11 laboratoriya mashg’uloti bug‘doy mikroflorasini aniqlash kerakli jihozlar


Download 16.16 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.16 Kb.
#1566196
Bog'liq
Микробиология 11-лаб


11 laboratoriya mashg’uloti
BUG‘DOY MIKROFLORASINI ANIQLASH

Kerakli jihozlar: petri liopchasi, termostat, likopchalar, pichoq.
Dondagi mikroorganizmlarning umumiy miqdorini aniqlash. O’rtacha namunadan 10 g tortib olib 90 ml sterillangan suvga aralashtiriladi va qo’lda yoki maxsus laboratoriya apparatida yaxshilab silkitilib, undan yuvindi suv ajratib olinadi. Undan tayyorlangan 1:102 suyultirma mitseliyli zamburug’larni aniqlashda ishlatiladi. 1:103 va 1:104 suyultirilmadan bakteriyalar aniqlanadi. So’ngra Petri likopchasidagi elektiv muhitga chuqur (1 ml dan) qilib yoki yuza usulda ekiladi. Har bir suyultirmadan kamida 2 ta parallel likopchaga ekiladi. Bakteriyalar ekilgan likopchalar 25-30°C da termostatda saqlanadi. 48 soatdan keyin o’sib chiqqan koloniyalar sanaladi. Agar koloniyalarni aniqlab ajratish zarur bo’lsa, likopchalar xona temperaturasida bir necha kun saqlanadi.
Dondagi fitopatogen zamburug’larni aniqlash. Agar don ko’rib chiqilganda yoki ifloslanganligi analiz qilinganda qoramtir-binafsha rangli mayda shoxchalar topilsa, qo’shimcha ravishda 400 g don tortib olib, undagi toshkuyalar soni aniqlanadi va foizlarda ifodalanadi. Qorakuya zararlangan don yoki uning qismlari va to’zib ketgan sporalar shaklida bo’ladi.
Tashqi belgilariga qarab 50 g namunadan ajratib olingan fuzariozli donni tortib, olingan namuna nisbatan foizda ifodalanadi.
1 g yormadagi bakteriyalar soni 104 -105 ni tashkil qiladi, mog’orlar (sporalar) esa -102-103. Bug’langan don yormasi bakterial florasining eng ko’p uchraydigan turi gerbi kola dondagidek umumiy bakteriyalar sonining 70-90% ni tashkil qiladi. Gidrotermik ishlov berilgan don yormasida 35-50 % spora hosil qiluvchi bakteriyalar va 10-20% mikrokokklar bo’ladi. Batsillalardan ko’pincha Bacillus subtilis va Bac. Pumilus uchraydi. Yormaning mog’or zamburug’lari florasini Pencillium va Aspergillus turkumining turlari tashkil etadi. Kam miqdorda Mucor mog’orlari uchraydi. Yormalarda uhraydigan ba’zi mog’orlar zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Shuning uchun yormalar uzoq vaqt saqlansa, ular mikroorganizmlar va yormadagi fermentlar ta’sirida buzilishi mumkin.
Mikroorganizmlarning rivojlanish imkoniyati va tezligi birinchi navbatda yormaning namligiga bog’liq. Mahsulotni saqlash davrida yormaning namligi havoning nisbiy namligiga qarab o’zgarib turadi. Saqlash temperaturasining ham ahamiyati katta. Yormaning namligi qancha yuqori bo’lsa, mikroorganizmlar uchun rivojlanish temperaturasining chegarasi shuncha kengroq bo’ladi. Yorma yarim yil davomida havoning nisbiy namligi 70-75% da 15-16°C da saqlanganda, dastlabki bakteriyalarning 25-40% qoladi, bir yil saqlanganda esa 10-15 %, asosan spora hosil qiluvchilar qoladi. Yormadagi mog’or zamburug’lari(sporalar) soni o’sha sharoitda o’zgarmaydi.
Bug’lab ishlov berilgan don yormasidagi bug’lanmagan don yormasidagiga nisbatan mog’or zamburug’lari tez rivojlanadi.
Yormadagi mikroorganizmlarning umumiy sonini aniqlash usuli donniki bilan bir xil.


Nazorat savollari

  1. Dondagi mikroorganizmlarning umumiy miqdorini aniqlash uchun ish qanday amalga oshiriladi?

  2. Yormaning mog’or zamburug’lari florasini qanday organizmlar tashkil qiladi?

  3. Mikroorganizmlarning rivojlanish imkoniyati va tezligi birinchi navbatda yormaning qanday omiliga bog’liq?

Download 16.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling