1-Amaliy mashg’ulot. Tarbiyaning umumiy metodlari(2 soat)
Download 23.61 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot
1-Amaliy mashg’ulot . Tarbiyaning umumiy metodlari(2 soat) 1. Tarbiya metodlari, usullari va vositalari tushunchalari. 2. SHaxs ongini shakllantirish metodlari. 3. SHaxs xulq-atvori va faoliyatini tashkil etish metodlari. 4. SHaxsning xulq-atvorini motivatsiyalash va rag‗batlantirish metodlari. Muammoli blok. Zamonaviy milliy tarbiya metodlarini qiyosiy tahlil etish. Mustaqil ta‟lim bloki. Pedagogikaga oid o‗quv adabiyotlarini o‗qib, o‗z-o‗zini nazorat qilish, o‗z-o‗zini tarbiyalash va o‗z-o‗zini qayta tarbiyalash metodlarini konspekt qilish. METODIK KO‘RSATMA Blum savollari. Talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning muhim omili – o‘qituvchining ularga va talabalarning o‘zaro bir – biriga beradigan savollari ekan. Ta‘kidlanishicha, o‘qituvchilarni talabalarga berishgan savollarining 80 – 85 foizi, faqat daliliy bilimlarnigina talab qilib, ular javob berishda xotirada qolganlarini takroran so‘zlash (bashorat) bilangina cheklanar ekanlar. To‘g‘ri javobi o‘quv adabiyotlarida yaqqol bayon etilmagan yoki o‘qituvchi tomonidan aytib berilmagan savolgina talabani fikrlashga majbur qiladi. Bunday savollarga jahon pedagogikasida ―Blumb savollari‖ nomi bilan mashhur va o‘zlashtirishning oltita; bilish, tushinish, qo‘llash, tahlil, sintez va baholash darajalariga muvofiq bo‘lgan savollar misol bo‘lishi mumkin. Masalan: ―nima uchun?‖, ―taqqoslang?‖, ―tarkibiy qismlarga ajrating?‖, ―eng muxim xususiyatlari nima?‖, ―buni siz qanday hal qilgan bo‘lardingiz?‖, ―bunga munosobatingiz qanday?‖, kabi savollar talabalarga yuqori intellektual amallar (tahlil, sintez, baholash) darajasida fikrlashga undaydi. Yoki, matndan parcha o‘qib bo‘lgandan so‘ng, talabalarni fikrlashga undovchi quyidagi savollarni berish ham maqsadga muvofiqdir: ―bu parchaga qanday savolar qo‘yish mumkin?‖, ―siz muallifga qanday savol bergan bo‘lardingiz?‖. Talabaning talabalarga beradgan savollari to‘g‘risida fikr yuritilar ekan, uning aniq, lo‘nda,, tushunarli va ixcham bo‘lishi hamda bir savol faqat bitta o‘quv elementi (tushuncha, qonun, qoida va h.q.) so‘ralishi zarurligini alohida ta‘kidlash lozim. Berilgan savollar mazmunida mavzuga yoki matnga oid tayanch so‘z va iboralardan foydalanish ham muhimdir. Download 23.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling