№1-amaliy mashg‘ulot Signalizatsiya chizmalari tuzish. Ishning maqsadi
Download 244.03 Kb. Pdf ko'rish
|
ASLO\'S 2-S 1-amaily
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
- 1.3.Topshiriqni bajarish namunasi Topshiriq
№1-amaliy mashg‘ulot Signalizatsiya chizmalari tuzish. Ishning maqsadi: Signalizatsiya chizmalari tuzish, ABSni yaratishda signalizatsiya tizimining ahamiyati haqida ma’lumkot berish, signalizatsiya chizmalarioda elementlarning belgilanishi haqida bilim berish, mustaqil tarzda Signalizatsiya chizmalari tuzish . Nazariy qism Bajarayotgan vazifalariga qarab signallash chizmalari boʻlishi mumkin: -texnologik signallash chizmalari; -ishlab chiqarish xolatlarini signallash chizmalari (mashinalarning ishchi organlarining xolati toʻgʻrisida xabar beruvchi, yoqilgan-oʻchirilgan, ochiq- yopiq); -topshiriqlarni bajarilishini signallash chizmalari; -yongʻin xavfsizlik signallash chizmalari; -qorovul signallash chizmalari. Signallash chizmalarida quyidagi signallash tiplaridan foydalanish mumkin: -normal rejim signal; -ogoxlantiruvchi signal; -avariya xolati signali. Birinchisi, odatda ishlab chiqarishni signallashda ishlatilib, normal xolat toʻgʻrisida maʼlum beradi. Ikkinchisi, parametrni normal (rejim) xolat chegarasidan chiqib, yoʻl qoʻyilishi mumkin lekin maqsadga muvofiq boʻlmagan chegarada ekanligidan xabar beradi. Uchinchisi, avariya signali hisoblanib, bunda parametr yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaradan oʻtib, yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlmagan chegaraga oʻtganligini va tezda operator aralashishini talab qiladi. Қуйиш машинаси бункерига гранулаларни юклашни бошқариш чизмаси Rasm.9.1. Quyish mashinasi bunkeriga granulalarni yuklashni avtomatlashtirish chizmasi. Bu chizmada granula zaxirasi saqlanadigan bunkerdan granula pnevmotransport yordamida quyish mashinasi bunkeriga berilishi koʻrsatilgan. Ushbu chizmaning ishlash algoritmi quyidagicha: quyish mashinasiga beriladigan granulalar avval bunkerga beriladi. Bunkerda muntazam granula boʻlishini taʼminlash kerak. Buning uchun bunkerning pastki va tepa chegaralariga sigʻimli satx oʻlchagichning datchiklari oʻrnatilgan. Granula pastki datchikga yetganda pastki satx kontakti ulanadi. Granula satxi tepa chegaraga yetganda kontakt ulanib, pnevmatransport elektr yuritmasini oʻchiradi. Quyish mashinasi bunkeriga granula kelishi toʻxtaydi. Natijada granulalar bunkerdan toshib sochilib ketishining oldi olinadi. Quyish mashinasi uzluksiz ishlashi natijasida bunkerdagi granulalar kamayadi va pnevmotransport yana granula satxi pastki chegaradan pastga tushganda ulanishi kerak. Ushbu boshqarish tizimi granulalarni toshib sochilib ketishidan va bunkerda granulalar qolmaganda granulalar oqimi uzilib qolib, koʻp brak chiqishining oldini oladi. Rasm.9.2. Quyish mashinasi bunkeriga granulalar yuklashni boshqarish va signallashning prinsipial elektr chizmasi. Ushbu rasmda quyish mashinasi bunkeriga granulalarni yuklashni boshqarish prinsipial elektr chizmasi keltirilgan. Bu chizmada shuningdek granulalar satxining chegara qiymatlarini signallash ham koʻrsatilgan. Chizmada quyidagi boshqarish elementlaridan foydalanilgan: SL1, SL2- texnologik kontaktlar; SB1,SB2-knopkali oʻchirgich; KM-kontaktor; KM1, KM2, KM3-kontaktor kontaktlari; H1 H2-signal lampalar. Texnologik parametrlarning chegara qiymatlarini signallashning soddalashtirilgan prinsipial elektr chizmasi 15.1 rasmda keltirilgan. Texnologik signallashning prinsipial elektr chizmasi 15.2 rasmda keltirilgan. Sxema quyidagicha ishlaydi: SQ1 texnologik aloqasi yopilganda K1 relesi yoqiladi va o'z kontaktlari bilan o'zini bloklaydi, shuningdek HA ovozli signal va K2 relesini yoqadi. K2 relesi HL1 chiroqni yoqadi va K1 relesini SQ1 kontaktidan uzib qo'yadi. SB2 tugmachasini bosish K1 o'rni uchun quvvatni yo'qotadi, bu esa HA ning uzilishiga olib keladi. Signallarni sinash uchun SB1 juft tugmachalarini bosiladi. Shu bilan birga, K2, K3, K4 kontaktlari orqali signal chiroqlari zanjirlari yopiladi va barcha signal lampalari yonadi. SB2 tugmachasini bosganingizda K1 o'rni davri ochiladi va lampalar o'chadi. Texnologik signallashning prinsipial elektr chizmasi Rasm.9.3. Signallashning prinsipial elektr chizmasi. (signallarni sinash imkoniyati bor chizma). 1.3.Topshiriqni bajarish namunasi Topshiriq: 15.2-15.3-rasmdan foydalangan holda talaba 13-amaliy mavzu bo’yicha topshiriqda tanlagan jarayon bo’yicha signallashning prinsipial elektr chizmasi loyihalashni bajaradi. 1.4. Savollar 1. Bajarayotgan vazifalariga qarab signallash chizmalari turlari 2. Signallash chizmalarida qanday signallash tiplaridan foydalanish mumkin? Download 244.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling