1-sessiya.
Ilgʻor tajribalar asosida yaratilgan darsliklar majmualari asosida oʻqitish metodikalari.
(60 min)
Bosqich
|
Mavzu
|
Usul
|
Faoliyat
|
Izoh
|
1
|
Salomlashish
|
Trenerning guruhga murojaati
|
5 daqiqa
|
Trener sessiyaning maqsadi haqida qisqacha soʻzlab beradi
|
2
|
Asosiy qism
|
«Qiziqarli, mazmunli dars oʻtish uchun nima kerak?» mavzusidagi aqliy hujum
|
10 daqiqa
|
Trener ishtirokchilarning javoblarni toʻplab, lavhaga yoki flipchartga yozib boradi
|
Nazariy tushuntirish
Zamonaviy metodika (1.1-band)
|
15 daqiqa
|
Trener tushuntirish yoki munozara shaklida boshlangʻich sinflardagi darslarda 4K modelini qoʻllash namunalari haqida soʻzlab beradi
|
Kichik guruhlarda «Dars paytida 4K modelini qoʻllash» mavzusida ishlash
|
10 daqiqa
|
Ishtirokchilar kichik guruhlarga boʻlinib, berilgan mavzuni muhokama qiladilar
|
Natijalarni taqdim qilish
|
10 daqiqa
|
Ishtirokchilar muhokama natijalarini boshqa ishtirokchilarga namoyish qiladilar. Trener fikr almashuvini olib boradi
|
3
|
Xulosa
|
Yakun yasash
|
10 daqiqa
|
Trening ishtirokchilari olib borilgan ishlar asosida 4K modelini qoʻllash usullari va namunalarini yozib oladilar
|
Nazariy qism
1.1. Zamonaviy taʼlim bugungi kun oʻquvchilariga quyidagilarni oʻrgatishi kerak:
-
Kompleks vazifalarni hal qilish;
-
Bilimlar, mantiq, tahlil, mushohadaga tayangan holda tanqidiy fikrlash, fikr-mulohazalarni shakllantirib, qaror qabul qilish;
-
Ijodiy fikrlash;
-
Insonlar bilan hamkorlik qilish;
-
Jamoada ishlash;
-
Oʻzining va boshqalarning emotsiyalarini (his-tuygʻularini) toʻgʻri baholash, ularni boshqarish, emotsional intellektga ega boʻlish;
-
Diqqatni bir vazifadan boshqasiga tez qarata olish, moslashuvchan boʻlish.
Buning uchun taʼlim jarayonida “4K” modelini qoʻllash kerak.
4 “K” modeli
1. Kritik (tanqidiy) fikrlash (Critical Thinking); 2. Kreativlik (ijodiy yondashuv) (Creativity); 3. Kommunikatsiya (Communication); 4. Kooperatsiya (Coordinating With Others).
Do'stlaringiz bilan baham: |