Munfasil harflar reja: Munfasil harflar. Fors yozuvi
Download 72.93 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-amaliy mashg’ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`zlar: Munfasl harflar, bir tomondan ulanadigan harflar, o`zaro ulanmaydigan harflar, nasx, nastaliq, alif, dol, zol, re, ze, je, vov, tasviriy yozuv
- O`zidan keyingi harf bilan ulanmaydigan harflar
3-amaliy mashg’ulot ا، د، ذ، ر، ز، ژ، و. MUNFASIL HARFLAR Reja: Munfasil harflar. Fors yozuvi(nastaliq xati). Munfasil harflarining yozilishi. Munfasil harflar qanday belgilar asosida shakllangan. Tayanch so`zlar: Munfasl harflar, bir tomondan ulanadigan harflar, o`zaro ulanmaydigan harflar, nasx, nastaliq, alif, dol, zol, re, ze, je, vov, tasviriy yozuv Munfasil harflar o`zidan oldingi harflar bilan ulanib, o`zidan keyin kelgan harflar bilan ulanmasdan yozilgani uchun faqat bir xil ko`rinishga ega. So`z boshida va alohida kelganda bir xil yoziladi, chunki so`z boshida kelganda o`zidan oldin harf kelmaydi. So`z ortasida va oxirida esa ozidan oldin kelgan harf bilan ulanib yoziladi. Agar munfasil harflar o`zaro kelsa, so`z tarkibidagi barcha harflar alohida yoziladi. Fors yozuvining bir necha turi mavjuddir. Nasx fors yozuvining bosma turi bo`lib, boshqa yozuv turlaridan doimo aniq va bir xil ifodalanishi bilan farqlanadi.Yozilishi va o`qilishi aniq va sodda bo`lganligi uchun kitob, gazeta va jurnallarni chop qilishda keng foydalaniladi. Nastaliq – yozuvning qolyozma turi bolib, kitoblar nashr qilina boshlanguncha asosan shu yozuv turidan keng foydalanilgan. Nastaliq yozuvi bugungi kunda eronliklarning o`zaro yozishmalarida uchraydi. Devor yozuvlarida, plakatlarda, reklama va shiorlar yozishda nastaliqning shikasta bilan omixtalashgan shakli qo`llanilmoqda. Kufa va sols aksariyat hollarda Qur’onni yozishda, madrasa, masjidlarning gumbaz va peshtoqlaridagi yozuvlarda uchratish mumkin. O`zidan keyingi harf bilan ulanmaydigan harflar
Nasx yozuvida ba’zi harflar satrda ا د ذ) ), ba’zi harflarning bir qismi satrda qolgan qismi esa satr ostida yoziladi (ر ز ژ و) . Satr chizig‘iga qat’iy rioya qilib yozish nasx yozuviga xosdir. Nastaliq yozuvida esa barcha harflar satr chizig‘ida yoziladi. Harflarni bir satrda yozish yozuvni chiroyli ko`rsatish bilan birga harflarni bir-biriga yaqin joylashishiga imkon yaratadi. Oldingi paytlarda fors yozuvida tinish belgilari qo`yilmagan, nastaliqda so`zlar orasi ajratib yozilmagan. Bu arab yozuvini o`rganuvchilarga qiyinchilik tug‘dirgan. Hozirgi paytda barcha tinish belgilari yozuvda ifodalanayapti. Faqat vergul, nuqtali vergul va so`roq belgilari teskari holda ifodalanayapti . A rabcha, ruscha va lotincha harflarning kelib chiqish asosi bittadir. Ular eng qadimgi somiy alifbosidan oldingi tasviriy yozuv asosida yaratilgandir. Arabcha alif ruscha „A“ va grekcha „ a“ alfa qadimgi somoy tasviriy yozuvdagi alp– ho`kizning boshi tasviridan kelib chiqqan. Alif tasviriy yozuvdagi ho`kiz shoxlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi vertikal (tik) chiziq asosida, ruscha va lotincha „A“ ga esa ho`kiz boshi, tumshug‘i va shoxlarini birlashtirib turuvchi cho`ziq asosida shakllangan. Dol harfi tasviriy yozuvdagi dalt – eshik va re harfi esa ra’sh – bosh (odamning boshi ) tasviri asosida paydo bo`lgan. Zol, re, ze harflari esa yuqoridagi harflarga nuqta qo ‘yish asosida yaratilgan V ov harfi tasviriy yozuvdagi waw – ilgak shakli asosida yasalgan. Qadimda ilgakning ikki aylanali va ayri shakllari mavjud bo`lgan. Aylanali ilgakdan arab yozuvidagi „vov“, ayri ilgakdan yevropa yozuvidagi „v“ ga asos qilib olingan. Download 72.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling