidagi qotishmaning kimyoviy va hisobiy tarkibi keltirilgan.
1-jadval. Qotishmaning kimyoviy va hisobiy tarkibi


Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling