1. Mikroskopik tadqiqot usullari. Sitokimyoviy tadqiqot usullari. Radioavtografiya usuli


Download 38.5 Kb.
bet5/6
Sana14.12.2022
Hajmi38.5 Kb.
#1003337
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SITOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI

Sentrafugalash usuli. Bu usul bilan Xujayraning turli tarkibiy qismilari (yadro, mitoxondriya) ajratib olinadi. Supersenttrafuga minutiga 20 000-40 000 marta, ultrasentrafuga esa minutiga 100 000-150 000 marta aylantiradi.
Mikroxirurgiya usuli. Bu tirik hujayrada maxsus asbob -mikromonipulyator yordamida nozik operatsiyalar o‘tkazish usulidir. Bu usul bilan hujayralar yadrosini ajratish, yadro qobig‘ini yirtish yoki bo‘linayotgan hujayra xromosomalarni ajratish mumkin. Mikro asboblar asosan shishadan yasaladi. Bu usul yordamida hujayra tuzilmalarning fizik hususiyatlarini, hujayra yadrosini va organoidlarning xossalarini, xolatini o‘rganish mumkin. Bundan tashqari bu usul yordamida hujayra yadrosini biridan ikkinchisiga o‘tkazib yadroning irsiy belgilarini avloddan-avlodga o‘tishi o‘rganiladi.
Tirik hujayralarni o‘stirish usuli. Xujayralarni organizmdan tashqarida (in vitro) va organizmda (in viva) o‘stirish mumkin.
Xujayralar organizmdan tashqarida o‘stirilganda maxsus muhit tayorlanadi va bu oziq muhitda hujayra xarakatlanish, bo‘linish va differsiyalanish qobiliyatini saqlab turadi. stiriladigan hujayralar oziq muhitga solingandan keyin termostatda, 38-390 S haroratda saqlanadi. Bu hujayralar har 3-4 kundan keyin yangi oziq muhitga o‘tkazilib turiladi. Xujayralarni hayvonlarning hayoti davrida yoki vital (viva-xayot) bo‘yash mumkin. Buninng uchun litiy, karmin, tripan sinkasi kabi moddalarni hayvon qoniga, teri ostiga yoki biror tana bo‘shlig‘iga yuborib, ma’lum vaqtdan keyin hayvon o‘ldirib, to‘qima va hujayralari mikroskop ostida o‘rganiladi.
Tirik Xujayraning faoliyati, uning tuzilishi mikrosyomka ya’ni mikroskop ostida fotosuratga, bundan tashqari fotosyomka va kinoga olinadi. Umuman hujayra ana shu zamonaviy usullar bilan o‘rganiladi.
Xujayrani fiksasiya qilish usullari. Xujayralarni qotirib saqlab qo‘yish usulida fiksator moddalar qo‘llaniladi. Bu moddalar hujayra tarkibiga kirib, uni qanday bo‘lsa shundayligicha saqlashga imkon beradi. Fiksasiya qilishda quyidagi fiksator moddalar qo‘llaniladi:
1. Formalin 4-10 % ;
2. Etil spirti 70,96,100 0S li;
3. Sulemaning suvdagi eritmasi ;
4. Pikrin kislotali eritma (pikrin kislota-15 ml, for malin 5-ml uksus kislota-1ml);
5. Uksus kislotali eritmalar;
6. Osmiy eritmasi.
7. Muzlatish uchun tabiiy muzlar.


Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling