1-amaliy mashg’ulot. Sifat mеnеjmеnti tizimi fanining maqsadi va vazifasi
Download 50.37 Kb.
|
1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari
Fanning vazifasi – talabalarga sifat menejmenti tizimlarini korxonalarda ishlab chiqish va joriy etishi hamda sertifkatlashtirish, tartib-qoidalari, sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishning huquqiy, me’yoriy va tashkiliy asoslari, sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish idoralari, ularning faoliyati, sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirishda xalqaro standartlar, sertifikatlashtirilgan sifat menejmenti menejmenti tizimlari faoliyati ustidan inspeksion nazorat o‘tkazish va ma’lum shart-sharoitlar uchun sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish dasturlarini ishlab chiqishni o‘rgatishdan iborat.
Iqtisodiyotda mahsulotlarni ishlab chiqarishda sifatni ta’minlash, mahsulot sifatini tekshirishda ishlab chiqilgan sifat menejmenti tizimini korxonada joriy etib va uni sertifikatlashtirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport salohiyatini oshirish va korxona raqobatbardoshligi ta’minlab, ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish jarayoniga alohida talablar va vazifalar qo‘yilgan. Ishlab chiqarishda sifat tizimini joriy qilish va uni sertifikatlashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish, ishlab chiqarish texnologik jarayonlari uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishning tashkiliy masalalarini yoritib beradi. Shu sababli ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi. Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari Sifat ko‘p asrlar davomida rivojlanib kelgan. Sifat umum ehtiyojlar va ishlab chiqarish imkoniyatlarining o‘sib borishi va ularni qonoatlantirish bo‘yicha turli xil holatlarda rivojlangan. Sifat tushunchasi evolyutsiyasi 1.1-jadvalda keltirilgan. Aynan vaqt o‘tishi bilan sifatning mohiyati va rivojlanish jarayoni, uning parametrlari oxirgi o‘n yillikda sifat tushunchasining o‘zi va unga yondashishlar hamda talablar zudlik bilan o‘zgardi. Sifat – bu mahsulot yoki xizmatlarga belgilangan talablarni yoki kutilayotgan ehtiyojlarni qondirish xususiyatini anglatadigan tavsiflari yig‘indisidir. Malakali xodimlar va tegishli texnologiya yordamida erishiladigan aniqlik, hamda ishlab chiqarish va mehnatning samaradorligi iste’molchi talabining qondirilishiga va sifatga olib keladi. 1.1-jadval Sifat tushunchasining tarixiy evolyutsiyasi
Download 50.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling