1-amaliy mashg’ulot. Sifat mеnеjmеnti tizimi fanining maqsadi va vazifasi


Mahsulot sifati – mahsulotning uni qo‘llanishga muvofiq aniqlangan ehtiyojlarni qanoatlantirishga xizmat qiluvchi xossalarining yig‘indisidir


Download 50.37 Kb.
bet4/4
Sana16.11.2023
Hajmi50.37 Kb.
#1781413
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy

Mahsulot sifati – mahsulotning uni qo‘llanishga muvofiq aniqlangan ehtiyojlarni qanoatlantirishga xizmat qiluvchi xossalarining yig‘indisidir.
Sifat – kutilayotgan ehtiyojlar yoki shartli qanoatlanish xususiyatlarini beruvchi mahsulot yoki xizmatning tavsiflari va xossalarining yig‘indisidir



ISO 8402-86 xalqaro standarti

Sifat – kutilayotgan ehtiyojlar yoki shartli qanoatlanish xususiyatlarini beruvchi mahsulot yoki xizmatning tavsiflari va xossalarining yig‘indisidir

Sifat tushunchasini bir nechta ta’rifi mavjud:
Sifat – bu iste’molchi ehtiyojlarini qondirilishi.
Sifat – bu yuqori malakali xodimlar va yuqori texnologik qurilmalar yordamida erishiladigan unumdorlik.
Sifat – bu ishlab chiqarish va mehnatni samaradorligi. Bu ishlarni tez va aniq bajarilishi.
Sifat – bu faoliyatni optimallashtirilishi. Bu harakatlar dasturiga rioya qilinishi, qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarilishi.
Sifat – bu rivojlanishning uzoq muddatli jarayoni.
Sifat – bu mablag‘ joylashtirilishi. Uzoq muddatli rejada ixtiyoriy ishni boshidanoq to‘g‘ri bajarilishi keyinchalik nomuvofiqliklarni bartaraf qilishdan arzon turadi.
Sifat menejmenti tizimi - bu tashkilot sifat bilan bog‘liq vazifalarni xal qiladigan usuldir. Keng ma’noda u mahsulot sifati sohasida belgilan maqsadlarga erishish va iste’molchilar talablarini qanoatlantirish uchun qo‘llaniladigan tashkilotni tashkiliy tuzilmasi, hujjatlari, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarni qamrab oladi.
Sifat menejmenti tizimi – u yoki bu faoliyat qanday va nima uchun amalga oshirilishi, vazifalarni hal qilish usullari va erishilgan natijalarni qayd qilinishi bayoni masalalarini qamrab oladi.
“Mahsulot” deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qoniqtirish uchun mo‘ljallanadi.
Mahsulotlarning sifatiga e’tibor berish eramizdan avvalgi 2150 yillardan beri boshlab qayd qilingan. Bu davrda savdo-sotiq aloqalari ma’lum hududlar chegarasidan chiqib, xalqaro miq’yosda rivojlana boshlagan edi.
Download 50.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling