1-Amaliy mashg’ulot. Tarbiyaning umumiy metodlari(2 soat)
Topshiriq: Talabalar mavzuga oid bir-birlariga savol berishadi. Savollar
Download 23.61 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiya metodlari nima
Topshiriq: Talabalar mavzuga oid bir-birlariga savol berishadi.
Savollar: ―Tarbiya metodlari nima uchun qo‘llaniladi?‖, ―Tarbiya metodlarini taqqoslang?‖, ―Tarbiya metodlarini tarkibiy qismlarga ajrating?‖, ―Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlarning eng muxim xususiyatlari nima?‖, ―Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlarning eng muxim xususiyatlari nima?‖, ―Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlarning eng muxim xususiyatlari nima?‖, ―O‘zo‘zini tarbiyalash metodlarining eng muxim xususiyatlari nima?‖, ―Pedagogik vaziyatlarda rag‘batlantirish va jazolash metodlarini siz qanday hal qilgan bo‘lardingiz?‖, ―Ta‘lim jarayonida o‘zo‘zini tarbiyalash metodlari munosobatingiz qanday?‖ Savol va javoblar: Tarbiya metodlari nima? Tarbiya metodlari (yunoncha ―methodos‖ – tadqiqot usuli, yo‘li) – tarbiya maqsadiga erishish, tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta‘sir etish yo‘llari. Tarbiya metodlari qanday turlarga ajratiladi? Tarbiya metodlari quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar. 2. Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari. 3. Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari. 4. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. Qanday metodlar ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sanaladi? O‘quvchilarda ma‘naviy-axloqiy sifatlar, e‘tiqod, dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi, irodasiga ta‘sir ko‘rsatish usullari ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sanaladi. Mazkur metodlar yoshlar tomonidan hayot mazmunining tushunib olinishini ta‘minlaydi. Qanday metodlar ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sirasiga kiradi? Hikoya, etik suhbat, tushuntirish, izohlash, ma‘ruza, ishontirish, nasihat, yo‘riqnoma, munozara, ma‘ruza, namuna ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sirasiga kiradi. Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari nima? Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari – muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini to‘g‘ri, maqsadga muvofiq, puxta tashkil qilish orqali ularni axloqiy me‘yor, xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantiruvchi usullar sanaladi. Qanday metodlar ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari sirasiga kiradi? Odatlantirish, mashqlantirish (mashq qildirish), topshiriq, pedagogik talablar, jamoat fikri, tarbiyalovchi vaziyat kabilar ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari sirasiga kiradi. Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari qanday metodlar sanaladi? Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usullari sanaladi. Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari sirasida qanday metodlar namoyon bo‘ladi? Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari sirasida musobaqa, rag‘batlantirish, jazolash kabi metodlar namoyon bo‘ladi. Download 23.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling