1. Mikroskopik tadqiqot usullari. Sitokimyoviy tadqiqot usullari. Radioavtografiya usuli
Download 38.5 Kb.
|
SITOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorong‘i maydonli mikroskopda ko‘rish.
SITOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI Reja: 1.Mikroskopik tadqiqot usullari. 2.Sitokimyoviy tadqiqot usullari. 3.Radioavtografiya usuli. 4.Tirik hujayralarni o‘stirish usuli. Sitologiyada qo‘llaniladigan tadqiqot usullari bir necha xil bo‘lib,zamonaviy tadqiqot usullari tirik va fiksasiya qilingan tuzilmalarni o‘rganishga imkon beradi. Klassik tadqiqot usuli kesmalarni fiksasiya qilingan va bo‘yalgan preparatlar hisoblanadi. Bu preparatlarni o‘rganishning asosiy usuli, uni mikroskop ostida ko‘rishdir. Preparatlar juda yupqa va yorug‘lik o‘tkazadigan bo‘lishi kerak. Preparatlar ko‘pincha yorug‘lik mikroskopi ostida ko‘riladi.Elektron mikroskop eng murakkab molekulyar qismlarni o‘rganishga imkon beradi. Biologiya labaratoriyalarida aksari yorug‘lik mikroskopidan foydalaniladi.Bu mikroskopning o‘ndan ortiq turlari bor. Ular yo tabiiy yorug‘lik bilan ishlaydi.Yorug‘lik spektrining ko‘zga ko‘rinadigan qismining eng minimal to‘lqin uzunligi o‘rtacha 0,4 mkm. Bu ko‘rsatkich 0,2 mkm bo‘lganda obektning kattaligi 2500 marta ortadi. Xozirgi vaqtda gistologik va sitologik preparatlarni mikroskopda ko‘rishning 15 dan ortiq usuli mavjud. Quyida ularning eng asosiylari ustida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Qorong‘i maydonli mikroskopda ko‘rish. Bu mikroskopning tuzilishi va unda preparatlarni ko‘rish prinsipi yorug‘ maydonli mikroskopdagi bilan deyarli bir xil bo‘lib, u tirik hujayra va to‘qima tuzilmalarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Unda hujayrani qorong‘i maydonda ko‘rish maxsus kondensor yordamida amalga oshiriladi, ya’ni yorug‘lik nuri kondensor orqali obektga qiyalatib tushiriladi. Bunda obekt (preparat) yorishib, maydon qorong‘iligacha qoladi. Tirik hujayra tarkibidagi tuzilmalar yaxshi ko‘rinishi uchun obektga tushayotgan yorug‘lik nuri har xil optik qalinlikda bo‘lishi shart. Mazkur mikroskopda bo‘yalgan yoki bo‘yalmagan tirik hujayralarni, bakteriya va strukturalarni tadqiq etish ancha qulay. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling