№1-amaliy mashg‘ulot Signalizatsiya chizmalari tuzish. Ishning maqsadi


Download 244.03 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.03.2023
Hajmi244.03 Kb.
#1294992
Bog'liq
ASLO\'S 2-S 1-amaily



№1-amaliy mashg‘ulot
Signalizatsiya chizmalari tuzish.
Ishning maqsadi: Signalizatsiya chizmalari tuzish, ABSni yaratishda
signalizatsiya tizimining ahamiyati haqida ma’lumkot berish, signalizatsiya
chizmalarioda elementlarning belgilanishi haqida bilim berish, mustaqil tarzda
Signalizatsiya chizmalari tuzish .
Nazariy qism
Bajarayotgan vazifalariga qarab signallash chizmalari boʻlishi mumkin:
-texnologik signallash chizmalari;
-ishlab chiqarish xolatlarini signallash chizmalari (mashinalarning ishchi
organlarining xolati toʻgʻrisida xabar beruvchi, yoqilgan-oʻchirilgan, ochiq-
yopiq);
-topshiriqlarni bajarilishini signallash chizmalari;
-yongʻin xavfsizlik signallash chizmalari;
-qorovul signallash chizmalari.
Signallash chizmalarida quyidagi signallash tiplaridan foydalanish mumkin:
-normal rejim signal;
-ogoxlantiruvchi signal;
-avariya xolati signali.
Birinchisi, odatda ishlab chiqarishni signallashda ishlatilib, normal xolat
toʻgʻrisida maʼlum beradi.
Ikkinchisi, parametrni normal (rejim) xolat chegarasidan chiqib, yoʻl
qoʻyilishi mumkin lekin maqsadga muvofiq boʻlmagan chegarada ekanligidan
xabar beradi.
Uchinchisi, avariya signali hisoblanib, bunda parametr yoʻl qoʻyilishi
mumkin boʻlgan chegaradan oʻtib, yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlmagan chegaraga
oʻtganligini va tezda operator aralashishini talab qiladi.
Қуйиш машинаси бункерига гранулаларни юклашни бошқариш чизмаси


Rasm.9.1. Quyish mashinasi bunkeriga granulalarni yuklashni 
avtomatlashtirish chizmasi. 
Bu chizmada granula zaxirasi saqlanadigan bunkerdan granula 
pnevmotransport yordamida quyish mashinasi bunkeriga berilishi koʻrsatilgan. 
Ushbu chizmaning ishlash algoritmi quyidagicha: quyish mashinasiga beriladigan 
granulalar avval bunkerga beriladi. Bunkerda muntazam granula boʻlishini 
taʼminlash kerak. Buning uchun bunkerning pastki va tepa chegaralariga sigʻimli 
satx oʻlchagichning datchiklari oʻrnatilgan. Granula pastki datchikga yetganda 
pastki satx kontakti ulanadi. Granula satxi tepa chegaraga yetganda kontakt ulanib, 
pnevmatransport elektr yuritmasini oʻchiradi. Quyish mashinasi bunkeriga granula 
kelishi toʻxtaydi. Natijada granulalar bunkerdan toshib sochilib ketishining oldi 
olinadi. Quyish mashinasi uzluksiz ishlashi natijasida bunkerdagi granulalar 
kamayadi va pnevmotransport yana granula satxi pastki chegaradan pastga 
tushganda ulanishi kerak. Ushbu boshqarish tizimi granulalarni toshib sochilib 
ketishidan va bunkerda granulalar qolmaganda granulalar oqimi uzilib qolib, koʻp 
brak chiqishining oldini oladi. 


Rasm.9.2. Quyish mashinasi bunkeriga granulalar yuklashni boshqarish va 
signallashning prinsipial elektr chizmasi. 
 
Ushbu rasmda quyish mashinasi bunkeriga granulalarni yuklashni 
boshqarish prinsipial elektr chizmasi keltirilgan. Bu chizmada shuningdek 
granulalar satxining chegara qiymatlarini signallash ham koʻrsatilgan. 
Chizmada quyidagi boshqarish elementlaridan foydalanilgan: SL1, SL2-
texnologik kontaktlar; SB1,SB2-knopkali oʻchirgich; KM-kontaktor; KM1, KM2, 
KM3-kontaktor kontaktlari; H1 H2-signal lampalar. 
Texnologik 
parametrlarning 
chegara 
qiymatlarini 
signallashning 
soddalashtirilgan prinsipial elektr chizmasi 15.1 rasmda keltirilgan. 
Texnologik signallashning prinsipial elektr chizmasi 15.2 rasmda 
keltirilgan. 
Sxema quyidagicha ishlaydi: 
SQ1 texnologik aloqasi yopilganda K1 relesi yoqiladi va o'z kontaktlari bilan 
o'zini bloklaydi, shuningdek HA ovozli signal va K2 relesini yoqadi. K2 relesi HL1 
chiroqni yoqadi va K1 relesini SQ1 kontaktidan uzib qo'yadi. SB2 tugmachasini 
bosish K1 o'rni uchun quvvatni yo'qotadi, bu esa HA ning uzilishiga olib keladi. 
Signallarni sinash uchun SB1 juft tugmachalarini bosiladi. Shu bilan birga, K2, 
K3, K4 kontaktlari orqali signal chiroqlari zanjirlari yopiladi va barcha signal 
lampalari yonadi. SB2 tugmachasini bosganingizda K1 o'rni davri ochiladi va 
lampalar o'chadi. 


Texnologik signallashning prinsipial elektr chizmasi 
Rasm.9.3. Signallashning prinsipial elektr chizmasi. (signallarni sinash 
imkoniyati bor chizma). 
1.3.Topshiriqni bajarish namunasi 
Topshiriq:
15.2-15.3-rasmdan foydalangan holda talaba 13-amaliy mavzu bo’yicha
topshiriqda tanlagan jarayon bo’yicha signallashning prinsipial elektr chizmasi
loyihalashni bajaradi. 
 
1.4. Savollar 
1. Bajarayotgan vazifalariga qarab signallash chizmalari turlari  
2. Signallash chizmalarida qanday signallash tiplaridan foydalanish 
mumkin? 
 

Download 244.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling