Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika nstituti


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1267101
Bog'liq
2.01.Ўзбек тили тарихи



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA NSTITUTI
O‘ZBEK TILI TARIXI 
FАNINING ISHCHI O‘QUV DАSTURI 
(3-kurslar uchun) 
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar 
Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika 
Ta’lim yo‘nalishi: 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti 
Mashg‘ulot turi 
Ajratilgan 
soat 
Semestr 


Ma’ruza
14 
14 

Seminar
30 
30 

Amaliy 
16 
16 

Laboratoriya 
mashg‘uloti 



Kurs ishi 



Mustaqil ta’lim soati 
90 
90 

Umumiy auditoriya
soati 
60 
60 

Umumiy o`quv soati
150 
150 
NUKUS – 2022 




1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar 
“O‘zbek tili tarixi” asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va 
yettinchi semestrlarda o‘qitiladi. Mazkur fan dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida 
keltirilgan “Qadimgi turkiy til”, “O‘zbek tilshunosligi tarixi”, “O‘zbek 
terminologiyasi”, “Hozirgi o‘zbek tili”, “Tilshunoslik nazariyasi”, “Sotsiolingvistika”, 
“Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanlarida o‘rganiladigan muammolar 
borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi. 
Fan bo‘yicha talabalarning bilim va ko‘nikmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba: 
- Talaba “O‘zbek tili tarixi” kursi bo‘yicha quyidagi bilimlar bilan qurollangan 
bo‘lishi lozim:
– 
o‘zbek tili tarixida qo‘llangan o‘rxun-enasoy (run) va uyg‘ur yozuvining o‘ziga 
xos jihatlari; 
– 
o‘zbek tilining tarixiy ildizlari: qadimgi turkiy til, o‘zbek tilining tarixiy 
grammatikasi, o‘zbek adabiy tili tarixining taraqqiyot davrlari;
– 
qadimgi turkiy til (shu jumladan, eski turkiy til)ning fonetik, lug‘at tarkibi, 
morfologik va muhim sintaktik xususiyatlari; 
– 
eski o‘zbek tili eski turkiy tildan ajralib, mustaqil taraqqiyotga yuz qo‘yganligi; 
– 
eski o‘zbek tilining fonetik va grammatik xususiyatlari; 
– 
eski o‘zbek tili grammatik qurilishiga arab, fors, keyinchalik rus tili elementlari 
o‘zlashishi va ularning o‘zbek tili fonetik xususiyatlariga munosabati; 
– 
adabiy tilning mohiyati, uning qabila, xalq, milliy til negizida tashkil
topganligi; 
– 
adabiy tilning me'yorlari tarixiy kategoriya ekanligi va uning davrlar 
o‘zgarishi bilan o‘zgarib turishi;
– 
o‘zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari, uning ichki va tashqi omillari 
haqida tasavvurga ega bo‘lishi; 
– 
qadimgi turkiy tilda yozilgan transkripsiya va transliteratsiya qilingan 
matnlarni o‘qish, tushunish va tahlil qilishni; 
– 
adabiy til me'yorlarining mohiyatini anglashi; 
– 
yozma yodgorliklarni uslubiy jihatdan farqlay bilishi; 
– 
XI-XIX asrlarda amalda bolgan arab yozuvi asosidagi turkiy yozuvni 
qiyinchiliksiz o‘qishni; 
– 
umumiy o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari darsliklarida 
berilgan matnlarda eski o‘zbek tili, forsiy va arab tiliga xos elementlarni bir-biridan 
farqlashi, uning imlo, ma'no xususiyatlarini tushuntirib berishni bilishi va ulardan 
foydalana olishi; 
– 
eski o‘zbek tilida ijod qilgan mashhur so‘z san'atkorlarining adabiy til 
namunasidagi asarlarini tahlil qila olish;
– 
umumiy o‘rta maktab, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi muassasalarida
«O‘zbek klassik adabiyoti» matnlarini tahlil qilish, badiiy asar mohiyatini ochib 
berish; 
– 
eski o‘zbek tilida ijod qilgan har bir so‘z san'atkorining adabiy tildagi o‘rnini 
belgilay olish; 


– 
o‘zbek adabiy tili me'yorlarini belgilashda turli qarash va oqimlarning 
mohiyatini to‘g‘ri anglash va milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi nuqtai nazardan uni 
farqlay olish; 
– 
adabiy tilga ta'rif bera olishi va uni asoslay olish; 
arab yozuvi asosidagi eski o‘zbek matnlarida o‘zbek tilining fonetik, grammatik 
xususiyatlarini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.;
2. Ma’ruza mashg’ulotlari 1 jadval 
№ 
Ma’ruza mashg‘ulotlar mаvzulаri 
Dars 
soatlari 
hajmi 
V semestr 
1-modul. Qadimgi turkiy tilning o‘rni. 
1. Qadimgi turkiy til, yozma manbalari. Grafika. Qadimgi turkiy til 
fonetikasi: Unli va undoshlar tizimi 

2. Qadimgi turkiy til leksikasi 
2-modul. Qadimgi turkiy tilning morfologik qurilishi. 
3. Qadimgi turkiy til morfologiyasi: ot, sifat, son, olmosh so‘z 
turkumlari 

4. Morfologiya. Fe’l so‘z turkumi. Ravish va yordamchi so‘z 
turkumlari
3-modul. Qadimgi turkiy tilning sintaktik xususiyatlari. 
5. Qadimgi turkiy tilda gap qurilishi. 
4-modul. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasining o‘rganilishi. 
6 O‘zbek tilining tarixiy grammatikasining manbalari. Grafika. 
O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi 

5-modul. Eski o‘zbek tili morfologik tuzilishidagi o‘zgarishlar. 
7. O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasi. Ot so‘z turkumi. 

8. Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari 
9. Fe’l va ravish so‘z turkumlari 
10. Yordamchi so‘z turkumlari 
6-modul. Tarixiy sintaksis. 
11. So‘z birikmasi va gap. Gap bo‘laklari. 

12. Gap turlari. Murakkablashgan gaplar 
7-modul. O‘zbek adabiy tili tarixining nazariy asoslari. Adabiy til. 
13. Adabiy til rivojlanishining ijtimoiy-tarixiy voqealar bilan 
bog‘liqligi. Adabiy til turlari. Uslublar taraqqiyoti. O‘zbek adabiy 
tilining shakllanishida boshqa tizimdagi tillarning o‘rni. O‘zbek 
tilining tarixiy ildizlari. 

14 O‘zbek adabiy tilining davrlashtirilishi. Eski o‘zbek adabiy tili 
manbalari va ularning til xususiyatlari 
8-modul. XV asrning ikkinchi yarmidan XX asrning boshlarigacha bo‘lgan 
davrda o‘zbek adabiy tili taraqqiyoti. 
15 Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilini mumtozlik darajasiga 
ko‘targan siymo. Alisher Navoiy asarlarining til xususiyatlari 

16. Bobur va Muhammad Solih asarlarining til xususiyatlari 


17. XVII asrdan XIX asrlarda o‘zbek adabiy tili 
18. Adabiy tilning XX asrdan keyingi takomili 
V semestr bo‘yicha jami 
14 
Ma’ruza mashg‘ulotlari multimediya qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada 
akadem guruhlar oqimi uchun o‘tiladi. O‘quv ma’lumotlarining sifati va samarali 
tashkil etishga ta’sir etuvchi quyidagi intelfaol usullardan klaster, aqliy hujum, T-
sixema, baliq skleti, konsentual jadval, venn-diogrammasi, keys-stadi, kabilardan keng 
foydalaniladi.
2. Amaliy mashg‘ulotlar 2- jadval 
№ 
Amaliy mashg’ulot mavzulari 
Dars 
soatlari 
hajmi 
V semestr 
Qadimgi turkiy til 
1. 
O‘rxun yozuvi va uning yodgorliklari. Enasoy va Talas 
yodgorliklari, manbalarning tasniflash, til xususiyatlarini bilish.
Uyg‘ur yozuvi va uning manbalari. Uyg‘ur yozuvi manbalari, 
ularning mavzuiy guruhlash. 

2. 
Fonetika. Qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy 
tilida unli va undoshlar tizimi, undagi miqdoriy va sifat 
o‘zgarishlar. Fonetik hodisalar.
3. 
Qadimgi turkiy til leksikasi 

4. 
Ot va uning kategoriyalari. Sifat darajalari, yasalishi. Son turlari.
5. 
Olmosh turlari. Fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsizlik, mumkinlik va 
nomumkinlik. Fe’l nisbatlari, fe’llarning yasalishi.
6. 
Ravish yasalishi. Ravishning morfologik usul bilan yasalishi.
Ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar, undovlar.
7. 
So‘z birikmalari. Tobe birikma, teng birikma. Gap bo‘laklari. 
Gapning mazmuniga ko‘ra turlari.
O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi 
8. 
O‘TTGning manbalari: adabiy-badiiy manbalar, qardosh tillar va 
sheva materiallari, ularda qo‘llangan yozuv tizimlari. O‘TTGning 
o‘rganilish tarixi. O‘zbek tili grammatik qurilishi taraqqiyotining 
ijtimoiy-lingvistik xususiyatlari. Eski o‘zbek tilining yozuv tizimi. 
Arab va uyg‘ur yozuvining o‘zbek tili tovush xususiyatlarini to‘la 
ifoda qila olmasligi.

9. 
Fonetika. Eski o‘zbek tili unlilar tizimi, uning harfiy ifodalari, unli 
tovushlarning tarixiy taraqqiyoti.
Eski o‘zbek tili undoshlar tizimi, uning harfiy ifodalari, undosh 
tovushlarning tarixiy taraqqiyoti. Singarmonizm. 
10. 
Morfologiya. Оt so‘z turkumi. Otlarda grammatik son 
kategoriyasi. Otning ta‘rifi, leksik-semantik, morfologik, sintaktik 
belgilari, uning ichki kategoriyalari. Egalik kategoriyasi. Egalik 
shaklining morfologik, sintaktik usullari bilan hosil qilinishi. 



Egalik qo‘shimchalarining kishilik olmoshlari ko‘chimidan 
(transformatsiyasidan) paydo bo‘lganligi. Otlarda modal forma 
hosil qilinishi. Otlarda aniqlik va noaniqlik shakllari, uning fors 
tilidan o‘zlashganligi «yoye vahdat», «yoye ishorat» deb 
yuritilishi, ularning hosil qilinishi, o‘zbek tilidagi muqobillari. 
Otlarda kelishiklar. Qadimgi turkiy til va eski o‘zbek tilidagi
kelishiklarning miqdor va sifat jihatdan o‘xshash va farqli 
tomonlari
Sifat. Sifatning ta‘rifi, morfologik belgilari, asliy va nisbiy sifatlar, 
sifat darajalarining morfologik-sintaktik va sintaktik usullar bilan 
hosil qilinishi, eski o‘zbek tiliga xos xususiyatlari.
Son. Sonning ta‘rifi, unda so‘z yasalish tizimining yo‘qligi, sanoq 
va tartib sonlar. Olmosh. Olmoshning ma‘no turlari, sintaktik 
vazifasi. 
11. 
Ravish. Ravish yasalishi. Ravishlashuv. Ravishlarning ma’no 
turlari.
Fe‘l. Fe‘lning mayl va zamon shakllari. Fe‘lning ta’rifi, ichki 
kategoriyalari. Fe‘lning funksional formalari haqida ma‘lumot 
berish. Mayl va zamon shakllarining tuslanish tushunchasi bilan
bog‘langanligi. 

12. 
Ko‘makchi va uning turlari. Sof ko‘makchilar, ularning ikki
guruhga ajratilishi; eski o‘zbek tilida (shu jumladan, qadimgi 
turkiy tilda ham)gina qo‘llangan ko‘makchilar, eski o‘zbek va
hozirgi o‘zbek tillarida aynan va qisman fonetik o‘zgarishlar bilan 
qo‘llangan ko‘makchilar, ularning semantikasi, kuchli fonetik
o‘zgarishga 
uchragan 
ko‘makchilar 
tavsifi. 
Funktsional 
ko‘makchilar, ularning ot, ravish, fe‘l ko‘makchi guruhlari,
semantikasi. Bog‘lovchilar. Bog‘lovchilarning ta'rifi, uning teng va 
ergashtiruvchi semantik guruhlari. Teng bog‘lovchilarning
biriktiruvchi, zidlovchi, ayiruvchi, inkor turlari, ularning turkiy va 
o‘zlashma leksik tarkibi, har bir bog‘lovchining ma'no 
xususiyatlari, eski o‘zbek tilida qo‘llanish imkoniyatlari. 
Yuklama va modal so‘zlar. Yuklamalarning ta'rifi, uning eski 
o‘zbek tilida amal qilishi «affiks-yuklama», «so‘z-yuklama» 
tushunchalari izohi, yuklamalarning ma'no turlari. Modal so‘z 
tushunchasi izohi, eski o‘zbek tilida qo‘llangan modal so‘zlar va 
ularning mavzu guruhlari.
Undоv va mоdal so‘zlar. Undov so‘z ta‘rifi, uning ma‘no 
guruhlari. Turkiy va o‘zlashgan undovlar, ularning matnda
qo‘llanish xususiyatlari. She‘riy san‘atdagi o‘rni. Taqlidiy so‘z 
ta‘rifi, uning ma‘no xususiyatlari, bu turkumda so‘z 
o‘zlashtirishning kamligi.
Tobe birikmalarning va ularning turlari. 

O‘zbek adabiy tili tarixi 
13. 
Mahmud Koshg‘ariyning turkiy dialektlar haqidagi qarashlari. 
“Qutadg‘u bilig” va “Hibatul-haqoyiq” asarlarining til 
xususiyatlari va ilmiy o‘rganilishi. Ahmad Yassaviy “Devoni 



hikmat” asari va uning tili. 
14. 
Oltin O‘rda adabiy tili yozma yodgorliklaridan “Muhabbatnoma”, 
“Guliston bit-turkiy” asarlarining til xususiyatlari. “Qisasi 
Rabg‘uziy”, “Xusrav va Shirin” asarlarida qadimgi kitobiy til 
hamda “o‘g‘uz-qipchoq” unsurlarining aks etishi 
15. 
Eski o‘zbek adabiy tili davrida yaratilgan badiiy asarlar tiliga xos 
lisoniy normalarning vujudga kela boshlashi. “Muhokamat-ul-
lug‘atayn” asarining tilshunoslikdagi o‘rni 

16. 
“Boburnoma”da turli sohalarga oid so‘zlarning ishlatilishi 
17. 
XVII – XIX asrlar adabiy tiliga xalq so‘zlashuv tilining ta’siri 
18. 
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida o‘zbek adabiy 
tilining grafik, fonetik, morfologik va sintaktik qurilishidagi 
o‘zgarishlar 
V semestr bo‘yicha jami 
16 
Amaliy mashg‘ulotlari multimediya qurilmalari va boshqa qurulmalar va boshqa 
texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik guruhga alohida o‘tiladi. 
Mashg‘ulotlarni olib borish usullari turli tuman ko‘rinishda bo‘lsa-da, faol va interfaol 
metodlar ko‘proq qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, mashg‘ulotlar 
davomida amaliy vaziyatlar, muammoli topshiriqlar, “Keys-stadi” texnologiyalari 
o‘qituvchi tomonidan beriladi. Ko‘rgazmali materiallar va axborot multimediya 
qurulmalari yordamida uzatiladi.
3. Seminar mashg‘ulotlar 3- jadval 
№ 
Seminar mashg’ulot mavzulari 
Dars 
soatlari 
hajmi 
V semestr 
Qadimgi turkiy til 
1. 
O‘rxun yozuvi va uning yodgorliklari. Enasoy va Talas 
yodgorliklari, manbalarning tasniflash, til xususiyatlari.
Uyg‘ur yozuvi va uning manbalari. Uyg‘ur yozuvi manbalari. 

2. 
Fonetika. Qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy 
tilida unli va undoshlar tizimi, undagi miqdoriy va sifat 
o‘zgarishlar. Fonetik hodisalar.
3. 
Qadimgi turkiy til leksikasi 
4. 
Qadimgi turkiy til morfologiyasi. Ot va uning kategoriyalari. Sifat 
darajalari, yasalishi. Son turlari.

5. 
Olmosh turlari. Fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsizlik, mumkinlik va 
nomumkinlik. Fe’l nisbatlari, fe’llarning yasalishi.
6. 
Ravish yasalishi. Ravishning morfologik usul bilan yasalishi.
Ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar, undovlar.
7. 
So‘z birikmalari. Tobe birikma, teng birikma. Gap bo‘laklari. 
Gapning mazmuniga ko‘ra turlari.
O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi 
8. 
O‘TTGning manbalari: adabiy-badiiy manbalar, qardosh tillar va 
sheva materiallari, ularda qo‘llangan yozuv tizimlari. O‘TTGning 
o‘rganilish tarixi. O‘zbek tili grammatik qurilishi taraqqiyotining 



ijtimoiy-lingvistik xususiyatlari. Eski o‘zbek tilining yozuv tizimi. 
Arab va uyg‘ur yozuvining o‘zbek tili tovush xususiyatlarini to‘la 
ifoda qila olmasligi.
9. 
Fonetika. Eski o‘zbek tili unlilar tizimi, uning harfiy ifodalari, unli 
tovushlarning tarixiy taraqqiyoti.
Eski o‘zbek tili undoshlar tizimi, uning harfiy ifodalari, undosh 
tovushlarning tarixiy taraqqiyoti. Singarmonizm. 

10. 
Morfologiya. Оt so‘z turkumi. Otlarda grammatik son 
kategoriyasi. Otning ta‘rifi, leksik-semantik, morfologik, sintaktik 
belgilari, uning ichki kategoriyalari. Egalik kategoriyasi. Egalik 
shaklining morfologik, sintaktik usullari bilan hosil qilinishi. 
Egalik qo‘shimchalarining kishilik olmoshlari ko‘chimidan 
(transformatsiyasidan) paydo bo‘lganligi. Otlarda modal forma 
hosil qilinishi. Otlarda aniqlik va noaniqlik shakllari, uning fors 
tilidan o‘zlashganligi «yoye vahdat», «yoye ishorat» deb 
yuritilishi, ularning hosil qilinishi, o‘zbek tilidagi muqobillari. 
Otlarda kelishiklar. Qadimgi turkiy til va eski o‘zbek tilidagi
kelishiklarning miqdor va sifat jihatdan o‘xshash va farqli 
tomonlari
Sifat. Sifatning ta‘rifi, morfologik belgilari, asliy va nisbiy sifatlar, 
sifat darajalarining morfologik-sintaktik va sintaktik usullar bilan 
hosil qilinishi, eski o‘zbek tiliga xos xususiyatlari.
Son. Sonning ta‘rifi, unda so‘z yasalish tizimining yo‘qligi, sanoq 
va tartib sonlar. Olmosh. Olmoshning ma‘no turlari, sintaktik 
vazifasi. 


11. 
Ravish. Ravish yasalishi. Ravishlashuv. Ravishlarning ma’no 
turlari.
Fe‘l. Fe‘lning mayl va zamon shakllari. Fe‘lning ta’rifi, ichki 
kategoriyalari. Fe‘lning funksional formalari haqida ma‘lumot 
berish. Mayl va zamon shakllarining tuslanish tushunchasi bilan
bog‘langanligi. 

12. 
Ko‘makchi va uning turlari. Sof ko‘makchilar, ularning ikki
guruhga ajratilishi; eski o‘zbek tilida (shu jumladan, qadimgi 
turkiy tilda ham)gina qo‘llangan ko‘makchilar, eski o‘zbek va
hozirgi o‘zbek tillarida aynan va qisman fonetik o‘zgarishlar bilan 
qo‘llangan ko‘makchilar, ularning semantikasi, kuchli fonetik
o‘zgarishga 
uchragan 
ko‘makchilar 
tavsifi. 
Funktsional 
ko‘makchilar, ularning ot, ravish, fe‘l ko‘makchi guruhlari,
semantikasi. Bog‘lovchilar. Bog‘lovchilarning ta'rifi, uning teng va 
ergashtiruvchi semantik guruhlari. Teng bog‘lovchilarning
biriktiruvchi, zidlovchi, ayiruvchi, inkor turlari, ularning turkiy va 
o‘zlashma leksik tarkibi, har bir bog‘lovchining ma'no 
xususiyatlari, eski o‘zbek tilida qo‘llanish imkoniyatlari. 
Yuklama va modal so‘zlar. Yuklamalarning ta'rifi, uning eski 
o‘zbek tilida amal qilishi «affiks-yuklama», «so‘z-yuklama» 
tushunchalari izohi, yuklamalarning ma'no turlari. Modal so‘z 




tushunchasi izohi, eski o‘zbek tilida qo‘llangan modal so‘zlar va 
ularning mavzu guruhlari.
Undоv va mоdal so‘zlar. Undov so‘z ta‘rifi, uning ma‘no 
guruhlari. Turkiy va o‘zlashgan undovlar, ularning matnda
qo‘llanish xususiyatlari. She‘riy san‘atdagi o‘rni. Taqlidiy so‘z 
ta‘rifi, uning ma‘no xususiyatlari, bu turkumda so‘z 
o‘zlashtirishning kamligi.
Tobe birikmalarning va ularning turlari. 

O‘zbek adabiy tili tarixi 
13. 
Mahmud Koshg‘ariyning turkiy dialektlar haqidagi qarashlari. 
“Qutadg‘u bilig” va “Hibatul-haqoyiq” asarlarining til 
xususiyatlari va ilmiy o‘rganilishi. Ahmad Yassaviy “Devoni 
hikmat” asari va uning tili. 

14. 
Oltin O‘rda adabiy tili yozma yodgorliklaridan “Muhabbatnoma”, 
“Guliston bit-turkiy” asarlarining til xususiyatlari. “Qisasi 
Rabg‘uziy”, “Xusrav va Shirin” asarlarida qadimgi kitobiy til 
hamda “o‘g‘uz-qipchoq” unsurlarining aks etishi 

15. 
Eski o‘zbek adabiy tili davrida yaratilgan badiiy asarlar tiliga xos 
lisoniy normalarning vujudga kela boshlashi. “Muhokamat-ul-
lug‘atayn” asarining tilshunoslikdagi o‘rni 

16. 
“Boburnoma”da turli sohalarga oid so‘zlarning ishlatilishi 

17. 
XVII – XIX asrlar adabiy tiliga xalq so‘zlashuv tilining ta’siri 

18. 
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida o‘zbek adabiy 
tilining grafik, fonetik, morfologik va sintaktik qurilishidagi 
o‘zgarishlar 
V semestr bo‘yicha jami 
30 
Seminar mashg‘ulotlari multimediya qurilmalari va boshqa qurulmalar va 
boshqa texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik guruhga 
alohida o‘tiladi. 
4. Mustaqil ta’lim 3-jadval 
№ 
Mustaqil ta’lim mavzulari 
Dars 
soatlari 
hajmi 
V semestr
1.
Qadimgi turkiy bitiktoshlar ustida kuzatishlar olib borish; ularning 
asli, transkripsiyasi, mazmunini muqoyasa qilish.

2.
Bilga xoqon bitigtoshi matnidagi sof turkiy so‘zlarni aniqlash. 

3.
O‘ngin bitigtoshi matnidagi leksik qatlamni belgilash. 

4.
Kultegin bitigtoshi matnidagi so‘z yasovchi affikslar. 

5.
“Oltun yoruq”dagi so‘z birikmalari. 

6.
O‘zbek tiliga xos bo‘lmagan tovushlarni ifodalovchi harflar 
ishtirok etgan so‘zlarni yozish. 

7.
Mustaqil o‘qish uchun Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur 
g‘azallari asarlari matni ustida ishlash. 

8.
Mashrab, Gulxaniy, Maxmur, Nodira, Uvaysiy, Ogahiy, Muqimiy, 
Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar she’riy asarlari asarlari matni ustida 



ishlash. 
9.
Fitrat, Qodiriy, Avloniy asarlari asarlari matni ustida ishlash. 

10.
O‘zbek tilining o‘rganilishi.

11.
O‘zbek tilining qiyoslanishi. 

12.
O‘zbek tili tarixini davrlashtirishga oid turkologiyadagi qarashlar. 

13.
Otlarda bo‘lishsizlik shakli.

14.
Vosita kelishigi. 

15.
Fe’ldan sifat yasovchi affikslar. 

16.
Sifatlarda belgining ortiqligi yoki kamligini ifodalovchi shakllar. 

17.
Birgalik va gumon olmoshlari. 

18.
Aniqlik mayli: hozirgi (hozirgi – kelasi), o‘tgan va kelasi zamon. 

19.
Ravishlarda daraja formasi. Sifatdosh oboroti,. ravishdosh, harakat 
nomi oborotlari. 

20.
Bitishuv munosabatga kirishgan so‘zlar. 

21.
Izofa so‘z birikmasi turlari. 

22.
Uyushiq bo‘laklar. Gap bo‘laklarining tartibi. 

23.
Undalma va kirish so‘zlar. 

24.
Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etishda teng bog‘lovchilarning 
roli. 

25.
Ko‘chirma gap. 

26.
“Devonu lug‘otit turk” ning tuzilishi. 

27.
“Devonu lug‘otit turk”dagi etnonimlar. 

28.
“Devonu lug‘otit turk”dagi harakat fe’llari. 

29.
“Qutadg‘u bilig” dagi nisbiy sifatlar. 

30.
“Hibatul-xaqoyiq”dagi onomastika. 

31.
“Qisasi Rabg‘uziy”dagi arxaizmlar. 

32.
“Guliston bit-turkiy” matnidagi forsiy izofalar. 

33.
“Xusrav va Shirin” dostonidagi o‘g‘uzcha elementlar. 

34.
“Muhabbatnoma” matnidagi so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi. 

35.
“Muhokamatul-lug‘atayin”dagi ma’nodosh va shakldosh so‘zlar. 

36.
“Mezonul-avzon”dagi qo‘shiq nomlari. 

37.
“Boburnoma”dagi mo‘g‘ulcha o‘zlashmalar. 

38.
Bobur she’riyatidagi asl turkiy so‘zlar. 

39.
“Shayboniynoma” asaridagi ijtimoiy, siyosiy va harbiy terminlar. 

40.
“Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar. 

41.
Ogahiy tarixiy asarlaridagi sintaktik konstruksiyalar. 

42.
Munis g‘azallaridagi turkiy izofa. 

43.
Furqat she’riyatidagi ruscha o‘zlashmalar. 

44.
Muqimiy asarlaridagi majoziy so‘zlar. 

45.
“Turkiston viloyati” gazetasi matnidagi neologizmlar. 

V semestr bo‘yicha jami 
90 
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar 
tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi. Talabalar tomonidan mustaqil ishlar 
tayyorlanayotganda tahlil etish, o‘z fikrlarini hayotiy misollar bilan yoritilishiga 
yo‘naltiriladi. 


4. Kurs ishi (loyihasi) tarkibi, ularga qo‘yiladigan talablar 
“O‘zbek tili tarixi” fanidan kurs ishi rejalashtirilmagan. 
5. Tavsiya etilayotgan oraliq va yakuniy nazorat savollari 
Oltoy tillar oilasi va turkiy tillar. 
Turkiy yozma manbalar va yozuv namunalari. 
Turkiy bitiklarda qo‘llangan qadimgi yozuvlar. 
Qadimgi turkiy til davrlari nimadan iborat. 
Qadimgi turkiy til va uning yozma yodgorliklari. 
Run yozuv yodgorliklari va uning nomlanish sabablari. 
Monaviylik yozuv yodgorliklari va uning nomlanish sabablari. 
Arab yozuvida bitilgan yodgorliklar. 
Eski turkiy til va uning yozma yodgorliklari.
To‘nyuquq bitiktoshi haqida ma’lumot bering. 
Kultegin bitiktoshi haqida ma’lumot bering. 
“O‘rxun-Enisey” yozuv yodgorliklari va uning nomlanishi sabablari. 
Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari. 
Qadimgi turkiy tilda undoshlar tizimi. 
Qadimgi turkiy tilda unlilar tizimi. 
Singarmonizm nima? 
Qadimgi turkiy tilning umummorfologik xususiyatlari. 
Qadimgi turkiy tilda ot so‘z turkumi. 
Qadimgi turkiy tilda grammatik son kategoriyasi. 
Qadimgi turkiy tilda egalik kategoriyasi. 
Qadimgi turkiy tilda kelishik kategoriyasi. 
Qadimgi turkiy tilda sifat so‘z turkumi. 
Qadimgi turkiy tilda asliy va nisbiy sifatlar. 
Qadimgi turkiy tilda son so‘z turkumi. 
Qadimgi turkiy tilda olmosh va uning turlari. 
O‘zlik va belgilash olmoshlari. 
Qadimgi turkiy tilda ravish. 
Qadimgi turkiy tilda fe’l. 
Qadimgi turkiy tilda shaxs-son grammatik kategoriyasi. 
Qadimgi turkiy tilda mayl kategoriyasi. 
Qadimgi turkiy tilda nisbat kategoriyasi. 
Qadimgi turkiy tilda fe’llarning bo‘lishsizlik shakli. 
Qadimgi turkiy tilda zamon kategoriyasi. 
Qadimgi turkiy tilda o‘tgan zamon fe’lining hosil bo‘lishi. 
Qadimgi turkiy tilda hozirgi zamon fe’lining hosil bo‘lishi. 
Qadimgi turkiy tilda kelasi zamon fe’lining hosil bo‘lishi. 
Qadimgi turkiy tilda fe’lning sifatdosh shakli. 
Qadimgi turkiy tilda fe’lning ravishdosh shakli. 
Qadimgi turkiy tilda fe’lning harakat nomi shakli. 
Qadimgi turkiy tilda yordamchi so‘z turkumlari. 
Qadimgi turkiy tilda bog‘lovchi. 
Qadimgi turkiy tilda yuklama. 
Qadimgi turkiy tilda ko‘makchi. 
Qadimgi turkiy tilning sintaksisi. 
O‘zbek tilining tarixiy grammatikasining manbalari. 
O‘zbek tili tarixiy gramatikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. 


O‘zbek tili tarixiy gramatikasining o‘rganilish tarixi. 
Tarixiy fonetikaning o‘rganilish tarixi. 
Eski o‘zbek tilida unlilar tizimi. 
Unlilar cho‘ziqligi. 
Singarmonizim. Palatal singarmonizm. 
Labial singarmonizm. 
Undoshlar tizimi. 
Ot. Grammatik son kategoriyasi. 
Egalik kategoriyasi. I shaxs birlik va ko‘plik shakllari. 
Egalik kategoriyasi. II shaxs birlik va ko‘plik shakllari. 
Egalik kategoriyasi. III shaxs birlik va ko‘plik shakllari. 
Qaratqich va o‘rin-payt kelishigi shakllari. 
Tushum va jo‘nalish kelishigi shakllari. 
Chiqish va vosita kelishigi shakllari. 
Ot yasalishi. 
Sifat darajalari. 
Sifat yasalishi. 
Eski o‘zbek tilida sanoq sonlar. 
Tartib sonlar. 
Dona va jamlovchi sonlar. 
Chama va taqsim sonlar. 
Kishilik olmoshlari. 
O‘zlik va belgilash olmoshlari. 
So‘roq olmoshlari. 
Bo‘lishsizlik olmoshlari. 
Gumon olmoshlari. 
Ko‘rsatish olmoshlari. 
Bo‘lishsizlik olmoshlari. 
Fe’l zamonlari. O‘tgan zamon fe’lining sintetik shakllari. 
O‘tgan zamon fe’lining analitik shakllari. 
Ќozirgi zamon fe’lining sintetik shakllari. 
Ќozirgi zamon fe’lining analitik shakllari. 
Kelasi zamon fe’l shakllari. 
Buyruq-istak maylining I shaxs birlik shakllari. 
Buyruq-istak maylining I shaxs ko‘plik shakllari. 
Buyruq-istak maylining II shaxs birlik shakllari. 
Buyruq-istak maylining II ko‘plik shakllari. 
Buyruq-istak maylining III shaxs birlik va ko‘plik shakllari. 
Ravishdosh. 
Sifatdosh. 
Harakat nomi. 
Fe’l nisbatlari. 
Fe’l yasalishi. 
Ravish, uning ma’no turlari. 
Ravish yasalishi. 
Ko‘makchilar. 
Teng bog‘lovchilar. 
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar. 
Yuklamalar. 
Modal so‘zlar. 
Undov va taqlidiy so‘zlar. 
Sintaksis. So‘z birikmasi. 


Gap bo‘laklari. Bosh bo‘laklar. 
Ikkinchi darajali bo‘laklar. 
Bir bosh bo‘lakli gaplar. 
Undalma. 
Kirish so‘z va iboralar. 
Uyushiq bo‘lakli gaplar. 
Ajratilgan bo‘laklar. 
Murakkablashgan sodda gaplar. 
Bog‘langan qo‘shma gaplar. 
Ega va kesim ergash gapli qo‘shma gaplar. 
To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar. 
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar. 
Shart ergash gapli qo‘shma gaplar. 
Payt ergash gapli qo‘shma gaplar. 
Natija ergash gapli qo‘shma gaplar. 
To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar. 
Sabab ergash gapli qo‘shma gaplar. 
Boglovchisiz qo‘shma gaplar. 
6. Fan bo`yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari 
Talabalarning fanni o‘zlashtirishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentyabrda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3069) “
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar 
bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom” asosida baholanadi. 
Talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish 
orqali amalga oshiriladi. 
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi 
tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv 
mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi. 
Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan 
holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin. 
Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga 
ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. 
Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari 
tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 
Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha 
oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi. 
Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim 
topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan 
o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash mazkur Nizomning 15-bandida 
nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi. 
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari 
davomida olgan baholari inobatga olinadi. 
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy 
bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra tomonidan 
belgilanadi. 


Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki 
o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha 
prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga 
muvofiq o‘tkaziladi. 
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: 
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil 
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) 
mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha 
tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho; 
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning 
(mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan 
(mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho; 
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni 
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga 
ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho; 
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini 
tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 
(qoniqarsiz) baho bilan baholanadi. 
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 
Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning 
bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-
o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning 
bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan 
amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-
o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. 
Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim 
muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin. 
Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar 
oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart. 
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» 
(qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. 
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat 
turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor 
hisoblanadi. 
Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan 
taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining 
farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 
Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim. 
Bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalar kuzgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha 
fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi 
semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan 
talabaga tegishli fan (fanlar) bo‘yicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi 
o‘quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi. 


Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari bo‘yicha o‘zlashtirmagan 
fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga 
qadar ruxsat beriladi. 
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta 
topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig‘ining, 
filial direktorining) buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi. 
Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan 
muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p 
bo‘lmasligi kerak. 
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan 
o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi 
tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan 
shakllantiriladi. 
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani 
baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 
Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba 
bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig‘ini, filial 
direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug‘i 
asosida kursdan qoldiriladi. 
Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek 
malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan 
hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi. 
Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) o‘zlashtirmagan semestr boshidan 
to‘lov-kontrakt asosida mazkur o‘quv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan 
o‘quv rejaga muvofiq o‘qishni davom ettiradi. 
Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil 
etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega. 
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli 
fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo 
kiritiladi. 
Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon 
qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba 
tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida 
ko‘rib chiqilishi lozim. 
Talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. 
Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi 
bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o‘zlashtirgani 
yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatiladi. 
Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga 
yetkazilishini ta’minlaydi. 
Baholash natijalarini qayd qilish 
Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi tomonidan 
Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda 
Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-o‘qituvchi qo‘shimcha ravishda 
talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin. 
Professor-o‘qituvchi Jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning o‘zida 
qayd etib boradi.


Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, bunda 
professor-o‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda 
Jurnalga qayd etishi lozim. 
Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud 
«5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda 
Jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yiladi. 
Jurnal tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-
o‘qituvchi, kafedra mudiri va fakultet dekani tomonidan imzolanadi hamda fakultet 
dekanatida saqlanadi.
Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani mas’ul hisoblanadi. 
Talabalarning yakuniy nazorat turi bo‘yicha baholari Jurnalga qayd etilganda, 
shu kunning o‘zida talabaning Baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi kerak. 
Yakuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «2» (qoniqarsiz) baho bilan 
baholangan yoki Jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho yoki belgi 
talabaning Baholash daftariga yozilmaydi. 
Jurnalning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq yuritilishi, shuningdek undagi baho va 
boshqa ma’lumotlarga asossiz o‘zgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va 
tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi mas’ul hisoblanadi. 
Tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha ishchi o‘quv rejadagi fanlar bo‘yicha «3» 
(qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholangan talaba oliy ta’lim 
muassasasi rektorining (boshlig‘ining, filial direktorining) buyrug‘iga asosan keyingi 
kursga o‘tkaziladi. 
Baholash natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi 
Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul 
qilinadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
oliy 
ta’lim 
muassasalarida 
talabalar 
o‘zlashtirishini baholash tizimini 5 baho yoki 100 ballik tizim va ilg‘or xorijiy davlatlar 
oliy ta’lim tizimida qo‘llaniladigan baholash tizimiga qiyosiy taqqoslash hamda ularga 
o‘tkazish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq jadvallar asosida amalga oshiriladi. 
Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish 
JADVALI 
5 baholik 
shkala 
100 
ballik 
shkala 
5 baholik 
shkala 
100 
ballik 
shkala 
5 baholik 
shkala 
100 ballik 
shkala 
5,00 — 4,96 
100 
4,30 — 4,26 
86 
3,60 — 3,56 
72 
4,95 — 4,91 
99 
4,25 — 4,21 
85 
3,55 — 3,51 
71 
4,90 — 4,86 
98 
4,20 — 4,16 
84 
3,50 — 3,46 
70 
4,85 — 4,81 
97 
4,15 — 4,11 
83 
3,45 — 3,41 
69 
4,80 — 4,76 
96 
4,10 — 4,06 
82 
3,40 — 3,36 
68 
4,75 — 4,71 
95 
4,05 — 4,01 
81 
3,35 — 3,31 
67 
4,70 — 4,66 
94 
4,00 — 3,96 
80 
3,30 — 3,26 
66 
4,65 — 4,61 
93 
3,95 — 3,91 
79 
3,25 — 3,21 
65 
4,60 — 4,56 
92 
3,90 — 3,86 
78 
3,20 — 3,16 
64 
4,55 — 4,51 
91 
3,85 — 3,81 
77 
3,15 — 3,11 
63 
4,50 — 4,46 
90 
3,80 — 3,76 
76 
3,10 — 3,06 
62 


4,45 — 4,41 
89 
3,75 — 3,71 
75 
3,05 — 3,01 
61 
4,40 — 4,36 
88 
3,70 — 3,66 
74 
3,00 
60 
4,35 — 4,31 
87 
3,65 — 3,61 
73 
3,0 dan kam 
60 dan kam 
“O‘zbek tili tarixi” fanidan talabalar bilimini baholash mezoni 
№ 
Nazorat turidagi topshiriqlarning 
nomlanishi 
Maksimal yig‘ish 
mumkin bo‘lgan 
ball 
ON ballar 
taqsimoti 
Oraliq nazorat 
5 baho 

Birinchi oraliq nazorat (ma’ruzachi va 
amaliy o‘qituvchisi tomonidan qabul 
qilinadi). Oraliq nazorat 2 bosqichda 
amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, 5 ball: 
talaba yakka tartibda topshiriqlar oladi va 
himoya qiladi. Ikkinchi bosqich, 5 ball: 
talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi (har 
bir guruhda talabalar soni 4-7 tagacha 
bo‘lishi mumkin), har bir guruhga alohida 
topshiriqlar beriladi va himoya qabul 
qilinadi. Topshiriqlar 2-3-haftalar 
oralig‘ida talabalarga biriktiriladi. 
Guruhning faolligi, berilgan topshiriqni 
nazariy va amaliy jihatdan yoritilishi, 
xulosalarning mantiqiy bog‘liqligi, kreativ 
mulohazalarning mavjudligi va boshqa 
talablarga mosligi hisobga olinadi. 
Guruhdagi har bir talabaga 0-5 oralig‘ida 
bir xil ball qo‘yiladi. Himoya kafedra 
mudiri tomonidan tasdiqlangan va 
fakultetda tasdiqlangan grafik asosida dars 
mashg‘ulotlaridan so‘ng tashkil etiladi. 
5 baho 
Semestrning 
1-9-haftasi 
2 Ikkinchi oraliq nazorat (ma’ruzachi va 
amaliy mashg‘ulot o‘qituvchisi tomonidan 
qabul qilinadi). 
Ikkinchi oraliq nazorat 2 bosqichda 
amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, 5 ball: 
talaba yakka tartibda topshiriqlar oladi va 
himoya qiladi. Ikkinchi bosqich, 5 ball: 
talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi (har 
bir guruhda talabalar soni 4-7 tagacha 
bo‘lishi mumkin), har bir guruhga alohida 
topshiriqlar beriladi va himoya qabul 
qilinadi. Topshiriqlar 2-3-haftalar 
oralig‘ida talabalarga biriktiriladi. 
Guruhning faolligi, berilgan topshiriqni 
nazariy va amaliy jihatdan yoritilishi, 
xulosalarning mantiqiy bog‘liqligi, kreativ 
mulohazalarning mavjudligi va boshqa 
5 baho 
Semestrning 
10-18-haftasi 


talablarga mosligi hisobga olinadi. 
Guruhdagi har bir talabaga 0-5 oralig‘ida 
bir xil ball qo‘yiladi. Himoya kafedra 
mudiri tomonidan tasdiqlangan va 
fakultetda tasdiqlangan grafik asosida dars 
mashg‘ulotlaridan so‘ng tashkil etiladi 

Yakuniy nazorat 
5 baho 
Semestrning 
oxirgi ikki 
haftasida 
7. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari 
Asosiy adabiyotlar 
№ 
Muallif 
Adabiyot nomi 
Nashr 
yili 
Adabiyotni
ng ARM 
dagi shifri 
Adabiyotn
ing ARM 
dagi 
inventar 
raqami 
A
R
M
da
gi
so
ni
A
R
M
im
zo
si

Абдураҳмонов 
Ғ. 
Рустамов А
Қадимги туркий 
тил
1982 
Электрон 


Abdurahmonov G‘., 
Shukurov 
Sh., 
Qozoqboyev M.
O‘zbek 
tilining 
tarixiy 
grammatikasi
2008 
88.3 N 69 
011145/1 50 

Раҳмонов 
Н., 
Содиқов Қ.
Ўзбек 
тили 
тарихи
2009 
Электрон 


Турсунов 
У., 
Ўринбоев Б., Алиев 
А.
Ўзбек 
адабий 
тили тарихи
1995 
Электрон 


Marsel Erdal
A grammar of old 
Turkic
2004 
88.8.P89 
934321 
10 
Qo‘shimcha adabiyotlar 
1.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir 
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017- yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017- yil 16- yanvar, 
№11. 
2.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 
3.Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O‘zbekiston, 
2011. 
4.Karimov I. O‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning 
zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati. – Toshkent: O‘zbekiston, 2014. 
5.Abdushukurov B. Qisasi Rabg‘uziy leksikasi. – Tоshkent: Akademiya, 2008. 
6.Айдаров Г. Язык орхонских памятников древнетюркской письменности VIII века. 
Атма-Ата, 1971. 
7.Абдураҳмонов Ғ. Рустамов А. Алишер Навоий тилининг грамматик хусусиятлари. 
– Тошкент, 1981. 
8.Абдураҳмонов Ғ, Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. – 
Tошкент, 1973. 


9.Баскаков Н. Тюркские языки. – Москва, 1960. 
10. Батманов И. Язык Енисейских памятников древнетюркской письменности. 
Фрунзе, 1959. 
11. Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. – Тошкент, 1985. 
12. Дадабоев Ҳ. Тарихий ҳарбий терминлар. – Тошкент: Университет, 2008. 
13. Дадабоев Ҳ., Ҳамидов З., Холманова З. Ўзбек адабий тили лексикаси тарихи 
(Х1V аср иккинчи ярми - ХХ аср боши). – Тошкент: Фан, 2007. 
14. Жуманиёзов Р. Эски ўзбек ёзуви. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989. 
15. Исҳоқов Ф. Эски ўзбек тили ва ёзуви. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. 
16. Кононов А. Грамматика языка тюркских рунических памятников VII-IХ вв.. –
Ленинград., 1980. 
17. Маҳмудов Қ. ХIII – ХIV туркий ёзма обидалар тилининг фонетик системаси. – 
Тошкент: Фан, 1990. 
18. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи, 
1995. 
19. Санақулов У. Ўзбек адабий тили тарихининг илк даврлари. –Тошкент: Ғафур 
Ғулом, 2004. 
20. Фозилов Э. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. – Тошкент, 1965. 
21. Холманова З. “Бобурнома” лексикаси. – Тошкент, 2007. 
22. ХIII-ХIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили. Морфология. – Тошкент, 
1986. 
23. ХV-ХIХ асрлар ўзбек тили морфологияси. – Тошкент, 1990.
Internet saytlari 
24. www. literature.uz. 
25. http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism. 
26. http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html. 
27. http://www.utpa.edu/faculty/mglazer/Theory/structuralism.htm. 
28. http://www.eng.fju.edu.tw/Literary_Criticism/structuralism. 
29. www.catuzmu. 
30. www.natl.uz. 

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling