Moliya va kredit faniga kirish Reja
Download 83.68 Kb.
|
1-taqdimot moliya va kredit
Moliya va kredit faniga kirishReja:
Moliyani o‘rganish nima uchun muhim hisoblanadi? Bunga javobni quyidagicha berish mumkin:
• mamlakat moliya siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi, ongli fuqarolik qarorlarini qabul qilish uchun. Shuni unutmaslik kerakki, davlat budjeti – bu “sening budjeting” hamdir: partiyalarning siyosiy dasturlarini, budjet so‘rovlarini, qabul qilinayotgan qarorlarni baholash bilan birga ular davlatning farovonligiga va aholining shaxsiy daromadlariga qanday ta’sir etishi to‘g‘risida o‘z firklarini shakllantirmoq uchun; • biznes dunyosidagi va davlat boshqaruvidagi muvaffaqiyatli faoliyat uchun; • qiziqarli va foydali martabani (karerani) ta’minlash uchun; • shaxsiy daromadlar va jamg‘armalarni samarali boshqara olishlik uchun; • shaxsiy dunyoqarashni kengaytirish uchun. «Moliya» fanini o‘qitishning maqsadi - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi haqida nazariy bilimlar berish, ularda iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida davlat moliya siyosatining yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib fan o‘z predmetini o‘rgatish uchun quyidagi vazifalarni qo‘yadi: - moliyaning mohiyati, funksiyalari, tamoyillari va rolini o‘rganish; - moliya tizimi va uning bo‘g‘inlarini o‘rganish; - moliyani boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini o‘rganish; - mikro va makro darajada moliyaning amal qilishi xususiyatlarini o‘rganish; - iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida moliyadan foydalanish asoslarini yoritish; Fanni o‘rganish predmeti bo‘lib O‘zbekistonda moliya tizimi va moliya munosabatlari hisoblanadi Fanning asosiy maqsadi moliyaning funksiyalarini, moliyani boshqarishni, davlat va korxonalar moliyasini, xalqaro moliya va uning jahon taraqqiyotidagi o‘rnini ochib berish va o‘rganish hisoblanadi. Moliyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 1. Pul munosabatlari, ya’ni pul moliyani mavjud bo‘lishi va amal qilinishini moddiy asosi hisoblanadi (pul yo‘q joyda moliya bo‘lmaydi). 2. Islohotlarning bosh tashkilotchisi bo‘lmish davlatning mavjudligi. 3. Pul munosabatlari jarayonida umumdavlat pul fondlarini shakllanish jarayoni amalga oshiriladi. Aytish mumkinki, moliyaning alohida belgisi uning fondli xarakteridir. 4. Budjetga mablag‘larning doimiy tushishi soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarga davlatning majburiy tazyiqi xususiyatini o‘z-o‘zidan bermaydi va bu holat davlatning huquqiy- me’yoriy asoslarini yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati vositasida hamda bunga xos fiskal apparatning yaratilishi bilan ta’minlanadi. Moliya bu davlat tomonidan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalarni bajarish uchun mo‘ljallangan umumdavlat pul fondlarini shaklllantirish va ishlatish jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlari yig‘indisidir. Moliya - bu davlatning o‘z vazifa, funksiyalarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan, davlat tomonidan tashkil qilinadigan pul munosabatlari yig‘indisidir. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 83.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling