6-ma’ruza
Ma’ruza-6:Markazdan qochma nasoslarning parallel ishlashi.
Markazdan qochma nasoslarni ketma-ket ishlashi.
Ekspluatatsiya sharoitida nasos stansiyalar quvurlari.
Reja:
1.Nasoslarning parallel ishlashi.
2.Har xil xarakteristikali nasoslarning parallel ishlashi.
3.Nasoslarning ketma–ket ishlashi.
4.Har – xil xarakteristikali nasoslarni ketma – ket ulab ishlatish.
Bir dona nasos agregati, kerakli miqdordagi suyuqlik sarfini yetkazib bera olmasa, yoki kerakli balandlikka ko’tarib bera olmasa, unda bu miqdorlar bir necha nasoslar yordamida olinadi. quyida bu holatlar uchun nasoslarning birgalikda ishlashini qarab chiqamiz.
1. Nasoslarning parallel ishlashi.Bir nasos kerakli suv sarfini uzata olmaganda, ikki yoki undan ortik nasosni ishlatishga to’g’ri keladi. Bir necha nasosning umumiy bosim quvuriga suv uzatishiga nasoslarni parallel ulab ishlatish deyiladi.
Parallel ishlayotgan nasoslarni xarakteristikalari odatda bir xil bo’lishi kerak. Lekin har xil xarakteristikali nasoslarni ham parallel ishlatish mumkin.
1.1. Bir xil xarakteristikali nasoslarning parallel ishlashi
Bu holda, nasoslardan umumiy bosim quvurigacha bo’lgan masofa qisqa bo’l-ganligi sababli, ularda gidravlik qarshiliklar yo’q deb faraz qilamiz. Umumiy bosim quvuriga qo’shiladigan M nuqtada, ikkala nasos bosimi bir–biriga teng bo’ladi ya’ni, N = N1 = N2. (1-rasm) Nazariy suv sarfi esa ikki barobar ko’payadi.
Qquv =Q1 + Q2 = 2Q.
|
1-rasm. Bir xil xarakteristikali nasoslarning parallel ishlashi.
|
Parallel ulashning asosiy shartlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |