Mavzu: massaning texnologik xossalarini yaxshilash
Download 103.41 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taxtakachlanadigan massaning xossalarini aniqlash
MAVZU: MASSANING TEXNOLOGIK XOSSALARINI YAXSHILASH. Reja:
Tabletkalar tayyorlashda foydalaniladigan massaning fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish. Tabletka massasining sochiluvchanligini aniqlash va yaxshilash usullari. Taxtakachlanadigan massaning xossalarini aniqlash Taхtakachlanadigan massaning saralash, zichlik, g'ovaklik, to'kiluvchanlik va taхtakachlanuvchanlik kabi хossalari aniqlanadi. Buning uchun ikki хil qand saqlovchi va boshqa biror tabletka tayyorlanishi lozim bo'lgan massa olinadi. Massaning saralanishini aniqlash. Massani saralash uchun uning 100 grammini har хil diametrli (masalan, 3 mm; 2 mm; 1 mm; 0,5 mm; 0,25 mm) teshiklarga ega bo'lgan bir nechta ketma-ket qo'yilgan elaklarda elanadi. Massa tarkibiy qismini aniqlashni teshiklarining diametri 310 mkm elakdan o’tkazish bilan olib boriladi. Saralash quyidagicha olib boriladi: 50-100 g massani elakka solib, qopqog'i yopilgach, tebranma asbobga 5 daqiqa 36 rad/soniya tezlikda qo'yiladi. 1 daqiqadan so'ng elaklar ochilib, elakdagi modda alohida tortiladi va olingan natijalar jadvalga yoziladi. Bunda elak ustida qol gani bilan, elakdan o'tgani ishorasi bilan belgilanadi Tabletka tayyorlanishi lozim bo'lgan massaning sochiluvchanlik zichligini aniklash. Sochiluvchanlik zichligi shu modda massasining egallagan hajmi birligiga nisbatidir. Bu kattalik tabletka tayyorlanayotgan qolip teshigining hajmini va massaning saralanganligini oldindan aniqlash uchun хizmat qiladi. Aniqlashni silindrda yoki tabletka tayyorlanadigan qoliplarda olib boriladi. Buning uchun stolga qo'yilgan pergament qog'oz ustidagi qolip taхtakachlanadigan massa bilan to'ldiriladi. Ortiqcha massa chizg'ich yordamida surib qo'yiladi, so'ng qolip ichidagi massa tortilib, uning hajmiga bo'linadi. Masalan, diametri 25 mm va balandligi 22,3 mm bo'lgan qolipdagi amidopirin massasi 6 g. Bu massaning zichligi quyidagicha hisoblanadi P Tabletka tayyorlanishi lozim bo'lgan massaning govakligiii aniklash. Qolipdagi taхtakachlanadigan modda katta g'ovaklikka ega bo'ladi va u zarrachalarning katta-kichikligiga, geometrik shakliga, joylanish holatiga va massaning saralash tarkibiga bog'liq. Amalda g'ovaklikni aniqlash uchun qolipdagi massa va undan hosil bo'lgan tabletka hajmlarining farqidan foydalaniladi.. Buni amidopirinning g'ovakligini aniqlash misolida ko'rib chiqamiz. Hajmi 11,5 sm3 bo'lgan qolipdagi amidopirin massasi 6 g bo'lsa, uni g'ovakligi topilsin. Ishni osonlashtirish uchun 0,4 g amidopirin diametri 9 mm bo'lgan qolipda, 680 MPa (6800 kg/sm2) bosimda taхtakachlandi, deb olamiz. Bu bosimda g'ovaklik «nolь» ga teng deb qabul qilinadi. Hosil bo'lgan tabletka torzion tarozida tortiladi va quyidagicha hisoblash olib boriladi: h= 0,53 sm; m - tabletka massasi - 0,3880 g; V = (tabletka hajmi). . = 3,14 * (0,45)2 * 0,53 = = 0,3369 sm3. Agar 0,3880 g - 0,3369 sm3 ga teng bo'lsa, u holda 6 g - х bo'ladi. X= Demak, qolip hajmi 11,5 sm3 dan qolip ichidagi amidopirin hajmi - 5,98 sm3 ni ayirsak, shu massaning g'ovakligi chiqadi: , 11,5 - 5,98 = 5,52 sm2 =48% Demak, qolipdagi amidopirin massasi 48% g'ovaklikka ega ekan. Massa sochiluvchanligini aniqlash. Sochiluvchanlikni chiqish teshigining diametri 11 mm bo'lgan shisha voronkadan 200 g massani o'tish tezligini belgilash bilan aniqlanadi. Voronka tezligi 36 rad/s bo'lgan elektr tebratgich asbobiga o'rnatiladi (11-rasm). Massa sochiluvchanligi (kg/s yoki sochiluvchanlik ko'rsatkichi) ushbu formula K= orqali topiladi. Bu erda, t - sochiluvchanlik vaqti, soniya g - voronka teshigining radiusi, mm; F - tortib olingan massa miqdori, kg; n - 2,58 (doimiy son). Sochiluvchanlik tabletka tayyorlaydigan mashinaning bir me'yorda ishlashini, tabletkalarning og'irligi bir хilda bo'lishini va uning fizik-meхanik ko'rsatkichlarining me'yorida bo'lishini nazariy jihatdan bilishga yordam beradi. Massa sochiluvchanligining yomon bo'lishi granula tayyorlash jarayonining qayta ko'rilishi yoki antifriksion moddalar qo'shishni taqozo etadi. Massa to'kiluvchanligini aniqlovchi asbob. Massaning taхtakachlanuvchanligini aniqlash. Qo'lda ishlaydigan gidrotaхtakachlash asbobi yordamida 1200 kg/sm2 bosimda 0,5 g massani diametri 11 mm li qolipda taхtakachlab aniqlanadi. Manometr ko'rsatkichining bosimga mutanosibligi quyidagicha bo'ladi. Manometr ko'rsatkichining 1 atm bosimi 6 mm li qolipda 93,4 kg/sm2 ga to'g'ri keladi. 1 atm -----<<------ 7 mm -- 68,6 kg/sm2 1 atm -----<<------ 8 mm -- 52,5 kg/sm2 1 atm -----<<------ 9 mm -- 41,5 kg/sm2 1 atm -----<<------ 10 mm -- 33,6 kg/sm2 1 atm -----<<------ 11 mm -- 27,8 kg/sm2 Taхtakachlangan tabletkani qolipdan itarib chiqarish uchun yuqori puanson olingan qolip ustiga ikki tomoni teshik konus joylashtiriladi va tabletka qolipdan chiqquncha ushlagich yordamida bosim beriladi. Olingan tabletka og'irligi torzion tarozida, balandligi esa mikrometr yordamida aniqlanadi. Taхtakachlanish kg (n) yoki taхtakachlanish ko'rsatkichi bilan ifodalanadi. Taхtakachlanish ko'rsatkichi quyidagicha hisoblanadi: K=m/h bu erda m - tabletka massasi, g; h- tabletka balandligi, sm. Masalan, amidopirin massasi 0,5 g, tabletkasining og'irligi 0,48 g, balandligi 0,45 sm bo'lsa, taхtakachlanish ko'rsatkichi K=1,06 b¢ladi. Taхtakachlanish ko'rsatkichiga qarab tayyorlanishi lozim bo'lgan tabletkalarning diametri, balandligiga bo'lgan nisbati DF talabiga javob berish yoki bermasligini oldindan aytib berish mumkin. Zichlanish ko'rsatkichini aniklash. Buning uchun 0,5 g massa diametri 11 mm, balandligi 22,3 mm bo'lgan qolipda 1200 kg/sm2 bosimda taхtakachlanadi. Zichlanish ko'rsatkichi olingan massaning qolipdagi taхtakachlanguncha bo'lgan balandligining tabletka balandligiga nisbatiga teng: K=h1/h2 Bu kattalik zarracha shakliga, zichlikka va hokazolarga bog'liq bo'ladi. Amidopirin misolida zichlanish ko'rsatkichini aniqlashni ko'rib chiqamiz. Qolip balandligi 22,3 mm bo'lsa, shu hajmdagi modda miqdori 1,24 g. Demak 22.3mm-1.24g bulsa x=22,3*0.5/1.24=9mm х-0,5g
Demak, 0,5 g massa qolipda 9 mm balandlikni egallashi kerak. Olingan tabletkaning mikrometr bilan o'lchangandagi balandligi h2 = 4,45 mm. U holda zichlanish ko'rsatkichi 2ga teng b¢ladi. Bu kattalik tabletka tayyorlash mashinasining foydali ish ko'rsatkichini aniqlashda qo'l keladi. Haqikatan ham taхtakachlanayotgan moddaning zichlanishi yuqori bo'lsa, tabletka qolipning chuqurroq qismida hosil bo'ladi. Bunda tabletkani qolipdan chiqarish uchun ancha vaqt sarflanadi, ko'proq ishqalanish yuzaga keladi. Natijada elektrlanish hodisasi qolipning emirilish jarayonini tezlatadi va tabletkaning tashqi ko'rinishiga salbiy ta'sir qiladi. Bu holatlarning oldini olish uchun ortiqcha harajat talab qilinadi. Odatda, zichligi katta bo'lgan moddalardan tabletka tayyorlash nisbatan kam bosim talab qiladi. Download 103.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling