3.Integrastiyalashgan darslarni tashkil etish metodikasi
Integrastiyalashgan darslarni tashkil etish uchun avvalo qaysi darslar integrastiyalash uchun mos kelishini aniqlab olish kerak. Bunday darslarning asosi – turli fanlar asosiy mavzulari mazmunining yaqinligi va mantiqiy aloqalarida ko`rinadi.
Savod o`rgatish darslari (o`qish va yozishga o`rgatish).
Integrastiyalangan darslar. Bunday integrastiyalangan ta’lim – bu sinfdan tashqari o`qish. Bu erda yaxlit jarayon kechadi:
a) kitob o`qish asbobi sifatida o`qish darslarida olgan o`qish ko`nikmalarini takomillashtirish;
b) matn ustida ishlash;
c) suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash.
Integrastiyalangan darslarga quyidagi fanlarning birikishini ko`rsatish mumkin: o`qish-rus tili, o`qish-tabiatshunoslik, o`qish-tasviriy san’at, o`qish-musiqa, tabiatshunoslik-matematika, tabiatshunoslik-mehnat ta’limi, matematika-mehnat ta’limi, matematika-jismoniy tarbiya.
Didaktik tizimda predmetlararo asosda integrastiyalash o`qituvchi (ta’lim berish) va O`quvchi (ta’lim olish) harakatlarining mos kelishini ko`zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq o`qituvchi va O`quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor.
Mustahkamlash uchun savollar
1.Ta’lim metodlari va vositalari haqida tushuncha
2.Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari
3.Tarbiyaning umumuiy metodlari haqida tushuncha
4.Ta’limni tashhis etish yo’llari haqida tushuncha
5. O'quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari shakl va metodlari?
6. Integrastiyalangan ta’lim tizimi haqida tushuncha va uni amaliyotda qo’llay olish malakalari?
«B.B.B » metodi.
«Bilamiz Bilishni xohlaymi, Bilib oldik» usuli mashg‘ulot jarayonida matnni tushunishni kuzatishdagi grafik tashkilotchisi hisoblanadi.Ushbu metod yangi mavzuni tushuntirishda qo`llaniladi. Talabalar quyidagi jadvalni ketma – ket to`ldirishadi.
«B.B.B» jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |