1-amaliy mashg’ulot sathdagi hodisalarni o‘rganish (Turli agregat holatlarda sirt taranglik) Nazariy ma‘lumot


SIRT TARANGLIKNI O’LCHASH USLUBI YoRDAMIDA


Download 162.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana14.09.2023
Hajmi162.69 Kb.
#1677530
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kolloid 1- amaliy

3. SIRT TARANGLIKNI O’LCHASH USLUBI YoRDAMIDA 
FAOLLANGAN KO’MIR YuZASIGA SUVLI ERITMADAN SAM 
ADSORBILANISHINI TYeKSHIRISH 
 
Ko’mirli kolbadagi eritma aralashmasini 1,5 – 2 soatdan keyin filtrlanadi, buni 
uchun distillangan suv bilan ho’llangan filtrga eritmadan sekinlik bilan quyiladi. 
Dastlabki filtrat tashlab yuboriladi. Keyin filtratdan quruq va toza kolbachaga 50 ml 
olib, SAM adsorbilangandan so’ng eritmaning sirt tarangligi aniqlanadi.
 


NAZORAT SAVOLLARI 
 
1. Qanday hodisaga sorbtsiya deyiladi? 
2. Adsorbtsiya bilan absorbtsiya orasida qanday farq bor? 
3. Adsorbtsiya qanday omillarga bog’liq bo’ladi? 
4. Desorbtsiya nima? 
5. Qanday sorbtsiyaga xemosorbtsiya deyiladi? 
6. Adsorbent nima? unga misollar keltiring. 
7. Adsorbtiv nima? 
 
DISPERS SISTEMALARNI TAYYORLASHNI DISPERGASIYA VA 
KONDENSASIYA USULLARINI 
 
Kolloid eritmalar bir-biriga qarama –qarshi ikki uslubda olinadi: a) yirik 
zarrachalarni maydalash yoki disperslash (lotinchadan – dispergere –elash , 
kukunlash ma‘nosini beradi); b) molekula yoki ionlarni yirikroq zarrachalargacha 
agregatlash ( aggregate – biriktirish demakdir). Maydalashga asoslangan kolloid 
eritma olish usuli disperslash uslubi, molekula yoki ionlarni yirikroq 
zarrachalargacha agregatlash uslubiga kondensatsiya uslubi deb nom berilgan. 
Barqaror kolloid eritma olishning muhim shartlaridan biri bu jarayonda 
qo’llaniladigan biror modda kolloid zarracha yuzasiga adsorbilanib uni tevarak 
muhit bilan faol ta‘sirlashuvini ta‘minlashdan iborat. Kolloid eritmalarning 
barqarorligini ta‘minlovchi moddalarga barqarorlashtiruvchi (stabilizatorlar) 
deyiladi. 
Kolloid eritma olishning disperslash uslubi bo’yicha qattiq zarrachalar chini 
hovonchada yoki maxsus Sharli tegirmonlarda mexanikaviy ravishda maydalaniladi 
yoki peptizatsiya qilinadi. 
Iviqlar yoki g’ovak cho’kmalar zarrachalari yuzasiga biror moda adsorbilanib, 
ularni kolloid eritma (zol) holatiga o’tkazish jarayoniga peptizatlanish deyiladi. 
Kolloid eritma olishning kondensatsiya uslubi bo’yicha quyidagi usullarda 
tegishli zollar olinadi: 
a) 
kichik 
zarrachalarga 
birlashayotgan 
bug’lanayotgan 
modda
molekulalarining kondensatsiyasi; 
b) eriydigan moddaning erimaydigan yoki kam eriydigan holatga o’tishi 
(erituvchini almashtirish usuli); 
v) qiyin eriydigan moda hosil bo’lishi bilan boradigan eritmadagi reaktsiyalar. 
Bu usullarning hammasida dispers faza erituvchida yomon erishi va dispers 
faza bilan dispers muhit orasida zarrachalarni yiriklashishi (agregatlanishi) ga 
to’sqinlik qiladigan ta‘sirlar bo’lishi kerak.

Download 162.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling