1-sessiya. Ilgʻor tajribalar asosida yaratilgan darsliklar majmualari asosida oʻqitish metodikalari. (60 min)


Download 135.45 Kb.
bet5/5
Sana09.11.2023
Hajmi135.45 Kb.
#1759487
1   2   3   4   5
Bog'liq
материал для тренинга на узбекском языке

Nazariy qism
1.1 Oʻquv motivatsiyasi
Oʻquv motivatsiyasi oʻquvchilarning yutuqlariga, ularning oʻz-oʻzini baholashiga, ularning rivoji va oʻzlashtirishiga, natijada esa umuman taʼlimning sifatiga taʼsir qiladi.
Bolada oʻqishga qiziqish yoʻqolishining sabablari:
Oʻquv materialini oʻzlashtirish qiyinligi. Bunga oʻsishdan orqada qolish, dars berish saviyasining yomonligi, uy vazifasini bajarishda mavzuning yetarlicha ishlanmaganligi sabab boʻlishi mumkin.
Muvaffaqiyatsizlikdan qoʻrqish. Bunday qoʻrquv oʻquvchida uydagi (hadeb tanqid qilaverish, baqirib-chaqirish, jismoniy jazolash) yoki maktabdagi (oʻqituvchining baqirib berishi, sinfdoshlarning masxara qilishi) salbiy tajriba tufayli paydo boʻladi. Natijada, oʻquvchining oʻz-oʻziga beradigan bahosi pasayib ketadi, u oʻzining yaxshi oʻqib ketishiga ishonmay qoʻyadi.
Oʻqishdan ongli ravishda bosh tortish. Bunga ota-ona bilan tortishib qolish (bola ota-onasiga qasd qilib oʻqimaydi), uydagi yomon muhit (kattalar oʻrtasidagi janjallar), uyda kun rejasi va intizom yoʻqligi (bolalar oʻyinga koʻp chalgʻiydi), mustaqillik yetishmasligi (uy vazifasini kattalar bilan birga qilishga oʻrganib qolish) sabab boʻlishi mumkin.
Oilada motivatsiya yoʻqligi. Bunga yutuqlarning ragʻbatlantirilmasligi, yomon baholar uchun jazo yoki koyish yoʻqligi sabab boʻladi. Koʻpincha ota-onalar va pedagoglar bolaning yaxshi oʻqib ketishiga ishonmasa ham, bola oʻqishdan sovib, unga qiziqmay qoʻyadi.
Shuningdek, oʻqishga qiziqishning yoʻqolishiga bolaning yoshi hali kichikligi, unga ortiqcha talab qoʻyilishi, ota-ona tomonidan bosim oʻtkazilishi, oʻqituvchilar yoki oʻquvchilar bilan janjallashuvlar ham sabab boʻlishi mumkin.
Oʻquv motivatsiyasini qanday qilib oshirish mumkin?
Oʻqituvchilar oʻquvchilarning oʻquv motivatsiyasini qanday oshirishlari mumkin:
tanlash uchun qisman erkinlik berish;
taʼlimda oʻquvchilarning talablari, qiziqish va intilishlarini hisobga olish, yaʼni individual va differensial yondashuv kerak;
bolaning oʻziga, oʻz kuchiga ishonchini oshirish ham ichki motivatsiyani kuchaytiradi;
oʻquvchining yutuqlarini eʼtirof etish. Yutuqlarni baholash oʻqishning davom etishiga yordam beradi. Masalan, yutuqlar roʻyxati bolaning mustaqil boʻlishida katta oʻrin tutadi;
muvaffaqiyatsizliklar uchun jazolamaslik. Muvaffaqiyatsizlikning oʻzi bir jazodir. Qoʻrquv va tanglik oʻquv jarayonini qiyinlashtirib yuboradi. Muvaffaqiyatsizliklar motivatsiyani pasaytirib qoʻyadi;
oʻquvchilar uchun oʻqituvchining shaxsiyati nihoyatda muhimdir;
oʻquv materiali qiziqarli boʻlishi uchun uning mazmunini toʻgʻri yetkazib bera olish;
oʻqitishning usul va yoʻllarini oʻzgartirib, almashtirib turish;
imkon qadar darsda har bir oʻquvchiga tez-tez murojaat qilishga intilib, doimiy ravishda “teskari aloqa” (aks-sado, jonli muloqot) qilib turish, yaʼni mavzuning tushunarsiz yoki notoʻgʻri tushunilgan joylarini isloh qilib borish;
doimiy va maqsadli ravishda anglash qobiliyatini rivojlantirishning asosi boʻlgan sifatlarni – bolaning reaksiyasini, xotirasini, diqqati va tasavvurini (xayolotini) oʻstirib borish. Har bir oʻqituvchining asosiy vazifasi – oʻz fanining vositalari yordamida bolani faqat oʻqitish emas, balki uning fikrlashini rivojlantirishdir;
barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda oʻquvchilarni oʻqishga qiziqtirish – darsni qiziqarli olib borish, axborotni yetkazib berishning qiziqarli usullarini qoʻllash, oʻz fanini qiziqarli qilish;
bolani atrofdagi hayotga qiziqtirishning eng qudratli vositasi – bu oʻyin. Oʻyin orqali motivatsiyalash oʻrta maktab yoshida eng samarali boʻladi. Yosh bolalarni boshqarish, kattaroq oʻquvchilarni maqsadga yoʻnaltirish osonroqdir. Turli yoshdagi bolalarga mutlaqo turlicha oʻyinlar mos keladi. Bu narsa inson ulgʻayib borgan sari uning psixikasida shakllanayotgan yangiliklar bilan bogʻliqdir. Kichik yoshdagi bolalarning oʻyinlari chiziqli xarakterga ega boʻlsa, oʻrta yoshdagi bolalarning oʻyinlari jamoaviy, katta yoshdagilarniki esa shaxsiy amallarda oʻzini yorqin namoyon qilishga qaratilgan boʻladi. Katta sinflarda notanish obrazlarni qayta yaratish, voqelikning qiziqarli va gʻayrioddiy modellari muhim boʻladi.
Har bir yoshdagi bola oʻyinda oʻz oʻrnini topadi. Umuman, oʻyin jarayoni inson shaxsiyatining, bilimlari va fikrlashining shakllanishiga ulkan taʼsir koʻrsatadi;
• barcha oʻquvchilarning qoʻlidan keladigan vazifalarni bajarish orqali muvaffaqiyat vaziyatini yuzaga keltirish, yangi mavzularni avval oʻzlashtirilgan bilimlarga tayangan holda oʻrganish;
• darsda doʻstona, ishonch va hamjihatlikka asoslangan muhit yaratish orqali, oʻqituvchining yorqin va emotsional nutqi orqali ijobiy emotsional kayfiyat hosil qilish;
• oʻquvchining oʻz-oʻzini va boshqalarni baholashi, faoliyat natijasini baholash, koʻp variantli (masalan, “Bu mashq nima uchun qiyin boʻldi?”, “Bu darsda nimani bildik, nimani oʻrgandik?” va hokazo) savollar orqali refleksiyaga erishish;
• muammolarni, ziddiyatlarni birgalikda hal qilish, evristik suhbat, oʻquv munozaralari, jismlarning muhim belgilarini ajratish, tasniflash, umumlashtirish va modellashtirish orqali darsda hamkorlikka erishish;
• baholar qoʻyish, tashakkur aytish, ogʻzaki ragʻbatlantirish, eng yaxshi ishlar koʻrgazmasini tashkil qilish, oʻqituvchi tomonidan kichik yordam koʻrsatish, vazifalarni murakkablashtirish orqali oʻquvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish;
• entuziazm, optimizm muhitini yaratish, bolaning oʻz qobiliyat va imkoniyatlariga ishonchini oshirish;
• yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish;
• har bir bolaning shaxsiyatini hurmat qilish.
Download 135.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling